• Kurs ishining predmati
  • Kurs ishining ob’ekti
  • Kurs ishining tuzilishi
  • Mavzu: Ona tilidan takrorlash darslarini tashkil etish metodikasi. Reja: Kirish




    Download 223,02 Kb.
    bet2/12
    Sana09.12.2023
    Hajmi223,02 Kb.
    #114504
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    kurs ishi takrorlashga oid...

    Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi akademik litsey va umumta’lim maktablarida da noma janrini o‘rganishdan iborat. Kurs ishida quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zlangan:
    -Darsda takrorlash darslarining ahamiyati haqida ma’lumot berish;
    -Takrorlash darslarini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishni o‘rganish;
    -Takrorlash darslarini tashkil qilishda suhbat usulidan foydalanishni tadbiq etish; Kurs ishida ilgari surilgan fikrlarni umumlashtirish va boshqalar.
    Kurs ishining predmati: Kurs ishining predmeti sifatida an`anaviy va zamonaviy talimda foydalanilayotgan yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni qiyosiy o‘rganish va tahlil qilish asos qilib olindi. BMIning metodologik asosini Respublikamiz Prezidenti SH.Mirziyoyevning ma’naviyat, adabiyot va san’atga oid qarashlari tashkil etadi. Shuningdek, o‘zbek tilshunos va metodist olimlaridan B.To‘xliyev, M.Mirqosimova, Q.Yo‘ldoshev, R.Niyozmetova va boshqalarning ilmiy-nazariy, metodik qarashlari ishimizni amalga oshirishda metodologik asos vazifasini o‘taydi
    Kurs ishining ob’ekti: Akademik litsey va umumta’lim maktablarida O‘zbek tili, ona tili va adabiyoti ta’limi uchun yaratilgan darsliklar tadqiqotning obyektidir.
    Kurs ishining vazifalari. Olib borilgan dars jarayonlaridan kryin takrorlash darslarini tashkil etish va u orqali mavzuni yanada mustahkamlash.
    Kurs ishining tuzilishi: kirish, asosiy qism, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

    KIRISH
    Mamlaktimiz mustaqillikka erishgach, til siyosatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berib, o‘zbek tili va tilshunosligining rivojlanishi yo‘lida yangi davr boshlandi: o‘zbek adabiy tili ijtimoiy vazifalari doirasining mislsiz kengayishi yo‘lida katta imkoniyatlar ochildi. So‘nggi yillarda jamiyatimizda bo‘layotgan tub o‘zgarishlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida o‘z aksini topmoqda. Ilm-fan va texnikaning jadallik bilan taraqqiy etishi yangidan-yangi kashfiyotlarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa jamiyat taraqqiyoti uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 1”Umuman, men fanni ilg‘or, taraqqiyot, progress degan so‘zlar bilan yonma-yon qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shaklshamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo‘nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini uning qanday bo‘lishini ko‘rsatib berishdan iborat, deb tushunaman. Fan jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi kuch, vosita bo‘lmog‘i lozim”1 deb ta’kidlaydi. Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda jamiyatning ilg‘or taraqqiy etishi, avvalo, fanning oldiga mazmunan va mohiyatan yetuk tadqiqotlar yaratish talabini qo‘ymoqda. Bu ilm-fanning barcha sohalarida, jumladan, mumtoz adabiyot sohasida ham yangicha yondashish va zamon talabiga javob beradigan yetuk tadqiqotlarni yaratish lozimligini ko‘rsatadi. Qolaversa, “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish” to‘g‘risidagi farmonda ham zamonaviy ta’lim talabi o‘rinli ta’kidlab o‘tilgan: “o‘zbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv grammatikalarini yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi, joriy imlo qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash, turli mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha lug‘at va qomuslar, risola va darsliklar yaratish; umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish2 ” bugungi kunda universitet jamoasi, qolaversa, milliy til jonkuyarlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardandir. Ushbu farmon filologik ta’limda millat universitetini tashkil qilish bo‘yicha tarixiy voqea bo‘ldi. Ta’lim-tarbiya mushtarakligida, yoshlar ongida ezgulikning singdirilishida adabiyotning o‘rni beqiyos.


    O‘zbekiston 2Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2016 yil 19 oktabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s`yezdidagi saylovoldi ma’ruzasida bildirilgan ayrim fikrlari mazkur mavzuda keng mushohada qilindi. Ma’ruzada bugungi kunda axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tizimini keng rivojlantirmasdan turib, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, barqaror taraqqiyotga erishish haqida so‘z yuritish mumkin emasligiga e`tibor berilgan. «Yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e`tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ'ib qilishga alohida e`tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”3. Bizning asosiy maqsadimiz ta’lim jarayonini shaxsning hayotiy qiziqishlarini qondirishga, umumiy madaniyatini shakllantirishga, uning jamiyat hayotida moslashuvi, ta’lim va kasbiy dasturlarni ongli ravishda tanlay olishi hamda o‘zlashtira olishga qaratilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun shaxsni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashga shakl va metodlarini ishlab chiqish, ma’rifiy ishlarni rivojlantirish, uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari, xususan ta’lim sifati, ularning madaniy va ma’naviy-axloqiy darajalariga talabni oshirish o‘quv-tarbiya jarayonini eng yangi o‘quv-metodik to‘plamlar, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan to‘la ta’minlash zarur. ham aynan shu eng ilg‘or pedagogik texnologiyalarini ta’lim tizimida, xususan, ona tili darslarida tadbiq etishning metod, uslub va shakllarini nazariy tomondan asoslab berish hamda samarali natijalarga erishishdan iborat. Kurs ishi mavzusi takrorlash darslarini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishni yoritish va uzluksiz ta’lim bo‘g‘inlarida ona tili o‘qitish metodikasini ishlab chiqishga bag‘ishlangani bilan muhim ahamiyatga ega.


    Download 223,02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 223,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ona tilidan takrorlash darslarini tashkil etish metodikasi. Reja: Kirish

    Download 223,02 Kb.