• Takrorlash darslarini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
  • Mavzu: Ona tilidan takrorlash darslarini tashkil etish metodikasi. Reja: Kirish




    Download 223,02 Kb.
    bet3/12
    Sana09.12.2023
    Hajmi223,02 Kb.
    #114504
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    kurs ishi takrorlashga oid...

    II. Asosiy qism

    1. Takrorlash darslarining maqsad va vazifalari.

    Ona tili darslarida takrorlash darslarini tashkil qilishda o‘rganilayotgan bo‘limlar e`tiborga olinadi. Har qanday yangi mavzu o‘tilgach, dars jarayonida va keyingi yangi mavzu bayoni oldidan mavzu takrorlanadi. O‘quvchilarda hosil bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarga takrorlash orqali erishiladi. O‘tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslarini tashkil qilish loyihalash asnosida amalga oshadi. Ona tilidan o‘rgatilgan bilimlarning puxtaligi, ko‘p jihatdan, o‘qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog‘liq. Bunday darslarda o‘quvchi oldin o‘rgatilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Mashq paytida o‘quvchi o‘zi o‘rgangan qoida asosida faoliyat ko‘rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan bilimlar qayta tasavvur etiladi. Takrorlash darslari, bir tomondan, turli mashqlar yordamida o‘quvchilarda o‘rgatilgan materiallar doirasida malaka hosil qilishiga qaratilsa, ikkinchi tomondan, o‘quvchilarning bilimlarini aniqlashtirish, kengaytirishga xizmat qiladi. Takrorlash darslari yangi materialni o‘rgatish darslaridan tubdan farq qiladi. Yangi materialni o‘rgatish darslarida o‘quvchilar anglab yetmagan, ular uchun mavhum bo‘lgan til hodisalari ustida o‘tkazilsa, takrorlash darslari esa o‘quvchilar o‘rgatilgan, ammo to‘lig‘icha o‘zlashtirilmagan qonun-qoidalarga tayanadi, o‘rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko‘rsatadi. Takrorlash darslarida ko‘proq turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. O‘rgatilgan qonun-qoidalarga oid til dalillari ustida o‘quvchilarning faoliyati tashkil etiladi. Bu dars tipining yana bir muhim belgisi o‘quvchilarda malaka hosil qilishdir. Takrorlash darsining eng muhim xususiyati uning yangi materialni o‘rgatish va mustahkamlash darslarining davomi, unga bog‘lab tashkil etilishidir.

    1. Takrorlash darslarini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.

    Bugungi kunda har bir sohada innovatsion g‘oyalarni, yangicha islohotlarni ko‘rishimiz, guvohi bo‘lishimiz mumkin. Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, yangiliklar yaratish faqat ta’limdagi salohiyatni ko‘tarishni bosh maqsad qilib olgan. Takrorlash darslarini tashkil qilishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishu usullari ta’lim beruvchi ustozning intilishi, bilimi va salohiyatiga bog‘liq ekanligini yuqorida ta’kidladik. Ta’lim texnologiyasi nazariyasining mohiyati xususida so‘z yuritish uchun «Ta’lim texnologiyasi» tushunchasining tub ma’nosini anglash talab etiladi. «Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, «teсhe»- mahorat, san`at hamda «logos»- tushuncha, ta’limot so‘zlarinig birlashmasidan hosil bo‘lgan. «Ta’lim texnologiyasi» tushunchasi esa, lug‘aviy jihatdan ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan san`at darajasidagi tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan ma’nosini anglatadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, shu kungacha, pedagogic texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan rivojlanib, ishlatilib kelinsada, uni ma’nosini izohlash borasida yagona fikr mavjud emas edi. Xususan rus pedagogi B.P.Bespalko ham pedagogik texnologiyaning «Amaliyotda tadbiq qilinadigan muayyan pedagogic tizim loyihasi» deb ta’riflanadi. O‘zbekistonlik pedagog N.Saidahmedov pedagogik texnologiyani shunday ta’riflaydi: «Pedagogik texnologiya» bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogic muvaffaqiyatlarni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash loyihasidir. «Ta’lim texnologiyasi tushunchasi» ta’lim metodikasi tushunchasiga nisbatan kengdir.


    Ta’lim metodi- o‘quv jarayonining namunaviy vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan metod qoida va usullar tizimini tavsiflaydi. Ta’lim texnologiyasi- ta’lim maqsadiga erishish jarayoninnig umumiy mazmuni, ya’ni avaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida , bosqichma- bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali unimli foydalanish hamda, ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. O‘qituvchini samarli faoliyat ko‘rsatishida undovchi darsning metodik ishlanmasidan farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi o‘quvchilar faoliyatida nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘quvchilarbning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda o‘qubv materiallarini mustaqil o‘zlashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
    Pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalarini kafolatlovchi pedagogic faoliyat jarayonining mazmunidir. Respublikamizning taniqli olimlari ilmiy asoslangan, mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar.Bular orasida J.G‘.Yo‘ldoshev, S.A.Usmonov, N.S.Sayidahmedov, R.H.Jo‘raev, Q.Y.Yo‘ldoshev kabi ta’lim-tarbiya jarayonlari fidoiylarining nomlari alohida hurmat va e’tiborga molikdir. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o‘rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg‘or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatorida, jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg‘ab oldi.
    Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O‘zbekistonda pedagogik texnologiyani o‘rganish yo‘lida ancha ishlar qilindi. Shu jumladan, O‘zbekiston olimlari bilan hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida ham pedagogik texnologiyalarning loyihalarini tuzish bo‘yicha ancha ishlar qilindi. Tarbiya jarayoni uzoq muddatli murakkab uzluksiz bo‘lib, u o‘xziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o‘quvchining ta’lim jarayonida yetakchilik faoliyatini yoqlayotgan bo‘lsada, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bol`adi va bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois, ta’lim texnologiyasi tarbiya texnologiyasidan farq qiladi. Pedagogik texnologiya yo‘nalishlari ko‘p.
    Hozirgi an`anaviy ta’lim bu XVII asrda YA. Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko‘p qo‘llanilayotgan Pedagogik texnologiyalar asosan, shu tizimni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yo‘nalishlarda rivojlanmoqda. Ular pedagogik jarayonni takomillashtirish uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishda asoslangan Pedagogik texnologiyalar, o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishda yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalar, o‘quv materialni didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqarish asosidagi pedagogik texnologiyalar, o‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish pedagogik texnologiyalar va boshqalar.
    V.P. Bespalkoning o‘zbekistonlik shogirdlaridan N. Sayidahmedov va M. Ochilovlarning fikricha, “Pedagogik texnologiya-bu o‘qituvchi(tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir”. O‘zbekistonlik metodist B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: “Pedagogik texnologiya-ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga soladigan, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir.
    O‘qituchilar test(sinov)da qanday harakatlarni ko‘rsatishlari talab qilingan, ular o‘quv jarayonida ham shunga o‘xshash mashqlarni qildirishj kerak.
    1. Natijani bilish qoidasi
    2. Har bir o‘tkazilgan nazorat natijasi o‘quvchiga ma’lum qilinishi lozim
    3. Ijobiy mustahkamlovchi reaksiyalar
    4. O‘quvchining har bir yutug‘iga o‘qituvchi o‘z vaqtida reaksiya qilib, rag‘batlantirish kerak.
    O‘quvchilarning noto‘g‘ri javobi jazolanmaydi, yana bir urinib ko‘rishga harakat qilish. Davlat ta’lim standartiga muvofiq keluvchi dars jarayonini tashkil qilishda yangi mavzu, mavzuni mustahkamlash va takrorlash bosqichlaridan foydalaniladi. Ushbu jarayonning samarasiga innovatsion texnologiyalar orqali erishiladi. Innovatsion yondashuv- o‘qitishning yangi yo‘lini izlash, tushuntirishning oson usulini topish, qidirish dеgan ma’noni anglatadi.
    Pеdagogik o‘quv qo‘llanmalarda o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish va ular tomonidan o‘zlashtirish usullari o‘qitish mеtodi dеb ataladi. Hikoya qilish-o‘qituvchi tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga oid faktlar, fizik hodisa va voqеalarning mazmunini ifodalaydigan tushuncha, qonun va qoidalarning bayon qilinishidir. Maktab ma’ruzasi mеtodi 10-11- sinflarda qo‘llaniladi. Odatda maktab ma’ruzasi mavzuning mazmuniga ko‘ra, bir - ikki mavzuning asosiy g‘oyaviy yo‘nalishini ifodalovchi, tugallangan (yaxlit) tushunchalar tavsifidir An`anaviy ta’limdan voz kechmagan holda innovatsion ta’lim texnologiyalar tadbiqi bo‘yicha keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda barcha sohada tub yangilanishlar sodir bo‘layotgan bir paytda ta’lim sohasida ham tubdan o‘zgarishlar yuz bermoqda.
    “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ham darslarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish bot-bot aytilmoqda. Avvalo, innovatsion texnologiyaning o‘zi nima, degan savol tug‘iladi. Innovatsiya (inglizcha innovation)- yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Innovatsion ta’lim texnologiyalari modellashtirish (trenirovka), namoyish qilish, kichik guruhlarda bo‘lish, aqliy hujum, tanqidiy tafakkur, debatlar usullaridan iborat: «Nuqtai nazaring bo‘lsin», «Har kim har kimga o‘rgatadi», «Rolli o‘yinlar» takrorlash darslarida foydalaniladigan usullar hisoblanadi. Muayan holatni (vaziyatni) o‘rganish, modifikatsiyalangan ma’ruza, o‘yinlar, bingo usullarini o‘z o‘rnida qo‘llash lozim. Axborot texnologiyalari (komputer) yordamida darsni tashkil qilish davr talabidir.
    O‘qitishning innovatsion usullaridan foydalana bilish va amalga oshirishda o‘qituvchi quyidagilarni bilishi lozim:
    -innovatsion texnologiya tushunchasi, uning mazmun-mohiyati;
    -ta’lim maqsadini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli;
    -fanlar bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni qo‘llash prinsiplari;
    -ta’limiy va ishchanlik o‘yinlari;
    -muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlari;
    -o‘quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va ta’minlash yo‘llari;
    -o‘quvchilarning mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullari;
    -ko‘rgazmali o‘qitish usullari;
    -imitatsiya o‘quv-mashg‘ulotlari;
    -ta’lim-tarbiyani faollashtiruvchi usullar.
    O‘tilgan mavzularni takrorlash darslarida quyidagi innovatsion ta’lim usullaridan foydalanish mumkin:

    Download 223,02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 223,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ona tilidan takrorlash darslarini tashkil etish metodikasi. Reja: Kirish

    Download 223,02 Kb.