• Topishmoq o‘yini”
  • Bo‘limlar yuzasidan takrorlash darslarini olib boorish




    Download 223,02 Kb.
    bet7/12
    Sana09.12.2023
    Hajmi223,02 Kb.
    #114504
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    kurs ishi takrorlashga oid...

    Bo‘limlar yuzasidan takrorlash darslarini olib boorish.

    Fonetika, grafika orfografiya bo‘limlari yuzasidan takrorlash darslarini tashkil qilish.

    Fonetikani o‘zlashtirish o‘quvchilarning tafakkurini o‘stirish bilan bevosita bog‘langan. Buning uchun har bir nutq tovushi so‘z tarkibida o‘rgatiladi. Nutq tovushiga ko‘ra so‘z ma’nolarining o‘zgarishi ustida mashq qilish (Un-en-ino‘n; il-ich-iz-in-ish), so‘zlarni tovush va bo‘g‘inlarga ko‘ra tahlil qilish, berilgan tovush va bo‘g‘inlar yordamida so‘z, so‘zlar ishtirokida gap tuzish o‘quvchilarda analitik–sintetik faoliyatni tarbiyalaydi. Nutq tovushlari, ularning o‘zaro farqlari ustida mashq qilish natijasida o‘quvchilarda, bir tomondan, lingvistik tushuncha shakllansa, ikkinchi tomondan, fonematik eshitish (nutq tovushini so‘z tarkibida to‘g‘ri anglash, fahmlash, eshitish) taraqqiy etadi. Lingvistik tushunchalar haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish, fonematik eshitishni taraqqiy ettirish o‘quvchilarning til sezgirligini rivojlantiradi. Shunday qilib, fonetikaga oid nazariy bilimlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda orfoepik, grafik, orfografik malakalar hosil qilinadi. Ona tili predmetida leksika materiallarini ikki bosqichda o‘rgatish ko‘zda tutilgan: birinchi bosqichda so‘zning ma’nosi, ko‘p ma’noli so‘zlar, omonim, sinonim, antonim so‘zlar, ularning uslubiy imkoniyatlari; ikkinchi bosqichda so‘z va istiloh, tilning lug‘at boyligi, lug‘atning boyish manbalari va shu kabi mavzulari o‘rgatish rejalashtirilgan.


    O‘quvchilar quyidagi muhim ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur:
    1) hamma tovushlarni so‘zdan tashqari ham, so‘z ichida ham erkin va to‘g‘ri talaffuz qilish;
    2) so‘zning tovush tarkibini, undagi tovushlarning izchil tartibini aniqlash, so‘zni bo‘g‘inga ajratish, urg‘uli bo‘g‘inni ko‘rsatish;
    3) kesma harakatlardan so‘z tuzish va uni yozish;
    4) jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash;
    5) hamma harakatlarni bilish;
    6) bo‘g‘inlab (harflab emas) o‘qish, ya’ni o‘quvchilar ma’nosini tushunadigan ikki, uch, to‘rt bo‘g‘inli so‘zlarni, bo‘g‘inlar tarkibidagi harakatlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, bo‘g‘inlab yoki pozitsion o‘qishni bilishi zarur;
    7) so‘zni va matnni qayta o‘qiganda, asosiy orfoepik normani saqlash, oddiy holatlarda pauza qilish, logik urg‘uni qo‘ya bilish, oddiy ohangga rioya qilish;
    8) o‘qilgan matnning mazmunini tushunish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish, soddalashtirib qayta hikoyalash.
    Ona tili darslari madsadga ko‘ra to‘rt tipga ajratiladi: yangi materialni o‘rgatish va mustahkamlash, o‘tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari. Yangi materialni o‘rgatish va mustahkamlash darslari ta’lim jarayonining eng ko‘p qismini ishg‘ol etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so‘z yasash, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya, punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni o‘quvchilarga o‘rgatish va ularni datslabki mustahkamlashdir. Yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar yechiladi: -o‘rgatilayotgan grammatik bilimlarning asosiy maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash; -mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish; -o‘rganilgan bilimni qayta xotirlash yo‘lini, uni amaliyotda qo‘llash usulini egallash. Yangi bilimlarni o‘rgatishda deduksiya va induksiya usulidan foydalaniladi. Hozirgi dastur va darsliklarda yangi bilimni asosan induksiya usuli bilan o‘rgatish ko‘zda tutilgan. Ma’lumki, deduksiya usulida umumiylikdan xususiylikka qarab boriladi. Induksiya usulida esa xususiylikdan umumiylikka qarab boriladi.
    Yangi materialni o‘rgatish va mustahkamlash darslari o‘z ichida ikki turga bo‘linadi:
    1.O‘tilganlar takrorlangach, yangi o‘quv materialini o‘rgatish bosqichi boshlanadigan dars. Darsning bu turida o‘rgatiladigan grammatik orfografik qoida, ta’riflarning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o‘tkaziladi, topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib o‘quv materiali bayon qilinadi.
    2.Yangi o‘quv materialini o‘rgatishdan boshlanadigan dars. Bu dars o‘quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi.
    O‘quvchilar bajargan topshiriq va qoidalar ustida suhbat o‘tkaziladi. O‘quvchi o‘quvchilarning xulosalariga, zarur bo‘lsa, o‘zgarishlar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o‘tiladi. Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari. Bunday darslarda ma’lum mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlar qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo‘lim yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslar o‘rganilgan bilim, hosil qilingan malakalarni tizimga keltirish, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning asosiy shakli hisobanadi. Ta’lim jarayonida bilimlar emipirik va tushuncha darajasida umumlashtiriladi. Emipirik umumlashtirishda o‘rgatilayotgan hodisaning his qilingan xususiyatlari o‘zaro taqqoslanadi, ikkilamchi bilimlar hisobga olinmaydi, o‘xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi. Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma’lum grammatik hodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o‘rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi. Bilim va malakalarni tekshirish darslari. Bu dars tipi ona tili ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday darslarda o‘quvchilarning bilim va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi, o‘tilgan mavzular bo‘yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilab olinadi, o‘quvchilarga o‘z bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko‘rsatiladi. Bunday darslarga diktant, insho va bayon yozdiriladigan darslar, test sinovi o‘tkaziladigan darslar kiradi. Ona tili o‘qitish metodlari. Ona tili darslarida qo‘llanadigan o‘qitish metodlari nafaqat bilimlarni bayon qilish yoki uni mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o‘quvchilarning mustaqil bilim olishni ham hisobga olish, ta’lim jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini qo‘shish orqali ulrni ijodiy faoliyatiga tayyorlash lozim.
    Ana shu nuqtai nazardan qaraladigan bo‘lsa, ta’lim metodlarini ikki katta guruhga ajratsa bo‘ladi:
    1.O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar.
    2.O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar.
    O‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlarni:
    1.Bilimlarni tayyor holda bayon etish;
    2.Bilimlarini muammoli yo‘l bilan bayon qilish metodlariga ajratsa bo‘ladi.
    O‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar o‘z navbatida qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik va izlashga asoslangan metodlarga bo‘linadi. Bilimlarni tayyor holda bayon qilish metodi. Bu metod ona tili darslarida eng ko‘p tarqalgan metodlardan biridir. Bayon yordamida murakkabroq, ayniqsa, o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlar izohlanadi. Ko‘pincha til hodisalarining mohiyatini tushuntirish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘sh tomonlarni to‘ldirish, qo‘shimcha ma’lumot berish, savollarga javob qaytarish maqsadida bu metodga murojaat qilinadi. Bu metod ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Uning ijobiy tomonlaridan biri vaqtni tejash imkoniyatini tug‘diradi. Bu o‘z navbatida bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash va ko‘nikmalarni mustahkamlash va takrorlashga ajratilgan vaqt miqdorini ko‘paytiradi. Bilimlarni tayyor holda bayon qilishining salbiy oqibatlaridan biri esa bu jarayonda o‘quvchining fikrlash faoliyatni ma’lum darajada chegaralanishidir.
    Ko‘p hollarda o‘quvchi ta’lim jarayonining faqat tinglovchisiga aylanib qolishi mumkin. Bu metoddan foydalanish uchun quyidagilarga amal qilishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:
    - O‘qituvchining nutq madaniyatiga e’tiborini kuchaytirish. O‘qituvchining nutqi mantiqiy talablarga javob berishi shart: Sodda, mazmunli, ifodali, izchil nutq o‘quvchilarda bilimga nisbatan kuchli qiziqish uyg‘otadi;
    - O‘quv materialini qatiy bir reja asosida bayon qilish (qat’iy reja asosida bayon qilingan fikrlarni o‘zlashtirish o‘quvchi uchun ancha qulay):
    - bilimlarni tayyor holda bayon qilish, ishontirish va asoslash. Ishontirish va asoslash o‘rgatilayotgan materialga qiziqish uyg‘otadi. Yuqorida sanalganlardan tashqari til hodisalarini sharhlash maqsadida keltiriladigan misollarning ilmiy, badiiy va tarbiyaviy yo‘nalishda bo‘lishini ta’minlash, o‘qituvchi bayoni bilan namoyish etiladigan vositalarni bir-biriga muvofiqlashtirish o‘quvchining faollik darajasini oshiradi.
    Fonetika, grafika orfografiya bo‘limlari yuzasidan takrorlash darslarini tashkil qilishda “Suhbat mеtodi” tajribada eng ko‘p qo‘llaniladigan va samarali mеtodlardan biridir. Bu ko‘pincha savol-javob mеtodi dеb ham yuritiladi. Chunki mazkur mеtod dars jarayonida savol-javob vositasida olib boriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga savol bеrib yoki ilgari o‘zlashtirgan bilimlarini eslariga tushirish, yoxud mavjud bilimlar asosida yangi mavzulardan tеgishli xulosa va natijalar chiqarish, umumlashtirish, shuningdеk, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlariga tayanib, yangi xulosalar chiqarishni taklif etish yo‘li bilan bilim, ko‘nikma va malakalar bеrishi nazarda tutiladi. Suhbat quyidagi maqsadlarda olib borilishi mumkin:
    — o‘tilgan mavzuning mazmuniga bog‘liq holda o‘quvchilarning hayotda kuzatgan va tajribada ishlatgan fakt (dalil), narsa va hodisalardan nimalarni bilganliklarini aniqlash;
    — o‘tilgan mavzu va, hatto ilgari o‘tilgan matеriallarni (ma’lumotlarni) qayta esga tushirish;
    — o‘quvchilarning bayon qilinayotgan ma’lumotni qanchalik idrok qilayotganliklarini aniqlash;
    — o‘tilayotgan mavzuga oid ma’lumotlar haqida suhbat olib borish;
    — bayon qilinayotgan ma’lumotni takrorlash va mustahkamlash;
    — o‘tilayotgan mavzu yuzasidan xulosa chiqarish, umumlashtirish, qoida va ta’riflar ustida ishlash;
    — o‘zlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni hisobga olish;
    — uyga bеrilgan topshiriq va mustaqil o‘rganilgan ma’lumotlar haqida suhbat o‘tkazish.

    Suhbat mеtodi o‘qituvchi faoliyatining yangi-yangi qirralarini ochib bеradi va bir maqsadga qaratilgan mustahkam harakat birligini tug‘diradi. Suhbat metodini tashkil qilishda darslik asosiy vosita hisoblanadi. Ta’lim tizimida darslik bilan ishlash mеtodi asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Binobarin, darslikdan foydalanmay biror fan, tеxnika yoki san’at sohasini egallab bo‘lmaydi. Darslik bilan ishlash ta’lim jarayonida o‘qisho‘qitish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yordam bеrsa. ikkinchi tomondan, o‘quvchilarning kеlajakdagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni mustaqil o‘qib-o‘rganish madaniyatini tarkib topdirish bilan birga u bolalarni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishda katta ahamiyatga ega. O‘quv adabiyoti bilan ishlash murakkab psixik jarayonni o‘z ichiga oladi. O‘qish jarayoni o‘qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan bilimlarni o‘quvchilarning eshitib, o‘qishlarinigina emas, balki o‘quv matеriallarini (ma’lumotlarni) kitob matnidan ko‘rib, ongli idrok qilish faoliyatini ham taraqqiy ettirishni nazarda tutadi. Fonetikani o‘qitishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:



    Topishmoq o‘yini”
    Bu o‘yin o‘quvchilarni harflarni o‘z o‘rniga qo‘yib, so‘z tuzishni o‘rgatadi.

    Download 223,02 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 223,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo‘limlar yuzasidan takrorlash darslarini olib boorish

    Download 223,02 Kb.