• 1-boshlovchi
  • Atrofimiz fizika (Qo’shiq)
  • 1- boshlovchi
  • Assalom, fizika




    Download 28.47 Kb.
    bet1/4
    Sana08.11.2022
    Hajmi28.47 Kb.
    #29516
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Assalom fizika
    9.-Конфликтология-, Avloniy Konferensiya materiallari to`plami 22.06.2022, 2.01...MATN LINGVISTIKASI, FIZIKA FANIDAN TEST SAVOLLARI, Mustaqil ish, MOXLAROYIM, Malaka oshirgan o\'qituvchilar, Geografik joylashuvi, Sattorov\'s article Indiya, ilhom, 4, Документ Microsoft Word (3), test, 2Kurs ishi tayyori Tursunova Umida

    @ustozlar_uchun Xalq ta’limi xodimlariga

    ASSALOM, FIZIKA!
    ( Maktab sahnasi uchun tadbir ssenariysi)
    Tadbir o’tkazilayotgan maktab faollar zali bayramona bezatilgan. Devorlarda fizika fanini ulug’lovchi shiorlar, stentlar, lavhalar aks etgan. Xonada turli fizik asboblar, texnika vositalari joylashtirilgan. Monitor orqali slayt lavhalar aks etib turibdi. Tadbirni o’tkazishdan maqsad o’quvchilarni fizika faniga qiziqishini orttirish, bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
    1-boshlovchi:
    Bugun baxtdan, hur hayotdan, Entikadi bu dillar. Mustaqillikni madh aylab, Shodon yayrar ko’ngillar. Aziz do’stlar, vatandoshlar, Sizga bo’lsin ehtirom. Fizikaga oshnolarga, Bo’lsin salom-assalom! 2-boshlovchi:
    Assalomu alaykum, aziz do’stlar. Fizika olamiga xush kelibsizlar! 1-boshlovchi: Fizika fan oyligiga bag’ishlangan “Assalom, fizika!” deb nomlangan kechamizni ochiq deb e’lon qilamiz.(Davraga o’quvchilar kirib kelishadi. Qo’llarida fizika faniga tegishli bo’lgan plakatlar.)
    Koinot mavjuddir, tabiat mavjud,
    Fizika fani ham taraqqiy etgan.
    Olis o’tmishdagi bobolarimiz,
    Bu fanning sirlarin anglatib ketgan.
    Assalom fizika, ulug’ fizika,
    Lahzamiz sen bilan bog’liq fizika.

    Oddiylikdan toki murakkabgacha,


    Ulkan kashfiyotlar zamini shunda.
    Texnika, kompyuter, fazo, koinot,
    Ixtirolar bori mujassam bunda.
    Assalom fizika, ulug’ fizika,
    Har lahza sen bilan bog’liq fizika. Atrofimiz fizika (Qo’shiq)
    Televizor bo’lmasa, “kunim o’tmaydi”,
    Telefon bo’lmasa, ishim bitmaydi.
    Bilsang atrofimiz o’zi fizika, Fizikadan paydo bo’lar texnika.

    Radioni tenglab dil orom oladi,


    Musiqa asbobin kuyga soladi.
    Bilsang atrofimiz o’zi fizika, Fizikadan paydo bo’lar texnika

    Yorug’lik bo’lmasa qanday qilamiz,


    Hech kimda huzur yo’q, buni bilamiz.
    Demak, atrofimiz o’zi fizika,
    Fizikadan paydo bo’lar texnika
    Davraga fizika va astranomiya fanlariga, jahon madaniyatiga hissa qo’shgan O’rta Osiyolik allomalarning siymolari kirib keladi. 1- boshlovchi:
    Alohida mustaqil fan deb atagan,
    Fizika fanini Forobiy bobom.
    Qancha bilimlarni bizga qoldirgan,
    Ilmda tengi yo’q nuroniy bobom.

    Download 28.47 Kb.
      1   2   3   4




    Download 28.47 Kb.