• Tayanch so`z va iboralar
  • 27 – Mavzu. Katalitik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari. Reja: 1




    Download 209.75 Kb.
    bet1/6
    Sana17.04.2024
    Hajmi209.75 Kb.
    #198807
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    27 – Mavzu. Katalitik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalar-fayllar.org
    6 , TPU179849, 04.-Dumitru-Mnerie, Marshrut Algoritmlar. Tarmoqlarni marshrutlash haqida umumiy ma’ (1), Mavzu Kompyuter. Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning v-fayllar.org, Evolution MAJMUA (1), Развитие речи детей дошкольного возраста как психолого-педагогическая проблема, zebra 19talik, 2.10-kompyuter-taminoti, 2-mavzu, 1, INSHO XARBIY KAFEDRIYA, 1-variant Jismoniy ta’lim, 4-ma`ruza mavzu Boshlang`ich sinfda matеmatika o`qitishni tashk, 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas-fayllar.org

    27 – Mavzu. Katalitik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari. Reja: 1

    27 – Mavzu.
    Katalitik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari.


    Reja:
    1. Katalitik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari va ularning ishlash prinsiplari.


    Tayanch so`z va iboralar
    Neft, gazkondensati, neftni qayta ishlash jarayoni, neft kimyosi, standart, kondensat, yillik quvvat, mazut, benzin, aviakerosin, dizel yoqilg`isi.


    Katalitik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari
    Neftni ikkilamchi qayta ishlash jarayonlari orasida og’ir distillyat fraktsiyalarini katalizator ishtirokida katalitik krekinglash muhim o’rin tutadi. Jarayon o’tkazilishidan maqsad, yuqori oktanli benzin olish hisoblanadi. Butan–butilen va propan-propilenga boy gaz fraktsiyalari, yuqori oktanli alkilat – benzin komponenti xom-ashyosi sifatida keng qo’llaniladi, shuningdek neft kimyosi va sun`iy kauchuk ishlab chiqarishda foydalaniladi. Katalitik krekingda yengil gazoyl dizel yoqilg’isi komponenti sifatida foydalaniladi. Ko’p miqdordagi politsiklik aromatik birikmalar saqlagan og’ir gazoyllar, tehnik uglerod, ignasimon koks olishda xom-ashyo, hamda mazut komponenti sifatida ishlatiladi. Krekingni asosiy xom-ashyosi keng fraksion tarkibli vakuum gazoyllari hisoblanadi. Masalan: qaynash temperaturalari 3000S dan 500 0S gacha bo’lgan fraktsiyadir. Ohirgi yillarda qaynash temperaturasi 5500S – 5900S gacha bo`lgan og’irlashtirilgan vakuum gazoyllari ham qo’llanilmoqda. Katalitik kreking xom-ashyosining kokslanish darajasi past (0,5% mass.) bo’lishi lozim, ya`ni katalizatorni tez kokslanishga chaqiruvchi smolali moddalar bo’lishi jarayonga yomon ta`sir etadi. Bundan tashqari, xom-ashyodagi metall miqdori (20-25 g/t) kam bo’lishi kerak. Shunga ko’ra xom-ashyo oldindan metallsizlantiriladi. Odatda krekinglanadigan xom-ashyo qo`llanish darajasi 0,006 – 0,007 % (mass.) chegarasida bo’ladi. Oltingugurtli xom-ashyo gidrotozalashdan o’tkazilishi lozim. Gidrotozalashdan so’ng xom-ashyodagi oltingugurt miqdori 0,1 – 0,3 % (mass.) gacha kamaytiriladi. Katalitik kreking qurilmalarida aktivligi yuqori seolit tarkibli katalizatorlar keng qo’llaniladi. Bunday katalizatorlar amorf matritsasida 10 – 25 % gacha kristall alyumosilikatlar bo’ladi. Bu esa ma`lum darajada benzin chiqishini ko’payishiga va uning oktan sonini motor usulida 82 – 84 yoki, tadqiqot usulida 92 – 94 gacha ko’tarish imkonini beradi, shuningdek to’qnashuv vaqtini kamaytiradi. Katalizatorlar ma`lum granulometrik tarkibga, yuqori g’ovakli va mexanik mustahkamlikka ega bo’lishi kerak.
    Krekingni amalga oshirishda katalizatorlar qo’llash g’oyasi akademik N. D. Zelinskiy tomonidan ilgari surilgan. U katalizator sifatida alyuminiy xloridni qo’llagan. Bu asosda 1919 – 1920 yillarda benzin olish bo’yicha ilg’or qurilma ham yaratilgan. Alyuminiy xlorid 200–2500C temperaturada krekinglashni yumshoq rejimda o’tkazish imkonini beradi. Sanoatda katalitik krekingda alyumosilikatli katalizatorlardan foydalanish orqali rivojlanishga erishildi. Bu katalizatorlarning asosiy afzalligi, ularni qayta tiklash soddaligi hisoblanadi. Kreking katalizatorlari tabiiy tuproq ko’rinishida yoki sintetik alyumosilikatlar ko’rinishida bo’ladi. Hozirgi neftni qayta ishlash zavodlarida aktiv va oltingugurtga chidamli sintetik katalizatorlar keng qo’llaniladi. Sintetik katalizatorlar asosan alyuminiy tuzini va kremniy tuproqni suv bilan o’zaro ta`sir yo`li orqali tayyorlanadi. Olingan gel aralashmasiga shakl beriladi va quritiladi. Katalizator tarkibi odatda undagi kremniy, alyuminiy oksidlari va boshka komponentlarni suvsiz miqdoriga ko’ra aniqlanadi. Katalizator asosiy massasini kremniy oksidi va 10 – 15% alyuminiy oksidlari tashkil etadi. Katalitik kreking – geterogen katalizni bir ko’rinishi bo’lib, unda reaktsiyalar ikki faza chegarasida kechadi: qattiq (katalizator), gaz yoki suyuq. Shuning uchun katalizator strukturasi va yuzasi muhim ahamiyat kasb etadi. Katalizatorning muhim hususiyatlaridan biri, uning aktivligidir. U mahsulotning chiqishi bilan tavsiflanadi. U aktivlik indeksi bilan tushintiriladi, bunga ko’ra 34-35 yuqori, 28 – 32 o’rtacha, 27 – 28 quyi aktivlik indekslariga ega. Katalitik kreking mahsulotlari chiqishi va ularni sifati xom-ashyo tabiatiga bog’liqdir.


    Download 209.75 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 209.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    27 – Mavzu. Katalitik kreking jarayonining sanoatdagi qurilmalari. Reja: 1

    Download 209.75 Kb.