• 4. Muloqot olamida muloqot, sevgi va nikoh munosabatlari.
  • Microsoft Word 10-mavzu docx




    Download 128.88 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana26.02.2024
    Hajmi128.88 Kb.
    #162677
      1   2   3   4
    Bog'liq
    10-Mavzu.Media maydonda axbarot tarqatish madaniyati
    ROBOTO TEXNIKA, O’rnatilgan tizimlar fanidn 1-mustaqil ish-kompy.info, 46233 UMK, 1-ma’ruza Kompyuter tizimlari fanining tarixi va rivojlanish te-fayllar.org, 3-qism Jinoyat huquqi M.X Rustambayev 3 TOM, IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT XURUJLARI VA TAHDIDLARI, ecaf26fb-8c08-4965-ab77-d8e10a34254a, F.Mo’minov, . Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik., 5110900-Pedagogika va psixologiya, 1. Avtomatlashtirish tushunchasi va uning ta`rifi; Avtomatlashtr, 3-AMALIY MASHG\'ULOT QO\'SHIMCHA, 2-Ma\'ruza taqdimotI, 1-AMALIY MASHG\'ULOT qushimcha, 1urinMIKROPROTSESSOR грифли 100 та укув кулланма, Metrologiya fan dasturi


    Ma'ruza 10. MEDIA MAYDONDA AXBOROT TARQATISH MADANIYATI. 
    Reja: 
    1. Axborotning ong va tafakkurga ruhiy ta'sir muammolari. 
    2. Vizual olamning ommaviyligi va jozibadorligi. 
    3. Axborot almashinuvining mexanizmlari v ava ilmiy nazariy asoslari. 
    4. Muloqot olamida muloqot, sevgi va nikoh munosabatlari. 
    Bugungi kunda o’sib kelayotgan yosh avlodning axborot madaniyatini shakllantirish 
    kechiktirib bo’lmaydigan masalalardan biri hisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonining 
    o’zi, ko’pincha, sof texnologik jarayon sifatida baholanishiga qaramay, mazmun-mohiyatiga ko’ra 
    chuqur ijtimoiy jarayon ham hisoblanadi. Chunki axborotlashtirish jamiyatning bir shakldan 
    boshqa, ijtimoiy taraqqiyotning yanada yuqoriroq darajasiga ega bo’lgan shakliga o’tishni anglatadi 
    hamda jamiyatning istiqboldagi xususiyatlarini belgilab beradi. 
    Tashviqot, feyk axboroti, pranking, raqamli tajovuz, trolling va h.k. hodisalar oqibatida 
    mediamakondagi buzilishlar tufayli jurnalistika sohasida hozirgi paytda inqiroz kuchayib 
    bormoqda. “Ortiqcha axborot” “axborot mavhumligi”ni keltirib chiqarmoqda. Ushbu vositalar 
    yordamida ong bilan manipulyatsiya qilish shunga olib keladiki, auditoriyaning “tanqidiy 
    avtonomiyasi” mavjud emasligi tufayli dunyoda har qanday ma’lumotlarni “yutib yuborish” 
    kuchaymoqda. 
    1982 yilda YUNESKO Xalqaro Simpoziumida qabul qilingan Mediata’lim bo’yicha 
    Gryunvald Deklaratsiyasida 19 ta a’zo mamlakat vakillari shunday deb ta’kidladi: “Axborot 
    vositalarining muqarrar kuchini muhokama qilish yoki ma’qullash o’rniga biz uning hayotning 
    barcha jabhalariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi va singib borishini mavjud fakt sifatida tan olishimiz, 
    shuningdek, ularning zamonaviy 31 madaniyatning ajralmas elementi sifatidagi ahamiyatini 
    hisobga olishimiz zarur. Siyosiy va ta’limiy dasturlar shuni tan olishi kerakki, fuqarolar tomonidan 
    kommunikatsiya hodisasini tanqidiy anglashga ko’maklashish ularning majburiya- tini tashkil 
    etadi... mediata’lim bo’yicha dalillar ongli fuqarolikni tayyorlash vositasi sifatida hozir muayyan 
    ikkilanishlarga sabab bo’lsa, eng yaqin kelajakda, kommunikatsion texnologiyalarda sakrash ro’y 
    bergach, ushbu dalillar muqarrar bo’lib qoladi”. Mediasavodxonlik konsepsiyalari rivojlanishi va 
    zarurati munosabati bilan OAV vajurnalistikaning mediata’lim funksiyasi faol rivojlanmoqda. Bu 
    ommaviy auditoriyaning mediakompetentligini oshirish, uning OAVdagi ma’lumotlarni mos 
    ravishda qabul qilish, uni tahlil etish hamda axborot madaniyati me’yorlari va tamoyillariga mos 
    keladigan ijtimoiy ahamiyatga ega mediamatnlarni yaratish layoqatini rivojlantirishdan iborat. Shu 
    narsa oydinki, faqat boshqalar tomonidan yaratilgan ma’lumotlar va axborotlarni topish, tahlil 
    qilish, ushbu ma’lumotlar va axborotlardan voqealar yaratish ko’nikmalariga ega jurnalistlargina 
    o’z funksiyalarini bajara oladi. Ijtimoiy voqealar nimani anglatishini va o’quvchilar bunga tayyor 
    bo’lish uchun nimalar qila olishini tahlil etadigan va bundan so’ng nimalar bo’lishini tushuntira 
    oladigan jurnalistlargina auditoriyaga bilimli, hammaga tushunarli bo’lgan ma’lumotlarni 
    yetkazishi mumkin. 
    Har qanday jarayonning yaxshi va yomon tomonlari bo’lganidek, jamiyatni 
    axborotlashtirishning ham ijobiy hamda salbiy jihatlari mavjud. Xususan, axborotlashtirish va 
    istiqbolli axborot texnologiyalari ishlab chiqarish samaradorligini hamda mehnat tejamkorligini 
    oshirishni, ilmiy bilimlar va ilg’or texnologiyalar jamiyatda jadal tarqalishini, jamiyat 
    intellektuallashuvi umumiy darajasini oshirishni ta’minlashi kabi ijobiy tomonlar bilan bir qatorda 
    axborot makoni uchun kurash va insonga axborot-psixologik ta’sir ko’rsatishning avj olishi kabi 


    alohida xavfni ham yuzaga keltiradi. 
    Hozirgi kunda shaxs axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlanganlik darajasini sotsiologik 
    o’rganish, yangi konsepsiyalar bilan boyitish bugungi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi uchun o’ta 
    muhim vazifa hisoblanadi. Demak, hozirda har bir axborot chegara bilmaslik xususiyatiga ega ekan, 
    ongi va dunyoqarashi shakllanayotgan yosh avlodning ma’naviy olami daxlsizligini asrash 
    ko’pchilikni o’ylantirishi darkor. Internetni cheklab qo’yish yoki axborot olishni ta’qiqlash bilan 
    muammo hal bo’lmaydi. 
    Ma’lumki, hozirgi zamon yoshlarining hayotiy tushuncha va tasavvurlarini, asosan, internet 
    shakllantirmoqda. Bu esa ta’lim-tarbiya muassasalarining ish faoliyatini qiyinlashtirib qo’ymoqda. 
    Axborotning katta oqimi sharoitida inson o’zini erkin his eta olishi uchun axborot madaniyatiga 
    ega bo’lishi kerak. Bu o’rinda axborot madaniyati deyilganda ta’lim, ilmiy bilish va faoliyatning 
    boshqa turlari davomida yuzaga keladigan axborotga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga qa-ratilgan 
    bilimlar, o’quv va ko’nikmalarning tizimlashtirilgan yig’indisi tushuniladi. SHuning uchun ham 
    mazkur muammo faqatgina ma’lum bir davlat chegaralaridan chiqib, global xarakterga ega bo’ldi. 
    Axborotni tanlash va undan unumli, to’g’ri foydalanish esa insonning ong darajasi bilan bog’liq. 
    Ong darajasi bilim darajasiga, bilim darajasi esa, o’z navbatida, borliqdagi voqea-hodisalar 
    mazmun-mohiyati bilan mutanosib bo’lishi darkor. SHuning uchun, birinchi navbatda, axborot 
    olayotgan kishi uni mutlaqlashtirmasdan, o’z shuuri darajasida tahlil qilib, so’ng qabul qilishi 
    lozim. 
    Zamonaviy jamiyatning farqli belgilaridan biri - bu o’sib kelayotgan yosh avlodni tevarak 
    atrofda bo’layotgan o’zgarishlarga doimiy moslashtirib borish hisoblanadi. sivilizatsiyaning 
    rivojlanishida uning asl mohiyatini oldin qanday bo’lganligi bilan taqqoslaymiz. Uning o’ziga 
    xoslik belgilari uzluksizlik, shiddatlilik, global xarakterlilikdir. Axborotlashtirish asrida axborot 
    xurujining avj olishi, ayniqsa, yoshlarda axborot olish madaniyati, o’qish madaniyatini 
    shakllantirishni taqozo etadi. 
    Mutaxassislarning ta’kidlashicha,1 bugun axborot shiddat bilan yangilanib, hajmi oshib bormoqda. 
    Natijada, bilimning o’sish sur’ati ilgarilab ketmoqda. Amerikalik muhandis, matematik va 
    birinchilardan bo’lib axborot nazariyasini yaratgan olim Klod Shennon axborotni 
    «oydinlashtirilgan mavhumlik», - deya ta’riflagan. Buning ma’nosi shundan iboratki, axborotni 
    qabul qilib inson yangi bilimlar bilan tanishadi, ilgari mavhum bo’lgan narsalarni anglaydi, 
    savollariga javob topadi. Bu tugamas va doimiy jarayondir. 
    Bugun kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ulkan hajmdagi axborot resurslaridan oqilona 
    foydalanishda jamiyat va inson uchun axborot madaniyati fenomenining global ahamiyatini 
    anglash talab etiladi. Axborot madaniyati fenomenining paydo bo’lishining asosiy faktorlari bu 
    axborotlashtirish asriga o’tishning universal ijtimoiy muhim kategoriyalari, ya’ni axborot 
    hajmining o’sishi, jamiyatni axborotlashtirish, texnika va texnologiyaning rivojlanishi, axborot 
    jamiyatining shakllanishi kabilar. Axborot olish madaniyatiga ega bo’lish - bu har bir inson 
    o’zligini anglashida o’z o’rni va vazifasini bilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan fazilatlarini keng 
    ko’lamda ochib berishdagi jarayondir. 
    Axborotlashgan jamiyatda kishilarning, xususan, yoshlarning axborot madaniyatiga, demakki, 
    axborot almashinuvi madaniyatiga erishuvida axborot savodxonligi bosqichi borligini ham 
    nazardan qochirmaslik zarur. Axborot savodxonligi «Axborotga bo’lgan ehtiyojni his qilish, uni 
    topish, unga baho berish va undan samarali tarzda foydalanish» uchun kerak bo’ladigan malakalar 
    to’plami sifatida ta’riflanadi. 
    «Axborot savodxonligi» tushunchasini birinchi marta P.Zurkovskiy XX asrning 70-yillarida ish va 
    kundalik hayotdagi muammolarni hal qilishda axborot resurslaridan to’g’ri foydalana olgan 


    insonga nisbatan ishlatgan. «Axborot resurslarini o’z hayot faoliyatida to’g’ri tatbiq qila olgan 
    odamlarni axboriy-savodxon deb atash mumkin» deydi. Keyingi o’n yilliklar davomida axborot 
    savodxonligi AQSHning kundalik hayotida, maktabda, ish joylarida eng faol tushunchaga aylandi. 
    Ushbu tushuncha evolyutsiyasiga rasmiy asos AQSH Prezidenti ma’muriyatining axborot 
    savodxonligi to’g’risidagi hisoboti bo’ldi. Unga ko’ra «axboriy-savodxon inson deb axborotga 
    talabni his qilgan, axborotni qidirish, baholash va to’g’ri qo’llay olishni bilgan shaxsni atash 
    mumkin. Hozirgi kunda optimal qaror qila oladigan va demokratik jamiyatda to’liq qatnasha 
    oladigan har qanday zamonaviy shaxs axboriy-savodxon inson bo’lishi kerak»5 deyilgan. 
    Axborot savodxonligi bo’yicha xorij mamlakatlariga nazar solinsa, AQSH kutubxonalar 
    uyushmasida axborot savodxonligi masalasiga 1989 yildan buyon jiddiy etibor qaratib kelinadi. Bu 
    yo’lda AQSH prezidenti huzurida maxsus ishchi guruh tuzilgan bo’lib, «Axborot savodxonligi» 
    atamasi aynan mana shu ishchi guruh faoliyati natijasida paydo bo’lgan. Bundan tashqari, guruh 
    axborot savodxonligi bo’yicha milliy forumning yaratilishiga sabab bo’lib, u o’z ichiga yigirma 
    beshtadan ziyod turli tashkilot va muassasalarni birlashtirgan. 
    Oxirgi bir necha yillar mobaynida umumiy axborot savodxonligini rivojlantirish lozimligi 
    jamiyatimizda yoshlar bilan ishlashning asosiy tamoyillaridan biri bo’lib kelmoqda. Fikr yuritish 
    va axborotni baholash yangi mazmundagi axborot savodxonligining markazidan o’rin olgan. 
    Axborot savodxonligi bo’yicha xorijiy mamlakatlarda standartlar ishlab chiqilgan. Ushbu 
    standartlarni 1998 yili Amerika maktab kutubxonalari uyushmasi va Ta’limiy kommunikatsiya 
    vositalari va texnologiyalari uyushmasi joriy etilgan. Bular jumlasiga «Talabalarning ta’lim 
    olishdagi axborot savodxonligi standartlari»ni kiritish mumkin. Unda 12 yillik ta’lim tizimida tahsil 
    olayotgan o’quvchilar uchun o’rnatilgan axborot savodxonligi standartlari belgilab berilgan. 
    Mazkur standartlar o’rniga «O’quvchilarni qo’llab-quvvatlash: maktab kutubxonalari dasturlari 
    uchun yo’riqnomalar» deb nomlangan hujjat amalga kiritilgan bo’lib, unda kutubxonaning 
    texnologiyalar, amaliy o’rganish va bilim olish dargohi sifatidagi ahamiyatiga alohida urg’u 
    berilgan. Amerika Qo’shma SHtatlarida qabul qilingan «XXI asr talabasi uchun standartlar» deb 
    nomlangan yo’riqnomada esa, talabalar malaka, manba va bilim olish vositalarini quyidagi 
    maqsadlarga yo’naltirishi lozimligi belgilgan. Bular: ma’lumot izlash, tanqidiy o’ylash, bilim olish, 
    xulosalar yasash, tegishli ma’lumotga asoslangan holda qaror qabul qilish, bilimni yangi 
    vaziyatlarga yo’naltirish, yangi bilimlarni yaratish, bilim almashish va shaxsiy kamolot hamda 
    estetik jihatdan o’sishga intilishdir. Mazkur standartlar oliy ta’lim sohasidagi axborot savodxonligi 
    masalalariga bag’ishlangan bahs-munozalarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. 
    Mazkur standartlar axborot savodxonligiga ega bo’lgan insonni quyidagicha ta’riflaydi: 

    Download 128.88 Kb.
      1   2   3   4




    Download 128.88 Kb.
    Pdf ko'rish