• II. Tayanch so’z va iboralar: Dumalash podshipnigi, sharik, ichki va tashqi halqa, separator, seriya, aniqlik klassi. III. Mаqsаd
  • 15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi




    Download 61.35 Kb.
    bet1/15
    Sana11.12.2023
    Hajmi61.35 Kb.
    #116270
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`r-fayllar.org (1)
    yuzi, Реферат по химии на тему Применение галогенов в промышленности , Ikkinchi tartibli sirtlar sfera. Ellipsoid. Giperboloidlar. Konu, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), Noinersial sanoq tizimlaridagi inersiya kuchlari, Mirjamolova Diyora Mirsodiq qizi, Mavzu Mashina detallarining umumiy tasnifi. Mashinalar ishonchl (1), Sanoat robotlarining sinflanishi Reja, RDB Frezalash stanoklari, Мустақил иш мавзу Optik tolali tizimlar-fayllar.org, Mavzu koinot nurlari. Koinot nurlarining manbalari energiyasi v-fayllar.org, Ikkinchi tartibli sirtlar-fayllar.org, 5- mavzu. Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari Reja (1), Mavzu To’lqin o’tkazgichlar, 1es met

    15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi




    15-MA’RUZA. 
    MAVZU. DUMALASH VA SIRPANISH PODSHIPNIKLARI. 
    I. Mа`ruzа rеjаsi: 
    1. Dumalash podshipniklarini turlari va shartli belgilanishi.
    2. Dumalash podshipniklarini tanlash va ularning xizmat muddatini aniqlash.
    II. Tayanch so’z va iboralar: 
    Dumalash podshipnigi, sharik, ichki va tashqi halqa, separator, seriya, aniqlik klassi.
    III. Mаqsаd: 
    Dumalash podshipniklarini tanlash va ularning xizmat muddatini aniqlashni o’rganish.
    Umumiy hоlаtlаr. 
    Ma’lumki, sirpanish podshipniklarining asosiy kamchiliklaridan biri ishqalanish
    koeffisientining nisbatan kattaligidir. Dumalash podshipniklarida sirpanib ishqalanish o’rniga
    dumalab ishqalanishning mavjudligi ishqalanishga sarflanadigan quvvatni keskin ravishda
    kamaytirishga imkon beradi, ya’ni bu podshipniklarning foydali ish koeffisienti yuqori bo’ladi.
    Shuning uchun hozirgi vaqtda vallarning tayanchlari sifatida, asosan, dumalash podshipniklari
    ishlatiladi. Dumalash podshipniklarining tuzilishi ularni standartlashtirilgan mahsulot sifatida
    ko’plab ishlab chiqarishga imkon beradi.
    15.1-rasm. Dumalash podshipniklarining asosiy turlari: 1-sharikli; 2-sharikli sferik; 3-sharikli
    radial-tirak; 4-rolikli radial; 5-rolikli radial-tirak; 6-rolikli sferik; 7-ignali radial; 8-sharikli tirak.
    Bu esa mahsulotning tannarxini kamaytiradi. Bulardan tashqari, dumalash podshipniklarida
    yana quyidagi afzalliklar ham bor:
    1) ishqalanish kuchi va undan hosil bo’ladigan issiqlik miqdori kichik, vallarning aylana
    boshlashi uchun zarur bo’lgan qo’zg’atish momenti sirpanish podshipniklaridagiga qaraganda
    bir necha marta (5–10 marta) kichik;
    2) sarflanadigan moy miqdori kam;
    3) uzunlik bo’yicha o’lchami sirpanish podshipniklarinikiga qaraganda birmuncha qisqa;
    4) rangli metall ishlatishni talab etmaydi.



    Dumalash podshipniklarining asosiy kamchiligi shuki, ularning dinamikaviy kuchlar


    ta’siriga bardosh berish xususiyati past, yuklama qabul qiladigan yuzasining kichikligi tufayli bu
    yuzada katta qiymatli kontakt kuchlanish hosil bo’ladi. Bu esa podshipnikning ishlash davrini
    qisqartiradi.
    Hozirgi vaqtda 1000 xildan ortiq dumalash podshipniklari ishlab chiqariladi va bundagi
    prosesslar avtomatlashtirilgan.
    Ishlab chiqarilayotgan podshipniklarning sirtqi diametri 1 mm dan to 2,6 m gacha, og’irligi
    esa 0,5 g dan 3,5 t gacha yetadi. Bu podshipniklar, dumalaydigan detallarining tuzilishiga qarab,
    sharikli va rolikli turlarga bo’linadi. Shu bilan birga, rolikli podshipniklar roliklarining rasmiga
    qarab, uzun va qisqa rolikli; konussimon rolikli; bochkasimon rolikli; ignasimon rolikli
    podshipniklarga bo’linadi. Bundan tashqari, dumalash podshipniklarining hap bir turi qabul qila
    oladigan kuchlarning yo’nalishiga qarab, quyidagi uch turga bo’linadi (15.1-rasm):
    1) val o’qiga tik yo’nalgan kuchlarni qabul qilishga mo’ljallangan radial



    Download 61.35 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 61.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi

    Download 61.35 Kb.