. Vkladishning tuzilishi, materiali, uning
qanchalik aniq, tayyorlanganligi, joylashuvi, moy uchun mo’ljallangan ariqchalarning rasmi – bularning
hammasi podshipnik ishini belgilaydigan faktorlardir.
1) vkladish sirtining rasmi sapfaning uzunlik va talab etilgan qamrov burchagi bo’yicha
2) vkladish bilan sapfa orasidagi zazor suyuqlikda ishqalanish rejimini ta’minlaydigan
3) vkladish materialining yyyeyilishga chidamliligi etarli darajada bo’lishi, biroq,
4) vkladishning tuzilishi u bilan sapfaning o’qdosh bo’lishini ta’minlashi lozim.
Uncha muhim bo’lmagan mexanizmlarda ish sirtiga yaxshilab ishlov berilgan cho’yan
vkladishlardan foydalanish mumkin. Buning uchun SChS–1, SChS–2 markali cho’yanlardan
ko’proq foydalaniladi, chunki bu cho’yanlarda grafitli yupqa qatlam hosil qilish xususiyati
bo’ladi, bu esa vkladish ishini yaxshilaydi.
hollarda foydalanish tavsiya etiladi. Odatda bunday vkladishlarning qalinligi s =
qilib olinadi.
Xozirgi vaqtda bimetall vkladishlar ko’proq ishlatiladi. Bunda vkladishning asosiy qismi
biror qattiq metalldan (po’lat yoki bronzadan) tayyorlanadi – uning ish sirti yupqa antifriksion
material bilan qoplanadi. Antifriksion material sifatida babbitlardan foydalaniladi.
Babbitning qattiq turi bo’lsa, qoplamning qalinligi
s = 1,5 +0,001d mm
qilib, yumshoq turi bo’lganda esa
s = 0,25 +0,005 mm
qilib olinadi.
O’rtacha rejim bilan ishlaydigan podshipniklarning vkladishlari qo’rg’oshin–qalayli
bronzalardan tayyorlanadi. Bunda BrOSS–5–5–5, BrOSS–6–6–3 va Br–S–30 markali
bronzalardan foydalaniladi. Qo’rg’oshinli bronzadan tayyorlangan vkladishlar yuqori
temperaturali muhitda ham yaxshi ishlaydi. Biroq qo’rg’oshinli bronza korroziyalanishi mumkin
bo’lganligidan metallarning korroziyalanishiga sabab bo’ladigan muhitda (suv nasoslarida)
bunday vkladishlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Qo’rg’oshinli bronza qoplamining qalinligi
shunday tanlanishi kerakki, ular kesib ishlangandan keyin qatlamning qalinligi 0,3...0,7 mm
oralig’ida bo’lsin.
So’nggi yillarda podshipniklar uchun
metallokeramik vkladishlar ishlatila boshladi.
Bunday materiallar hajmining 15–40 prosenti
g’ovak bo’lib, moy shimdirilgach kam
moylanadigan hollarda ham yaxshi ishlaydi.
Кo’pincha
temir-grafitli metallokeramik materialdan foydalaniladi. Bu material
1...3% grafit
bilan, qolgani
temir kukunidan iborat.
10% qalay, 1...4% grafit va qolgani
misdan iborat
materiallar ham ishlatiladi.
Nazorat savollari.
1. Dumalash podshipniklari dumalash elementiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
2. Dumalash podshipniklari qanday elementlardan tuzilgan?
3. Dumalash podshipniklari qanaqa seriyalarga bo’linadi?
4. Dumalash podshipniklari qanday tanlanadi?
5. Podshipniklarning vazifasini aytib bering.
6. Podshipniklarning turlarini keltiring.
7. Sirpanish podshipniklari to’risida ma’lumot bering.
8. Sirpanish podshipniklari tuzilishi jihatdan qanday podshipniklarga bo’linadi?