15.3-rasm.
v tezlik kattalashgan sari jismlarning holati o’zgarib boradi. Tezlik ma’lum qiymatga etganda
A
jism moyni sidirib ulgura olmaydi, natijada u moy qatlami ustiga ko’tarilib, chap tomonga
engashgan holda harakatni davom ettira boshlaydi. Yuqorida eslatib o’tilgan nazariyaga ko’ra,
o’zaro harakatlanayotgan ikki jism orasidagi (zazor) tirqish bir tekisda bo’lmay, bir tomondan
ikkinchi tomonga
torayib boradigan ponasimon
rasmda bo’lsa, jismlar o’rtasida
gidrodinamikaviy bosim
r hosil bo’ladi. Bu bosimning qiymati tashqi nagruzkaning
(A jism
massasining) miqdoriga etgach
A jism
B jismning ustidan ko’tariladi. Natijada
A jism bilan
B
jismning orasida moy qatlami hosil bo’ladi, ya’ni harakat suyuqlikda ishqalanish rejimida davom
etadi. Demak, o’zaro harakatda bo’lgan ikki jism orasida suyuqlikda ishqalanish rejimi hosil
bo’lishi uchun ular orasidagi zazor albatta ponasimon rasmda bo’lishi shart.
Shunday qilib,
suyuqlikda ishqalanish rejimini hosil qilish uchun quyidagi shartlarning bajarilishi zarur, ya’ni:
a) o’zaro ishqalanayotgan sirtlar orasidagi zazor ponasimon rasmda bo’lishi; b) jismlarning bir–
biriga nisbatan harakatlanish tezligi moy qatlamida tashqi nagruzkaga teng keladigan
gidrodinamikaviy bosim hosil qila oladigan bo’lishi; v) ma’lum kovushoqlikdagi moy yetarli
darajada va o’zluksiz etkazib berilishi lozim.
Odatdagi podshipniklarda sapfa bilan vkladish orasidagi zazor doimo ponasimon rasmda
bo’ladi, chunki sapfa bilan vkladish orasida zarur zazor hosil qilish uchun ularning diametrlari
bir-biridan farq, qilishi kerak. Harakatsiz turgan val o’z og’irligi bilan vkladishga bosib turadi,
ya’ni bunday holda past tomonda ular orasida hech qanday zazor bo’lmaydi (1.4-rasm,
a).
Yuqori tomonda zazor ruxsat etilgan maksimum qiymatiga etadi. Valning harakat tezligi ma’lum
kritik
qiymatdan oshib, zazordagi moyning gidrodinamikaviy bosimi valning og’irligini
engadigan darajaga etgach, sapfa bilan vkladish orasida moy qatlami hosil bo’lib, ish sirtlari bir–
biridan batamom ajraladi (15.4-rasm,
b).
15.4-rasm. Sirpanish podshipnigining suyuqlikda ishqalanish prosessining
hosil bo’lishi:
1-ponasimon zazor; 2-tezlikning ortishi bilan sapfa markazining siljishi;
3- moy qatlamidagi bosim epyurasi.
Valning aylanish chastotasi ortgan sari moy qatlamining qalinligi kattalashib, sapfaning
markazi vkladish markaziga yaqinlashib boradi. Biroq, ularning markazi
hech vaqt bir nuqtaga
to’g’ri kelib qolmaydi, chunki bunday holda ponasimon zazor va buning natijasida gidrodina-
mikaviy bosim yo’qolib, val o’zining og’irligi ta’sirida past tomonga siljiydi. Bu degan so’z har
qanday sharoitda ham, qanday bo’lishidan kat’i nazar, ponasimon zazor saqlanadi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ma’lum o’lchamli podshipnikda hosil bo’ladigan moy
qatlamining qalinligi
h ish rejimini belgilaydi va
/p tarzida
ifodalanadigan parametrning
funksiyasi hisoblanadi:
,
h
Ô
p
(15.2)
bu yerda
-qovushqoqlik N
c/m
2
;
30
n
-valning burchak tezligi, s
-1
;
R
p
ld
-
podshipnikdagi solishtirma bosim, N/m
2
(Pa);
l-podshipnikning uzunligi; d
-podshipnikning
diametri.
Demak,
p
- o’lchovsiz miqdor.
Кo’rinib
turibdiki, moy qatlamining qalinligi moyning kovushqoqligiga hamda valning
aylanish tezligiga to’g’ri, solishtirma bosim miqdoriga esa teskari proporsionaldir.