15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi




Download 61,35 Kb.
bet2/15
Sana11.12.2023
Hajmi61,35 Kb.
#116270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`r-fayllar.org (1)

podshipniklar; 
2) val o’qi bo’ylab ta’sir etuvchi kuchlarni qabul qilishga mo’ljallangan tirak 
podshipniklar; 
3) val o’qiga tik bo’lgan kuch bilan bir vaqtda uning o’qi bo’ylab yo’nalgan 
kuchlarni ham qabul qilishga mo’ljallangan radial–tirak podshipniklar. 
Dumalash podshipniklari orasida tuzilishi jihatidan eng oddiysi va arzoni sharikli radial 
podshipniklardir. Ular kichik qiymatli, o’q bo’ylab yo’nalgan kuchni ham qabul qilish bilan
birga, ish jarayonida vallarning ma’lum darajada egilishidan ortiqcha shikastlanmaydi. Shuning
uchun mashinasozlikda bunday podshiniklardan keng foydalaniladi. Tayanchga tushadigan kuch
katta bo’lgan hollarda rolikli podshipniklar ishlatish tavsiya etiladi.
Ignasimon roliklardan foydalanish podshipnikning diametr bo’ylab o’lchamini
kichraytirishga imkon beradi.
Dumalash podshipniklari yuklanish qobiliyati bo’yicha etti seriyaga bo’linadi: o’ta yengil,
muhim yengil, yengil, yengil keng, o’rta, o’rta keng va og’ir; aniqlik klassi bo’yicha: 0 –normal,
6-oshirilgan, 5-yuqori, 4-muhim yuqori va 2-o’ta yuqori.
Har bir podshipnikning raqam va harflardan tuzilgan shartli belgisi bo’ladi. Bu belgining
o’ng tomonidagi birinchi ikki raqam podshipnikning ichki diametrini ko’rsatadi. Ichki diametri
20 dan 495 mm gacha bo’lgan podshipniklar uchun bu raqamlar ichki diametrning 5 ga
bo’linganiga teng qilib olingan, ya’ni bunday podshipniklar ichki diametrining haqiqiy qiymatini
topish uchun keltirilgan ikki raqamni 5 ga ko’paytirish kerak.
O’ng tomondan uchinchi raqam podshipnikning qaysi seriyali ekanligini bildiradi. Bunda
yengil seriya 2, o’rtacha seriya 3, og’ir seriya esa 4 bilan belgilanadi. Masalan, ichki diametri 50
mm bo’lgan sharikli podshipnik 210 bilan belgilangan bo’lsa, engil seriyali, 310 bilan
belgilangan bo’lsa, o’rtacha seriyali, 410 bilan belgilanganda esa og’ir seriyali ekanligi
tushuniladi.
Shartli belgining o’ng tomondan to’rtinchi raqami podshipnikning turini, beshinchi va
oltinchi raqamlari esa podshipnikning tuzilishidagi alohida xususiyatlarni ifodalaydi. Shartli
belgining oldida uchrashi mumkin bo’lgan harflar aniqlik klassini ko’rsatadi. Agar belgining
oldida harf bo’lmasa, aniqlik klassi normal deb tushuniladi.
Dumalash podshipniklari, asosan, to’rtta detaldan: sirtqi va ichki halqalar, separator va
dumalaydigan elementdan tuzilgan bo’ladi. Detallari juda mustahkam, podshipniklar uchun
mo’ljallangan maxsus po’latdan yasaladi. So’nggi yillarda dumalaydigan detallarning hamda
separatorning AG–4V stekloplastdan, tekstolitdan va kaprondan tayyorlanganligini uchratish
mumkin bo’lib koldi. Bunday detallarga ega bo’lgan podshipiiklar shovqinsiz ishlaydi va
dinamikaviy kuchlarning salbiy ta’siri deyarli sezilmaydi.


15.2-rasm. Podshipnikdagi shariklarga tushadigan yuklama.



Download 61,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 61,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



15-ma’ruza. Mavzu. Dumalash va sirpanish podshipniklari. I. Mа`ruzа rеjаsi

Download 61,35 Kb.