15.2-rasm. Sirpanish podshipnigining suyuqlikda ishqalanish holatida val bilan vkladishning
o’zaro joylashuvi (kattalashtirilgan):
1- moy; 2-vkladish; 3-moy qatlami.
Harakat vaqtida moyning val bilan vkladish sirtiga tegib turgan sirtqi qismi ular bilan birga
harakat qiladi, natijada ishqalanish asosan moy qatlami ichidagi zarrachalar orasida ruy beradi.
Moy qatlamining qalinligi sapfa hamda vkladish sirtlarida ishlov berishdan hosil bo’lgan
notekisliklar yig’indisidan albatta katta bo’lishi kerak:
h >
R
z1
+
R
z2
(15.1)
Bu shart bajarilganda tashqi (nagruzkani) yuklama moy qatlami qabul qiladi, natijada ish
sirtlarining yyyeyilish prosessi sodir bo’lmaydi. Suyuqlikda ishqalanishning harakatga
ko’rsatadigan qarshiligi juda kichik (ishqalanish koeffisienti 0,001…0,005 chamasida) bo’ladi.
Demak, bunday sharoitda ishlaydigan sirpanish podshipniklarining foydali ish koeffisienti hatto
dumalash podshipniklarnikidan ham oshadi. Shuning uchun sirpanish podshipniklaridan
foydalanilganda suyuqlikda ishqalanish bo’ladigan sharoit yaratishga iloji boricha harakat qilish
kerak
3.
Nim quruq, yoki nim suyuqlikda ishqalanish. Bunda ish sirtlari etarli darajada
moylansa ham, ammo ikki sirtni batamom ajaratib turadigan moy qatlami bo’lmaydi. Ishqalanish