Iii-modul. Ilashish asosida




Download 6,43 Mb.
bet4/35
Sana19.11.2023
Hajmi6,43 Mb.
#101202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Извлеченные страницы из TEXNIK MEXANIKA OQUV QOLLANMA

Silindrsimon to`g`ri tishli uzatmalarni eguvchi kuchlanish bo`yicha mustahkamlikka hisoblash.




Tish murakkab kuchlanish holatida bo`ladi (3.10-shakl). Eng katta eguvchi kuchlanish tish asosida evolventa qismini galtelga o`tish joyida hosil bo`ladi. Bu yerda kuchlanish to`planishi ham kuzatiladi.
Asosiy hisobiy ifodalarni iloji boricha oson keltirib chiqarish va asosiy parametrlarni tish mustahkamligiga ta’sirini hisobga olish maqsadida quyidagi mulohazalarga tayanib, birinchidan soddalashtirilgan hisobni ko`ramiz, ikkinchidan esa tegishli koeffisientlar yordamida tuzatishlar kiritamiz (12.6-shakl).

  1. Butun yuklanish bir juft tish bilan uzatiladi va tish cho`qqisiga qo`yiladi. Amaliyotda bu holat 7, 8 va undan past aniqlik darajasida tayyorlangan g`ildiraklar uchun to`g`ri bo`ladi. Ularning tayyorlanish aniqligi ikki juftli ilashmani mavjud bo`lishini kafolatlay olmaydi. Masalan, tish qadam- ining xatoligi (12.3-shakl) natijasida tishlar ilashmaga cho`qqi

qismi bilan ilashish chizig`iga chiqishdan oldin kira boshlaydi.

Bunda nazariy ikki juftli ilashish o`rniga bir juftli ilashish bo`ladi.
3.10-шакл

  1. Tish konsolli to`sin deb qaraladi. Bunda konsolli to`sin uchun tekis kesimlar gipotezasi yoki materiallar qarshiligi usullarini qo`llash mumkin bo`ladi. Aslida tish chiqiqqa o`xshash bo`lib, uning ko`ndalang kesim o`lchamlarini balandligi o`lchamlari bilan solishtirsa bo`ladi. Bunday elementlarda kuchlarnishlarni aniq hisoblashni elastiklik nazariyasi usullari yordamida amalga oshirish mumkin. Aniq hisoblash natijalari soddalashtirilgan usul natijalarini to`g`rilash uchun kuchlanish to`planishining nazariy koeffisientini kiritish yo`li bilan amalga oshiriladi.

𝐹𝑛 kuchni ta’sir chizig`i bo`yicha tish simmetriya o`qiga ko`chiramiz va 𝐹𝑡,
𝐹𝑟 tashkil etuvchilarga ajratamiz. Bunda 𝐹𝑡 aylana kuchning qo`yilish radiusi boshlang`ich aylana radiusidan bir oz katta bo`ladi. Bu farqini hisobga olmaymiz. Asosiy aylananing vatariga yaqin xavfli kesimdagi eguvchi kuchlanish
𝜎𝐹 = 𝐹𝑡𝑙𝑊 − 𝐹𝑟 𝐴,
bu yerda 𝑊 = 𝑏𝑤𝑆2
2
26 – egilishdagi kesim qarshilik mementi; 𝐴 = 𝑏𝑤𝑆 – kesim yuzasi; 𝑏𝑤, s va l 3.10-shaklda ko`rsatilgan.
Formuladagi «» ishorasi hisobiy kuchlanish sifatida tishning cho`zilgan tomonidagi kuchlanish qabul qilinishini bildiradi.

Download 6,43 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Download 6,43 Mb.