• Boshlang‘ich sinflarda interfaol ta’lim
  • Savol va topshiriqlar
  • 7- mavzu: O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish Reja




    Download 21.68 Kb.
    bet2/2
    Sana19.10.2023
    Hajmi21.68 Kb.
    #88794
    1   2
    Bog'liq
    7-ma\'ruza 2-kurs 3-sem.
    PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR
    Rolli hamda ishbop o‘yinlar
    Ayni vaqtda ta’limni tashkil etishda rolli hamda ishbop o‘yinlardan samarali foydalanishga e’tibor berilmoqda. O‘yin chog‘ida mahsuldor emas, balki jarayonli faoliyat tashkil etilganligi bois o‘quvchilar tasviriy vaziyatlarni yaratish asosida o‘zlarining atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlarini tabiiy namoyon eta oladilar. O‘yinli faol faoliyat esa ularning ijodiy imkoniyatlarini oshirib, tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. O‘quvchilarning nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikma va malakalarga aylantirish, ularda ta’limiy faollikni yuzaga keltirish, ularni ijtimoiy munosabatlar jarayoniga keng jalb etishda rolli hamda ishbop o‘yinlar o‘ziga xos o‘rin tutadi.
    O‘yin texnologiyalari ta’lim samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarda faollikni yuzaga keltirish, bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish, vaqtni qisqartirish, ta’limni jadallashtirishga yordam beradi.
    O‘yin jarayonida namoyon bo‘luvchi psixologik xususiyatlar har o‘quvchiga shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta olish imkonini beradi, ularning ijtimoiy hayotda egallagan o‘rnini barqarorlashtiradi, ularda o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
    O‘yin texnologiyalari nazariy bilimlarni mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarning malakalarga aylanishini ta’minlab qolmay, o‘quvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalaydi.
    Pedagog va psixolog olimlar - D.N.Uznadze, L.S.Vo‘gotskiy, A.N.Leontev, S.A.SHmakov, G.K.Selevko, PL.Galperin, I.Olloyorov, A.A.Verbitskiy va boshqalar o‘yinga asoslanuvchi faoliyatning mohiyati, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib borganlar. Ayni vaqtda biz bu borada zarur nazariy va amaliy ma’lumotlarga egamiz.
    Boshlang‘ich sinflarda interfaol ta’lim
    O‘quvchi shaxsiga qaratilgan ta’lim, o‘quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, mustaqilligini, erkinligini ta’min etish, qiziqishlari asosida (motivatsiya) ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga solish, o‘z qiziqishlari orqali qo‘shimcha ta’lim olishga yo‘llash, o‘z-o‘zini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
    Endi interfaol ta’lim nima va u nimani anglatadi, degan savolga javob beramiz:
    Interfaol ta’lim jarayonida dars o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interaktiv ingliz so‘zidan olingan bo‘lib, «Interakt», ya’ni, Inter - bu «o‘zaro», «akt» - harakat, ta’sir, faollik ma’nolarini bildiradi.
    Endi interfaol metodlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni va imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz. Interfaol metod — ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro harakati, ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo‘llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o‘qish, o‘rganish, seminarlar o‘tkazish, o‘quvchilarni tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat.
    Interfaollik bu — o‘zaro ikki kishi faolligi, ya’ni, bunda o‘quv-biluv jarayoni o‘zaro suhbat tariqasida, dialog shakida (kompyuter aloqasi) yoki o‘qituvchi o‘quvchilaming o‘zaro muloqotlari
    asosida kechadi. Interfaollik - o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-o‘quvchi (sub’yekt-sub’yekt) suhbatlarida sodir bo‘ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o‘quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o‘quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o‘quvchi chetda qolmay, eshitgan, o‘qigan, ko‘rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘zaro fikr almashish jarayoni sodir bo‘ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o‘zaro do‘stona munosabatlar shakllanadi.
    Interfaol ta’lim o‘z xususiyatiga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ-ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o‘z ichiga oladi.
    Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko’ra didaktik o‘yinlar orqali, evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo‘llanilmoqda. Agar o‘qitish jarayonida har bir o‘quvchi o‘zining o‘zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlagan bo‘lar edi.
    Bunday holatni faqat tabaqalashtirilgan ta’lim orqaligina amalga oshirish mumkin. Endi ta’lim jarayonlarini didaktik o‘yinlar orqali amalga oshirish haqida fikr yuritamiz:
    Didaktik o‘yinli metodlar o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
    Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bular o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlanishiga yordam beradi.
    Bu metod o‘quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o‘ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to‘siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularni turli yo‘nalishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan, didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o‘stirish, til o‘rgatish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Umumiy o‘yinlar nazariyasiga ko‘ra, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlarga ajratiladi.
    Didaktik o‘yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi:
    - ishtirokchilarning tarkibi bo‘yicha, ya’ni o‘g‘il bolalar, qiz bolalar yoki aralash guruhlar uchun o‘yinlar;
    - ishtirokchilarning soni bo‘yicha - yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o‘yinlar;
    - o‘yin jarayoni boyicha - fikrlash, o‘ylash, topag‘onlik, harakatlar asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo‘naltirilgan;
    - vaqt me’yori bo‘yicha - dars, mashg‘ulot vaqtining reja bo‘yicha ajratilgan qismi, o‘yin maqsadiga erishguncha, g‘oliblar aniqlanguncha davom etadigan o‘yinlar.
    Ayrim didaktik o‘yinli dars shakllari:
    - ishchanlik o‘yini darsi - mavzu boyicha masalalarni hal etish jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish mashqi;
    - rolli o‘yin darsi - mavzu boyicha masalalarni o‘rganishda o‘quvchilarga oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rollarni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarini mustahkamlash;
    - teatrlashtirilgan dars - mavzu bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlarini tashkil etish orqali dars mavzusi bo‘yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish;
    - «kim oshdi savdosi» darsi -o‘quv fani, ayrim bo‘limi boyicha bilimlarni har bir o‘quvchi qanchalik ko‘proq bilishini namoyish etish;
    - yarmarka darsi - mavzuni bo‘laklarga bo‘lish, oldindan o‘zlashtirgan o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlari asosida qiziqarli tushuntirish orqali o‘tiladigan darslar;
    - o‘yin darsi - mavzuni sahnalashtirgan holdagi konsert shaklida ifodalash mashqlari bo‘lib, o‘quvchilarni faollashtirish va bilimlarini mustahkamlash imkoniyatini beradi.
    - integral (integrallashgan) dars - boshqa darslarga doir va integratsiyalash uchun qulay bo‘lgan mavzular bo‘yicha tashkil qilingan dars bo‘lib, o‘quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini orttirib, ta’lim jarayonidagi faollikni ta’minlaydi.
    Bularning bari o‘quvchilarga (fanlararo bog‘liqiikni o‘ratish orqali ularda olam tuzilishining ilmiy asoslarini to‘liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
    Darslarni nechog‘li qiziqarli, foydali va samarali tashkil etish o‘qituvchilarning ijodkorligi, tashabbuskorligiga bog‘liq.
    Xulosa qilib aytganda:
    1. O‘qituvchi faqat o‘qitibgina qolmay, o‘quvchini mustaqil mutolaa qilish orqali ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishi;
    2. O‘quvchilarni darslik, qo‘llanma, internet xabarlari, manbalarni tahlil qilish orqali bilim olishga o‘rgatishi;
    3. O‘quvchi ta’lim jarayonida eshitib, ko‘ribgina qolmay, balki dars mavzusi, mazmunini o‘rganishda uni faol ishtirokchisiga aylanishini ta ‘minlashi zarur.
    4. Agar o‘qituvchi interfaol ta’lim mazmunini va mohiyatini, uning metodlarini o‘qib-o‘rganib, o‘zlashtirib, o‘z pedagogik faoliyatiga joriy qila olsa, takomillashgan Davlat ta’lim standartlarini va modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlarini to‘la o‘zlashtirishlarini kafolatlaydi, sifat va samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.
    5. O‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, agar darslar 50% tushuntirish orqali olib borilsa, o‘zlashtirish 10 foizni, ko‘rsatish, namoyishlar orqali tashkil etilsa, 50 foizni, ta’lim jarayoni o‘quvchining shaxsiy ishtirok, faolligida kechsa, o‘zlashtirish sifati va amaradorligi 90 foizni tashkil etadi.
    Demakki, har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchisini dars jarayonida faollashtira olsa, bolalarning o‘qish, o‘zlashtirish, bilim, ko‘nikma, malakalarni egallash darajasi yuqori ko‘rsatkichlarni tashkil etadi.
    Matematika o‘qitish jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari.
    Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natijaning kafolatlanishi o‘qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglash darajasi va darsga ularni to‘g‘ri baholay olishiga bog‘liqdir.
    Har bir darsda, jumladan matematika ta’limining aniq maqsadi belgilanishi ta’lim texnologiyasini loyhalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda matematika fani mavzulari bo‘yicha o‘qitishninig tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi. Matematika o‘zining paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab katta bilimlar hajmini to‘plagan va u yuqori tezlikda boyitib borilmoqda . O‘qitish faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatlarini mos holda ular hajmini miqdoriy o‘lchamga keltirish zarur.
    Savol va topshiriqlar

    1. Didaktik o‘yin turlarini tanlashda qanday mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi?

    2. Didaktik o‘yinli metodlar onimaga asoslangan.

    3. Didaktik o‘yinlarning asosiy turlarini tasniflang.

    Download 21.68 Kb.
    1   2




    Download 21.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7- mavzu: O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish Reja

    Download 21.68 Kb.