• 1. Avtomatlar va saqlagichlar: tuzilishi afzaligi , vazifasi va ularga qo‘yilgan talablar.
  • Avtomat ajratgichlarning azalliklari
  • Mavzu: Avtomatlar va saqlagichlar




    Download 3 Mb.
    bet1/4
    Sana05.12.2023
    Hajmi3 Mb.
    #111920
      1   2   3   4
    Bog'liq
    7-maruza


    7-ma’ruza
    Mavzu: Avtomatlar va saqlagichlar.
    Reja:
    1. Avtomatlar va saqlagichlar: tuzilishi, vazifasi va ularga qo‘yilgan talablar.
    2. Nominal va qisqa tutashuv tokida saqlagichlarning ishlashi.
    4. Avtomatlar va saqlagichlarni tanlash.

    1. Avtomatlar va saqlagichlar: tuzilishi afzaligi, vazifasi va ularga qo‘yilgan talablar.


    Avtomatlar. Avtomatlar o‘ta yuklamalarda, qisqa tutashuvlarda, oziqlantirish manbaining juda ham pasayib ketishida, quvvat yo‘nalishi o‘zgarganda va hokazolarda elektr zanjirni uzishga ishlatiladi. Hamda yuklama nominal toklarini qo‘ldda o‘chirish va ulash uchun ham ishlatiladi.
    Avtomatlarga qo‘yiladigan talablar:
    1) Avtomatning tok zanjiri nominal tokni har qancha uzoq vaqt o‘tkazishi mumkin. bu normal rejim. Avtomatning tok o‘tkazuvchi sistemasi qisqa tutashuv katta toklari ta’siriga chidashi kerak ─ kontaktlar ulangan holda ham, mavjud qisqa tutashuv zanjiriga ulanishda ham.
    2) Avtomat yuzlab kiloametrgacha qisqa tutashuv chegaraviy toklarini ko‘p karrali o‘chirishni ta’minlashi zarur. Bu toklarni o‘chirgandan keyin avtomat nominal toklarni uzoq vaqt o‘tkazishga yaraydigan bo‘lishi kerak.
    3) Energoqurilmaning elektrodinamik va termik chidamliligini ta’minlash, qisqa tutashuv toklari sabab buzilishlar va boshqa oqibatlarni kamaytirish uchun avtomatlar o‘chirishi vaqti kichik bo‘lishi shart. Taqsimlovchi qurilmaning gabarit o‘lchamlarini kichraytirish uchun va xizmat ko‘rsatish xavfsizligini ta’minlash uchun yoy o‘chirish jarayonida qizigan va ionlashgan gazlarni chiqarib yuborish zonasi minimal bo‘lishi zarur.
    4) Avtomatning himoya elementlari zarur toklar va ishlab ketish vaqtlari (srabatыvaniya) va selektivligini ta’minlashi shart.



    1-Rasm: Avtamatlarning ichki va tashqi ko’rinishi






    Avtomat ajratgichlarning azalliklari
    1. Bir, ikki, Uch fazalar uchun ishlab chiqilganligi
    2. Bir nechta iste’molchilarni bir vaqtning o‘zida himoya qila olishi.
    3. Elektr tokidan dielektrik izoliyatsiyalar bilan himoyalanganligi.
    4. Hohlagan vaqtimizda o‘chirib yoqish mumkinligi.
    5. Elektr iste’molchilarda tok ko‘payib ketganda yoki tarmoqda qisqa tutashuv bo‘lganda avtomatik tarzda tarmoq va elektr iste’molchilarni himoya qilishi.
    6. Avtomat ajratgich tarmoqni uzganda yana qaytadan qo‘shish mumkinligi.
    7. Elektr montaj qilish oson va soddaligi bilan boshqa himoya qurilmalaridan ajralib turishi.



    Download 3 Mb.
      1   2   3   4




    Download 3 Mb.