Io‘ch toki (2,5÷3) Iishga tushirish
21-rasmda PN-2 markali eruvchan saqlagichning tuzilishi ko‘rsatilgan.
22-rasmda yopiq hajmda joylashtirilgan yoy o‘chirgichli saqlagich sxemasi tuzilishi ko‘rsatilgan. 15 ─ dan 60 ─ ampergacha toklar uchun saqlagichlar sodda-lashtirilgan konstruksiyaga ega. Eruvchan zveno 1 latun oboyma 4-ga qalpoq 5 chiqish kontakti bilan siqib o‘rnatiladi. Eruvchan zveno 1 ruxdan shtampalanadi, oson eriydi va korroziyaga chidamli material hisoblanadi. 60 amperdan katta saqlagichlarda eruvchan zveno kontaktlarga boltlar bilan mahkamlanadi.
Eruvchan zveno germetik trubkali patronga joylashtirilgan. Patron fibrali silindr 3-dan, latun oboyma 4-dan va latun qalpoqcha 5-dan tashkil topgan.
O‘chish paytida eruvchan zvenoning toraytirilgan joylari yonib bitadi, keyin yoy hosil bo‘ladi. Harorat ta’sirida patronning fibra devorlaridan gaz ajraladi. Natijada yarim davrda patrondagi bosim 4 ─ 8 MPa-ga yetadi. Bosim ortishi bilan yoy tez o‘chadi.
Saqlagichni tanlashda Isaql nom = 0,4 Iishga tushirish, ya’ni dvigatelni ishga tushirish toki bilan eruvchan saqlagichning kuyish toki nisbati olinadi.
Nazorat savollari:
1. Avtomat nima?
2. Saqlagich nima?
3. Avtomat qandapy ishlaydi?
4. Saqlagich qanday ishlaydi?
5. Avtomat va saqlagichlar qanday tanlanadi?
.
|