|
Mavzu: Avtomatlar va saqlagichlar
|
bet | 2/4 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 3 Mb. | | #111920 |
Bog'liq 7-maruzaSaqlagichlar.
Eruvchan saqlagichlar
Eruvchan saqlagichlar elektr energiyani uzatishda, taqsimlashda, elektr iste’molchilarni katta tokdan himoyalashda ishlatiladi.
Afzalliklari shundaki eruvchan saqlagichlar arzon, montaj qilish oson, almashtirish oson, tuzilishi sodda, ishdan chiqqanlarini tuzatish mumkin, eng asosiysi har hil tokga mo‘ljallab ishlab chiqilgan.
Eruvchan saqlagichlar asosan bir faza uchun ishlab chiqariladi va bitta
fazadagi iste’molchilarni belgilangan tokdan ko‘p tok o‘tganda shu tarmoqni himoya qiladi. Ya’ni eruvchan saqlagichning o‘tkazadigan tokidan katta tok o‘tganda eruvchan saqlagich kuyadi va tarmoqni uzadi natijada tarmoqqa ulangan barcha iste’molchilar elektr manbaidan uziladi va katta tokdan himoyalanib, elektr iste’molchilarining kuyishini oldini oladi. Eruvchan saqlagichlar asosan tik holatda o‘rnatiladi.
Eruvchan saqlagichlarning tarmoqga ulanish usullari
E ruvchan saqlagichlar shishadan, chinnidan yoki sapoldan yasaladi. Eruvchan saqlagichning ichiga ingichka mis simdan iborat bo‘lgan o‘tkazgich joylashtirilgan va idishning ichi to‘ldirilib kichik qum zarrachalari bilan to‘ldirilgan. Agar elektr iste’molchida nosoz holat bo‘lsa yoki tarmoqda qisqa tutashuv bo‘lsa eruvchan saqlagichdagi ingichka sim uziladi va yoy hosil bo‘ladi idish ichidagi mayda qum zarrachalari shu yoyni sidirish uchun hizmat qiladi.
Yuqori kuchlanishli saqlagichlar . Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida qo‘llanadigan eruvchan saqlagichlar ikki xil qilib ishlanadi. Biri bino ichida,
ikkinchisi esa ochiq joyda o’rnatish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Bino ichida o’rnatiladigan PK tipidagi saqlagichlar ikki tomoni latundan yasalgan qalpoqlar bilan bekitilgan chinni trubkadan iborat bo‘lib, trubkaning ichiga eruvchan mis sim o’rnatilgan va kvarts qumi tulatilgan bo‘ladi. Kvarts qumi saqlagichning eruvchan simi kuyganda hosil bo‘ladigan elektr yoyini o‘chirishga yordam beradi. Ochiq joyda o’rnatiladigan PSN tipidagi saqlagichlar otuvchi saqlagichlar deb ataladi, chunki eruvchan sim kuyganda saqlagichning trubkasidan alanga otilib chiqadi.
S aqlagichning asosiy xarakteristikasi eruvchan zveno erish vaqtining oqayotgan tokka bog‘liqligini ko‘rsatuvchi tok-vaqt xarakteristikasi.
|
| |