|
Nominal va qisqa tutashuv tokida saqlagichlarning ishlashi
|
bet | 3/4 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 3 Mb. | | #111920 |
Bog'liq 7-maruza2. Nominal va qisqa tutashuv tokida saqlagichlarning ishlashi.
Mukammal himoya uchun saqlagichning tok-vaqt xarakteristikasi (19-rasm 1-chiziq) barcha nuqtalarda himoyalanuvchi zanjir xarakteristikasi (19-rasm 2-chiziq)dan pastroq bo‘lishi shart. Eruvchan zvenoning erish toki yuklama nominal tokidan kattaroq tanlanadi. Bunda 2 va 3 chiziqlar o‘zaro kesishadi (3-chiziq saqlagichning real xarakteristikasi).
3. Avtomat va saqlagichlarni tanlash.
20-rasmda 200 amper va katta toklar uchun avtomatning tuzilish sxemasi keltirilgan.
200 A va undan katta toklar uchun avtomatda tok li zanjirlar asosiy 4 va yoy o‘chiruvchi 1 kontaktlar bor. Avtomatni qo‘l bilan ulash dastak 12 yoki elektromagnit 4 bilan amalga oshiriladi. Zvenolar 6, 7 va 13 tayanch erkin ajraluvchi mexanizmni tashkil etadi. Avtomatni o‘chirish dastak 12 yoki issiqlik va elektromagnit ajratgichlar 5, 8, 10, 11 bilan amalga oshiriladi. kontaktlarning zarur ajralish tezligi prujina 9 bilan ta’minlanadi. Yoyni o‘chirish kamera 2 da amalga oshadi.
Avtomatlarning asosiy parametrlari:
─ o‘zining va to‘la o‘chirish vaqti.
─ muddatli nominal tok.
─ nominal kuchlanish.
─ o‘chiriladigan tokning yuqori chegarasi.
O‘zining o‘chirish vaqti deganda tok avtomatning ishlab ketishi qiymatiga erishgan momentdan kontaktlar ajralishining boshlanish momentigacha bo‘lgan vaqt tushuniladi. Kontaktlar ajralgandan keyin yuzaga kelgan yoy boshqa qurilmalarga ziyon yetish xavfi bo‘lmaydigan darajadagi kuchlanish yuklamasi bilan eng oz vaqtda o‘chirilishi kerak. Rotori qisqa tutashgan elektrodvigatel uchun avtomat o‘chirish tokining ishga tushirish tokiga nisbati.
Io‘ch toki (1,5÷1,8) Iishga tushirish
Faza rotorli elektrodvigatel uchun avtomat o‘chirish tokining ishga tushirish tokiga nisbati.
|
| |