|
Mavzu yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati
|
bet | 6/6 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 69,53 Kb. | | #256719 |
Bog'liq 1-mavzuAvtobus bekatlari
Avtobus bekatlarining joylashini tanlash qurilish normalari va qoidalari talablaridan kelib chiqib tashish buyurtmachisi va yo‘l tashkilotlari tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yo’lovchilarga eng ko‘p qulaylikni ta’minlash, avtobus bekatlari kurinib turishi zarurligi hamda ularning xududida transport vositalari harakati va piyodalar xavfsizligi shartlariga rioya etilishi kerak. Avtobus bekatlari joylashgan joy Shahar (tuman) bosh me’mori, yo‘lharakati xavfsizligi davlat xizmati bilan, temir yo‘ldan utish joylari xududida esa - temir yo‘l bulinmalari bilan kelishiladi va xokimliklar tomonidan tasdiqlanadi.
Shaharlarda avtobus bekatlarini obodonlashtirish xokimliklar tomonidan, avtomobil yo‘llarida yo‘l tashkilotlari tomonidan normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xokimliklar va yo‘l organlari qurilish normalari va qoidalariga muvoviqShaharlarda va axoli punktlarida sutkaning korongi vaktida avtobus bekatlari hamda ularning atrofi yoritilishini tashkil etishni ta’minlashi kerak. Avtobus bekatlarini saqlash. va tozalash tartibi xokimliklar, shuningdek ushbu ishni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
To’xtash pavilonlari va chikish maydonlarini, utash-tezlik polosalalarini qordan tozalash shart.
3.Yo‘lovchilar tashishni tashkil etish
Avtobusda yo‘lovchilar va bagajni tashish Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalariga va boshqaqonunhujjatlariga rioya qilgan xolda amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish yo‘nalishlari mulkchilik shakllaridan kati nazar tashuvchilar urtasida tender asosida joylashtiriladi.
Yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish yo‘nalishlarida ishlash xukukiga Yo’lovchilar tashishni tashkil etish bo‘yicha xududiy komissiya yoxud boshqa vakolatli organ bilan tender kontrakta tuzgan tashuvchi ega buladi.
Yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish yo‘nalishlarida tender kontrakti tuzmasdan ishlashga yo‘l qo’yilmaydi.
Avtobuslarda yo‘lovchi tashish tashkilotchilari (avtokorxonalar raxbarlari, yaqqola tartibdagi tadbirkorlar) avtomobilda tashishlari soxasida kasb vakolati tugrisida Uzbekiston avtomobil va dare transporti agentligi tomonidan belgilangan tartibda berilgan tegishli guvoxnomaga ega bulishlari kerak.
Shaharlararo-viloyatlararo va xalkaro yo‘nalishlar haydovchilarining yo‘l kuyiladigan boshqarish, tanaffuslar, xar kunlik va haftalik dam olish vakti xalkaro normalarga muvofik belgilanadi. Avtobuslarda yo’lovchilar tashish jadvali avtotashuvchi tomonidan yo‘nalishlarning ayrim bosqichlarida normativ tezliklar asosida, ushbu tezliklar yo‘l harakati qoidalarida, yo‘l belgilarida ruxsat berilgan tezlikka muvofiq bo’lishi sharti bilan tuzilishi kerak.
Nazorat savollari:
1. Avtobusda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishda haydovchilarga qo’yiladigan talablar.
2. Sayohat-ekskursiya, maxsus tashishlar va bir martalik buyurtmalar bo‘yicha tashishlar.
3. Sayohat-ekskursiya, maxsus tashishlar va bir martalik buyurtmalar bo‘yicha tashishlar.
|
| |