|
Avtobuslarning texnik xolati va ulardan foydalanish
|
bet | 4/6 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 69,53 Kb. | | #256719 |
Bog'liq 1-mavzu2. Avtobuslarning texnik xolati va ulardan foydalanish
Avtobuslarning texnik xolati va ularning jixozlari tegishli standartlar talablariga, texnik foydalanish qoidalariga, avtomobil transporta harakatdagi kismiga texnik xizmat ko‘rsatish va uni tuzatish to’grisidagi Nizomga, tayyorlovchi korxonalarning yuriknomalariga va boshqa normativ-texnik hujjatlarga javob berishi kerak. 1-SH toifadagi avtomobilyo‘llarida barcha tur va rusumdagi avtobuslar ishlashiga ruxsat beriladi. 1U-U toifadagi avtomobil yo‘llarida o‘q nagruzkasi 6 tonnagacha bulgan avtobuslar ishlashiga ruxsat beriladi.Tog‘ yo‘nalishlarida va ularga tenglashtirilgan yo‘nalishlarda foydalanadigan avtobuslar oldingi tumanga karshi chiroklar va orka chiroklar, gildirakning ostiga tashlash uchun kamida 2 ta tayanchga ega bo’lishi kerak. Sayoxat-ekskursiyalarga ajratilgan avtobuslarning old tomonida «sayoxatchi» va «ekskursiya» degan kursatkich, bir martalik buyurtmalar bo‘yicha maxsus tashishlar uchun esa «buyurtma» degan kursatkich urnatiladi. Bolalarni tashiydigan barcha avtobuslarda yo‘lharakati qoidalarida nazarda tutilgan tanitish belgisi o‘rnatilishi kerak. Tashkil etish to’grisidagi axborot bilan ta’minlash; Shahar va Shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo’lovchilar tashishda avtobusdagi yo’lovchilar soni avtobuslarning to‘liq sig‘imidan ortik bulmasligi, Shaharlararo, tog, sayoxat-ekskursiya yo‘nalishlarida, bolalarni tashishda va bir martalik tashishlarda esa - utirish uchun belgilangan joylar sonidan ortik bulmasligi kerak. Shaharlararo-viloyatlararo va xalkaro yo‘nalishlarda ishlash uchun faqat bagaj bulimlari mavjud bulgan avtobuslargina kuyiladi. Xaydovchining avtobusni boshqarish vakti 9 soatdan ortik bulganda yoki yo‘nalish uzokligi 400 km va undan ortikni tashkil etganda avtobusda yo’lovchilar tashishni tashkil etishda avtomobilda haydovchining dam olishi uchun joy jixozlanishi va katnovga ikki haydovchi yuborilishi kerak.
Shaharlararo-viloyatlararo va xalkaro yo‘nalishlarda 400 km va undan uzok yo‘nalishlarda avtobusda yo’lovchilar tashishni bir haydovchi bilan, shuningdek tungi katnovlarni tashkil etish takiklanadi, tender kontraktida boshqacha xol nazarda tutilmagan bulsa. Shaharlararo-viloyatlararo va xalkaro yo‘nalishlarda, sayoxat-ekskursiya yo‘nalishlarida avtobuslar harakati jadvalida avtobusni xar 1,5 soat boshqarishdan keyin haydovchining kamida 15 minut yoxud 4,5 soat boshqarishdan keyin 45 minut dam olishi majburiy tartibda nazarda tutiladi. Avtobus haydovchisi nazorat punktlarida (avtovokzallar, avtostansilar, dispetcherlik punktlari), harakat jadvalida nazarda tutilgan xollarda, chipta-xisobga olish varakasida kelgan va junab ketgan vakti tugrisida belgi kuydirishi kerak.
Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi nosozliklar paydo bulganda, shuningdek haydovchi o‘zini yomon xis etganda avtobus harakati darxol tuxtatilishi kerak. Bu xakda eng yakin avtovokzal (avtostansiya) dispetcheriga yoxud avtobus yoki haydovchini almashtirishi, tashishning bajarilishini ta’minlash choralarini kurishi majburiy bulgan tashuvchiga xabar kilinadi.
Yo‘nalish hujjatlari: viloyat (Shahar) xokimligida yoki transport bo‘yicha ular tomonidan vakolat berilgan organda; yo‘nalish hududi orqali o‘tadigan viloyatlar YHXDX organlarida; O‘zbekistan avtomobil va daryo transporti agentligida (uning hududiy bo‘linmasida)
tashuvchilarda bir nushadan saqlash uchun yetarli bo‘lgan nushalarda tuziladi.
Muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi hujjatlari yo‘nalish hududlari orqali o‘tadigan davlat vakolatli organlarida hamda tashuvchilarda bir nushadan saqlash uchun yetarli bo‘lgan nushalarda tuziladi.
Yo‘nalish xujjatlari zaruriyatga ko‘ra, yo’lovchi oqimlarini o‘rganish asosida, harakat sxemasi va avtobuslarning texnik tavsifi o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
|
| |