Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha




Download 60,7 Kb.
bet9/9
Sana29.11.2023
Hajmi60,7 Kb.
#108021
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
қурилиш иқтисодиёти 11-амалий

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish muddati

Mas’ul bo‘lgan rahbar o‘rinbosari

Bajariladigan tadbirlarning pirovard natijasi




1.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) shaharsozlik va uy-joy kommunal sohalaridagi faoliyatini tartibga soluvchi nizomlarni ishlab chiqish.

2023-yil 1-noyabrga qadar

Sh. Xidoyatov,
D. Adilov

Vazirlik hamda hududiy bo‘linmalar va tarkibiy tashkilotlarning birlashtirilishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan ularning shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalaridagi vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari aniq belgilanadi.
Bir-birini takrorlovchi hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan funksiyalar chiqarib tashlanadi.




2.

Qurilish sohasida yopiq davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini ishlab chiqish.

2023-yil 31-dekabrga qadar

Sh. Xidoyatov,
D. Adilov

Qurilish sohasida yopiq davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha huquqiy asos yaratiladi.
Qurilish sohasida yopiq davlat xaridlarini o‘tkazish bo‘yicha yagona tartibot shakllanadi.




3.

Namunaviy va takroran qo‘llaniladigan loyihalarda energiya tejamkor va energiya samarador texnologiyalarni qo‘llagan holda, loyiha yechimlarini ishlab chiqish hamda ularning bazasini shakllantirish.
Bunda, quyidagilar nazarda tutiladi:
bosh loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan 12 tipdagi maktab, 4 tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 tipdagi qishloq oilaviy poliklinika, 2 tipdagi mahalla markazi va 6 tipdagi ko‘p qavatli uylarning namunaviy loyihalarini qayta ko‘rib chiqish hamda ularni energiya tejamkor loyihalarga aylantirish;
qayta ishlab chiqilgan namunaviy loyihalarni aholi, tadbirkorlik subyektlari, buyurtmachi xizmatlari, tegishli tashkilotlar va keng jamoatchilik erkin foydalanishi uchun Vazirlikning rasmiy veb-saytiga va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Sh. Xidoyatov,
D. Adilov

Namunaviy loyihalar (12 tipdagi maktab, 4 tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 tipdagi qishloq oilaviy poliklinika, 2 tipdagi mahalla markazi va 6 tipdagi ko‘p qavatli uylar) energiya tejamkor texnologiyalar, materiallar va loyiha yechimlaridan samarali foydalangan holda, qayta ishlab chiqiladi.
Mazkur energiya tejamkor namunaviy loyihalar maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlarga tatbiq etiladi va budjet mablag‘lari tejaladi.




4.

Nukus va Urganch shaharlari issiqlik ta’minoti tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida kogeneratsiya texnologiyalarini jalb qilgan holda modernizatsiya qilish loyihalarining maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar ko‘magida loyiha- baholash hujjatlarini ishlab chiqish va tender jarayonlarini tashkil qilish.
Loyiha doirasida:
2 ta qozonxonada (“Nukus RK-1”, “Urganch-19 kvartal”) hamda 70 km issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish;
mavjud issiqlik ta’minoti tizimidagi obyektlarni 25 yilgacha xususiy sektor boshqaruviga berish (qurilish-montaj ishlari muddati — 4 yil);
BFOM (Build finance operate and manage) mexanizmi va shartlarini joriy qilishni nazarda tutgan holda, 2 ta qozonxonada rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini xususiy sherik tomonidan amalga oshirish va moliyalashtirish.

2023-2024-yillar davomida

Sh. Xidoyatov

Nukus va Urganch shahridagi 408 ta ko‘p kvartirali uylardagi 16 mingta xonadonning issiqlik ta’minoti tizimi yaxshilanadi.
Barcha ko‘p kvartirali uylarda 430 ta “aqlli” issiqlik hisoblagichlar o‘rnatiladi, 8 ta eskirgan qozonlar o‘rniga zamonaviy qozonlar o‘rnatiladi.
Loyihani amalga oshirish natijasida yiliga 15 mln metr kub tabiiy gazni iqtisod qilishga erishiladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, xususiy sherik tomonidan jami 336 mln dollar miqdorida investitsiya kiritiladi.




5.

Namangan shahri oqova suv tozalash inshootini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish, undan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish loyihasini amalga oshirish.
Loyiha doirasida:
1 ta oqova suv inshootini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda 8 km oqova suv tarmoqlarini qurish ishlarini amalga oshirish;
mavjud oqova suv tizimidagi obyektlarni 25 yilgacha xususiy sektor boshqaruviga berish (qurilish-montaj ishlari muddati — 3 yil);
BFOM (Build finance operate and manage) mexanizmi va shartlarini joriy qilish nazarda tutgan holda 1 ta oqova suv inshootida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini xususiy sherik tomonidan amalga oshirish va moliyalashtirish.

2023 — 2025-yillar davomida

Sh. Xidoyatov

Xususiy sherik tomonidan loyihaga 96 mln dollar qiymatiga teng sarmoya kiritilishi ta’minlanadi.
Quvvati sutkasiga 100 ming metr kub oqova suvlarni tozalashga mo‘ljallangan inshoot va 8 km uzunlikdagi oqova suv kollektori quriladi.
Inshoot 1,8 mln aholiga xizmat ko‘rsatishga quvvatiga ega bo‘ladi.




6.

Qurilishda litsenziyalashtirish sohasidagi qonunchilikdagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.
Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:
Litsenziyalarni berishga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish;
tegishli faoliyatni litsenziyalashda talab etiladigan xodimlar soni va mutaxassislarning kasbiy ma’lumotlariga qo‘yiladigan talabni aniq belgilash;
obyektlarning xavf-xatarlik omili bo‘yicha toifalarga ajratilishidan kelib chiqqan holda, arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va ularni ekspertiza qilish faoliyatini litsenziyalash tizimini muvofiqlashtirish.

2024-yil 1-fevralga qadar

Sh. Xidoyatov,
D. Adilov

Quyidagilarga erishiladi:
litsenziyalashda huquqiy bo‘shliq, byurokratiya va korrupsiya holatlari bartaraf etiladi;
chet el yuridik shaxslariga “license.gov.uz” AT orqali litsenziya olish uchun murojaat yo‘llash imkoniyati yaratiladi;
ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash muddatlari qisqartiriladi;
ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashdagi ortiqcha talablar chiqarib tashlanadi;
ayrim faoliyat turlarini litsenziyalashda talab etiladigan mutaxassislarning soni aniq belgilanadi;
obyektlarni xavf-xatarlik omili toifalari bo‘yicha litsenziyalash bilan loyihalash muvofiqlashtiriladi;
akkreditatsiyalashda loyiha hujjatlari bo‘yicha ijobiy ekspert xulosasi ekspert tashkilotlari tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi “Ekspert xulosalarining yagona reyestri”ga majburiy kiritiladi;
ekspert tayyorlanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etgan loyihalar yuzasidan yoxud yaqin qarindoshlar ishtirokida bajarilgan loyihalar yuzasidan ekspertiza o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi;
shaharsozlik faoliyatining subyektlari bilan mehnatga oid, moliyaviy jihatdan va (yoki) boshqa bevosita bo‘ysunuvi munosabatlarida bo‘lmaydi;
normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilishda ularni xavf-xatar toifalari bo‘yicha ko‘rib chiqish talab va shartlari belgilanadi.




7.

Sohadagi ruxsat berish tartib taomillarini, va loyihalarni kelishish tartibotini maqbullashtirish bo‘yicha Toshkent va Qarshi shaharlarida quyidagilarni ko‘zda tutuvchi eksperimentni amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash:
qurilishga ruxsatnoma berish hamda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish bosqichlarini birlashtirgan holda yagona bosqichda amalga oshirish;
obyektlar toifasidan kelib chiqib loyihalarni ko‘rib chiqish muddatlarini va to‘lov miqdorlarini tahlil qilgan holda qaytadan belgilash;
ruxsatnoma berish, loyihalarni kelishish, loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, obyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qurilish tugallangan obyektlarni foydalanishga ruxsat berishni rad etish asoslarini qaytadan ko‘rib chiqish;
obyektlarning loyiha hujjatlarini kelishish jarayonini va arxitektura-shaharsozlik kengashlar faoliyatini takomillashtirish.

2024-yil 1-fevralga qadar

D. Adilov

Ruxsatnoma va arxitektura topshirig‘ini berish bo‘yicha bosqichlar maqbullashtiriladi.
Obyektlar toifasiga qarab ularning loyihalarini kelishish jarayoni muddatlari va to‘lov miqdorlari qayta ko‘rib chiqiladi.
Shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda rad qilish asoslari qayta ko‘rib chiqiladi.




8.

“Aqlli hisoblagichlar” o‘rnatish yuzasidan dastur loyihasini ishlab chiqish.
Bunda, 2024 — 2026-yillarda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutish:
hududlar kesimida “aqlli hisoblagichlarga” bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
ehtiyojga ko‘ra, “aqlli hisoblagichlar” xarid qilish va o‘rnatishning moliyaviy manbalarini aniqlash;
issiqlik energiyasi hisobi yuritilishida shaffoflikni ta’minlash.

2024-yil 1-fevralga qadar

Sh. Xidoyatov,
O. Jo‘rayeva

Iste’molchilar va issiqlik ta’minoti korxonalari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning shaffofligini ta’minlashga erishiladi.
Jumladan, mahalliy budjet, xalqaro moliya institutlar va grant mablag‘lari hisobidan 268 mingta “aqlli hisoblagich”lar o‘rnatiladi.
Natijada issiqlik suv ta’minotidagi yo‘qotishlar 20 foizga kamayishi kutiladi.




9.

Vazirlik tizimida yangi tashkil etilgan va qayta tashkil etilgan davlat muassasalari (keyingi o‘rinlarda — muassasalar) faoliyatini samarali tashkil etish, ta’sis hujjatlarini tasdiqlash, moddiy-texnika bazasini yaratish, malakali mutaxassislar, jumladan, zaruratga ko‘ra xorijiy mutaxassislar bilan ta’minlash.
Bunda, quyidagilarni inobatga olish:
muassasalar yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga hamda hisob raqamlariga (shu jumladan chet el valyutasida) ega bo‘ladi;
muassasalar nizomi va tashkiliy tuzilmasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi, shuningdek, ularning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali vazirlik bilan kelishilgan holda muassasalar rahbari tomonidan tasdiqlanadi;
muassasalar rahbari Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri tomonidan, rahbar o‘rinbosarlari vazirlik bilan kelishilgan holda muassasa rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
muassasalar xodimlariga vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi (shuningdek, zaruriy hollarda boshqacha shartlar qo‘llanilishi mumkin);
boshqa tashkilotlar tomonidan olinadigan tijorat kreditlari uchun muassasalar tomonidan garov ta’minoti yoki kafolat taqdim etish taqiqlanadi;
muassasalar ta’sischiligida tashkilotlar tuzishga yoki ularning ustav fondida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi (yuridik shaxs maqomiga ega filiallar va Hukumat qarorlari bilan belgilangan holatlar bundan mustasno), mavjudlari esa belgilangan tartibda tugatiladi yoki ustav fondidagi ulushini qaytarish ta’minlanadi;
muassasalar tomonidan moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalari bank hisob-raqamlari orqali amalga oshiriladi (davlat buyurtmachisi funksiyasini bajarishdagi holatlar bundan mustasno) hamda sof foyda hisobidan budjetga ajratmalar yo‘naltirilmaydi;
zaruriy hollarda, maxsus hisob-raqamlar ochish hamda ular orqali moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarini bajarishga ruxsat beriladi.

Doimiy ravishda

Sh. Xidoyatov,
D. Adilov,
O. Jo‘rayeva

Vazirlik tizimidagi o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan va xo‘jalik hisobida faoliyat yuritadigan davlat korxonalari (muassasalari) tomonidan moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish ta’minlanadi.




10.

Soha bo‘yicha nazorat tizimini kuchaytirish hamda tegishli tuzilmalarning funksiya va vakolatlarini aniq belgilash maqsadida:
qurilish obyektlarida qurilish-montaj ishlarining sifati va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan va ichimlik suvdan foydalanish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun Inspeksiyani;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan rioya etilishi ustidan davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini mas’ul etib belgilash.
Bunda:
hududiy inspeksiyalar xo‘jalik faoliyati hisobidan moliyalashtiriladi va ularning inspektorlari soni nazoratga olinadigan obyektlarning sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
vazirlik huzurida shaharsozlik sohasida nizolarni sudga qadar ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzilib (vazir raisligida), unga shaharsozlik faoliyatiga doir hujjatlarni vaqtincha to‘xtatib turish yoki bekor qilish vakolati beriladi.

Doimiy ravishda

D. Adilov

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat tizimi takomillashtiriladi.




11.

Arxitektura sohasida davlat nazoratini olib borish subyektlari, ularning funksiyalari va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish.
Bunda, davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishda Vazirlikning vakolatli shaxslariga quyidagi huquqlar beriladi:
shaharsozlik faoliyati subyektlaridan obyektlarning loyiha hujjatlaridan boshlab ularni foydalanishga qabul qilingunga qadar barcha tegishli hujjatlarni talab qilish, shuningdek, ulardan zarur axborotlar, ma’lumotlar va tushuntirishlar olish;
shaharsozlik hujjatlarining buzilishiga oid ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish davomida davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarini va jismoniy shaxslarni tushuntirishlar berishga chaqirib olish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga hamda jismoniy shaxslarga shaharsozlik hujjatlariga rioya etilishida aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar berish;
ko‘rsatma bajarilmagan taqdirda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib qo‘yish va demontaj ishlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish;
aholi punktlarida obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish va ular qurilishini amalga oshirishda shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqqan loyiha tashkilotlari tomonidan mualliflik nazoratining yuritilishi ustidan nazorat qilish;
shaharsozlikka oid qonunchilik hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga zid xatti-harakat sodir etgan shaxslar faoliyatini (tegishli litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarini) to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish masalalari yuzasidan tegishli idoralar va tashkilotlarga taqdimnomalar kiritish;
mahalliy hokimliklarga ular tomonidan shaharsozlik faoliyatiga oid qonun hujjatlariga zid ravishda qabul qilingan qarorlarini bekor qilish bo‘yicha taqdimnomalar kiritish;
shaharsozlik hujjatlari talablarining buzilishiga oid masalalar yuzasidan rasmiy so‘rovga javob bermaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan sudga murojaat qilish;
shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya etmaganlik yuzasidan huquqbuzarlik faktiga e’tiroz bildirilgan hollarda ishni ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga oid ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish.

Doimiy ravishda

D. Adilov

Arxitektura sohasida davlat nazoratini olib borish subyektlari, funksiyalari va nazorat qilish mexanizmlari takomillashtiriladi.
Bunda, davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishda Vazirlikning vakolatli shaxslariga muayyan huquqlar beriladi.




12.

Ko‘p qavatli uy-joy obyektlarini ulush asosida qurish tartib-taomillarini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni tayyorlash:
hududlarda ulush asosida qurilayotgan obyektlarni tahlil qilish;
mavjud muammolar va ziddiyatlarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf etish mexanizmlarini yaratish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi ulush kiritish asosida mavjud shartnomaviy munosabatlardagi xavfni tahlil qilish;
shaharsozlik hujjatlarini kelishish bo‘yicha idoralararo va ichki integratsiyani amalga oshirish.
Ulush kiritish asosida ko‘p qavatli uy-joy obyektlari qurilishi bo‘yicha tartib-taomillarni takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Sh. Xidoyatov

Mazkur yo‘nalishda amaldagi tartibga o‘zgartirishlar kiritish orqali fuqarolarning aldanib qolish ehtimoli (xatarlar), sarson bo‘lishining oldi olinadi.




13.

Loyiha va pudrat tashkilotlari reytingi hamda sohadagi davlat xaridlari tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni tayyorlash:
hududlarning master rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tender tizimini joriy etish;
renovatsiya loyihalari va ko‘p xonadonli uylarni ta’mirlash bo‘yicha tenderlarni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshirish;
obyektlar bo‘yicha loyiha oldi hujjatlarini (TIA, TIH) tayyorlash bo‘yicha tenderlarni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshirish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Sh. Xidoyatov,
D. Adilov,
O. Jo‘rayeva

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi loyiha va pudrat tashkilotlari reytingida aniqlangan korrupsion omillar bartaraf etilishi ta’minlanadi.
Jumladan, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron onlayn tender platformasi orqali:
hududlarning master rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tenderlar o‘tkazish;
ko‘p xonadonli uylarni ta’mirlash bo‘yicha tenderlarni o‘tkazish
obyektlar bo‘yicha loyiha oldi hujjatlarini (TIA, TIH) tayyorlash bo‘yicha tenderlarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.




14.

Issiqlik ta’minoti sohasiga billing tizimini joriy qilish.
Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va uning sarfini elektron nazorat qiluvchi billing tizimini joriy qilish yuzasidan texnik topshiriq va yo‘riqnoma ishlab chiqish;
issiqlik ta’minotiga ulangan iste’molchilar elektron bazasini shakllantirish va ishga tushirish;
billing tizimining zarur ma’lumotlar bazalari (notarial, kadastr, ichki ishlar, davlat xizmatlari, to‘lov tizimlari) bilan to‘liq integratsiyasini ta’minlagan holda, funksional imkoniyatlarini yaratish;
billing tizimini issiqlik ta’minoti korxonalarida joriy qilish va barcha iste’molchilarning ushbu elektron tizimdan to‘liq foydalanishini ta’minlash.

2024-yil 1-fevralga qadar

Sh. Xidoyatov

Iste’molchilar va issiqlik ta’minoti korxonalari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar shaffofligini ta’minlashga erishiladi.
Bunda:
19 ta issiqlik ta’minoti korxonasi ushbu tizimga ulanadi (13 mingdan ziyod ko‘p kvartirali uylar hamda 2 mingdan ortiq ijtimoiy soha muassasalari);
notarial, kadastr, ichki ishlar, davlat xizmatlari, tijorat banklari ma’lumot bazalari bilan integratsiya qilinadi.




15.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalarida malaka darajasiga mos ravishda kasbiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 28 ta kasbiy standartni ishlab chiqish.

2023-yil 31-dekabrga qadar

D. Adilov

Qurilish sohasiga oid 20 ta hamda uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasiga oid 8 ta kasbning standarti yaratiladi.




16.

Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish bilan bog‘liq barcha tashkiliy-texnik va moliyaviy masalalarni hal etish.
Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:
a) Vazirlikka, shu jumladan, tizim tashkilotlar va hududiy bo‘linmalarga tegishli faoliyat yo‘nalishiga mos keladigan va belgilangan malaka talablariga muvofiq bo‘lgan yuqori malakali va salohiyatli xodimlar ishga qabul qilinadi;
b) Vazirlik, tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalar tasarrufidagi bino-inshootlar, avtotransport vositalari va boshqa mol-mulklar o‘z tasarrufida qoldiriladi (ulardan foydalanish va saqlash bo‘yicha amaldagi tartibni saqlab qolgan holda). Bunda o‘z binosiga ega bo‘lmagan tashkilotlar vazirlik tizimidagi boshqa tashkilotlarning binolarida ijara haqining nol stavkasida joylashtiriladi;
v) Vazirlik, tizim tashkilotlari va hududiy bo‘linmalar tasarrufidagi avtotransport vositalari bo‘yicha belgilangan me’yorlardan ortiqcha qilingan xarajatlar tegishli muassasaning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
g) Vazirlik, jumladan hududiy bo‘linmalarning barcha xodimlariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan:
Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshi, lavozim maoshiga ustama haqlar, bayram puli, choraklik mukofot puli hamda boshqa to‘lovlar va ustamalarni belgilashda tarif koeffitsiyentini 2 baravarga oshirilgan miqdorda qo‘llanadi;
ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lovlari amalga oshiriladi (ustamalar, oshirilgan va rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentlarni inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan ikki baravargacha koeffitsiyentlarda);
d) budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan (oshirilgan va rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni inobatga olgan holda) xodimlarga ustamalar, mukofot pullari, reyting, rag‘batlantiruvchi va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi (Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 414-son qarorining budjetdan tashqari mablag‘larni ishlatish qismidagi talablarini Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tasarrufidagi tashkilotlariga nisbatan tatbiq etmagan holda) shuningdek, alohida shaxsiy o‘rnak ko‘rsatganlik uchun (lavozim maoshining 100% gacha), xorijiy tilni bilganlik (tegishli sertifikatga egalik) uchun (30%), nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasasini bitirganlik uchun (30%) va ilmiy darajaga egalik uchun (60% gacha) har oylik ustamalar to‘lanadi;
e) tizim faoliyatini samarali tashkil etish va masalalarni tezkor hal etish uchun Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida apparat rahbari bo‘linmasi (umumfunksional bo‘linmalar faoliyatiga rahbarlik qilish va tarmoq bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’ul) va dispetcherlik xizmatini (call-center) tashkil etiladi, hududiy bo‘linmalarda komplaens nazorat bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy qilinadi, shuningdek, zarur hollarda, ayrim turdagi ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun ijrochilar autsorsing asosida jalb etiladi;
j) vazirlik tizimida ekspert-tahlil faoliyatini samaradorligini oshirish hamda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar va ustuvor vazifalarni ijro qilishda tezkorlikni ta’minlash maqsadida, vazirlik markaziy apparatida ekspert-tahlil guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi (2018-yil 29-martdagi PQ-3628-son qarorida belgilangan tartib-taomillarni tatbiq etgan holda).

Doimiy ravishda

Sh. Xidoyatov,
D. Adilov,
O. Jo‘rayeva

Vazir o‘rinbosarlari, bosh boshqarma va bo‘limlar hamda hududiy va tarkibiy tuzilmalarning yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalari belgilab beriladi.
Malakali kadrlar tanlab olinadi, mutaxassis kadrlarning o‘z yo‘nalishlari va salohiyatiga qarab ish yuritishi tartibga keltiriladi.
Vazirlik, hududiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlari faoliyati samarali tashkil etiladi.




17.

Vazirlikning ayrim funksiyalarini, jumladan qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan va bugungi kunga qadar amalda joriy etilmagan (yoki amalga oshirish mexanizmlari mavjud bo‘lmagan) xizmatlarni qayta ko‘rib chiqib va tahlil qilib, ularni xususiy sektorga berish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Sh. Xidoyatov,
D. Adilov

Vazirlikning ayrim funksiyalari va ularni amalga oshirish mexanizmlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, qonunchilik hujjatlarida ko‘zda tutilgan va bugungi kunga qadar joriy etilmagan xizmatlar aniqlanadi.
Mazkur funksiyalar va xizmatlarning ayrimlarini xususiy sektorga berish hamda ularni amalga oshirishning aniq mexanizmlarini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.




18.

Shaharsozlik kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash:
fuqarolar va mansabdor shaxslarning aholi punktlari bosh rejalariga rioya etmasdan hamda ularga zid ravishda sodir etgan xatti-harakatlari uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolatini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga berish;
aholi punktlarining va aholi punktlariaro hududning bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini, madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarni rekonstruksiya qilish rejalarini buzish, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini buzganlik uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jarimani kuchaytirish;
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi dispozitsiyalarini huquqbuzarliklarning mazmun-mohiyatidan va huquqiy oqibatlarning og‘ir yoki yengilligidan kelib chiqib, alohida qismlarga bo‘lgan holda qayd etish;
oqova suv quvurlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish vakolatini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga berish;
issiqlik energiyasi va issiq suvdan noqonuniy foydalanish va issiq suvni oqizish (nooqilona foydalanish) holatlariga yo‘l qo‘ygan fuqarolar va mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish;
shaharsozlikka oid qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solishga oid hujjatlar talablari buzilganlik holatlari yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar tomonidan kiritilgan taqdimnoma talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash.
Ko‘p kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarini qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik hamda bartaraf etmaganlik holatlari uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keskin kuchaytirish.
Ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarga Inspeksiyaga o‘z funksional vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish vakolatini berish.

2023-yil 1-dekabrga qadar

Sh. Xidoyatov,
D. Adilov

Sohaga oid qonunchilik hujjatlari qayta ko‘rib chiqilib, o‘zaro muvofiqlashtiriladi va tizimlashtiriladi.
Arxitektura, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari yuzasidan davlat organlarining vakolatlari, huquq va majburiyatlarini aniq belgilanadi.
Shuningdek, bu borada qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan jismoniy va yuridik shaxslarning javobgarligini oshirish va tegishli jazo choralarini kuchaytirish ko‘zda tutiladi.
Qayd etilganlar asosida Shaharsozlik kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga zaruriy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

19.

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

2023-yil 1-noyabrga qadar

Sh. Hidoyatov,
D. Adilov

Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi, bunda:
Vazirlik va uning hududiy tuzilmalari nomlari bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi;
takrorlovchi vazifa va funksiyalar chiqarib tashlanadi;
nomuvofiqliklar bartaraf etiladi;
o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, eskirgan va bugungi kunda ishlamaydigan normalar chiqarib tashlanadi.



Download 60,7 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 60,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha

Download 60,7 Kb.