|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari
|
bet | 3/9 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 60,7 Kb. | | #108021 |
Bog'liq қурилиш иқтисодиёти 11-амалий1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
2. Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari Toshkent shahri hokimligi bo‘ysunuvidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkazilib, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi va tumanlar bo‘limlariga aylantirilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
3. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat tizimini kuchaytirish va uning qamrovini kengaytirish maqsadida:
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar faoliyatini amaldagi moliyalashtirish manbalari saqlab qolinsin, shuningdek, ular tomonidan o‘z vakolatlari doirasida shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun aybdor shaxslardan undiriladigan jarimalar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltirilsin;
hududiy inspeksiyalarning xodimlari soni nazoratga olinadigan obyektlarning soniga qarab belgilansin;
qurilish faoliyati subyektlarining (buyurtmachi, loyihachi, pudratchi bo‘yicha) majburiy tartibdagi nazorat tadbirlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasida amalga oshirilsin;
qurilish obyektlarida qurilish-montaj ishlarining sifati va loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan va ichimlik suvdan foydalanish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun Inspeksiya mas’ul hisoblansin;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishga mas’ul etib belgilansin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
4. Belgilab qo‘yilsinki, hududiy inspeksiyalar faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish vertikal boshqaruv tizimi asosida Inspeksiya va Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, hududiy inspeksiyalarning qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tegishli tashkilot (idora)lar tomonidan aralashish yoki ta’sir o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi.
5. Shaharsozlik sohasidagi quyidagi toifa mutaxassislarni ularning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha har uch yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etilsin:
a) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan yo‘nalishlar bo‘yicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar;
loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari;
pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar;
b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
nazorat o‘lchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar;
ekspert tashkilotlari ekspertlari;
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlari;
v) 2024-yil 1-apreldan boshlab:
tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari;
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlari.
Bunda, mutaxassislarni sertifikatlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha ishchi organ funksiyasi Vazirlik huzurida tashkil etilayotgan Kompetensiyani rivojlantirish institutiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 7-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
8. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.I. Zakirov belgilansin.
Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
|
| |