-rasm. Tijorat banklarining qimmatli qog`ozlar bozoridagi faoliyati




Download 0,54 Mb.
bet4/11
Sana19.02.2024
Hajmi0,54 Mb.
#159049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Курс иши-1 А

1-rasm. Tijorat banklarining qimmatli qog`ozlar bozoridagi faoliyati.
Aytib o‘tganimizdek, tijorat banklari o‘z aksiyalari, obligatsiyalarlari, veksellari, deposit sertifikatlari va boshqa qimmatli qog’ozlari bilan emitent sifatida, shuningdek o‘z hisobidan qimmatli qog’ozlar sotib oluvchi investor sifatida gavdalanadi. Qolaversa, komission rag‘batlantirish evaziga qimmatli qog’ozlar bilan vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga egadir.
Har qanday mamlakatda davlat to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita u yoki bu shaklda capital bozorini tartibga soladi. Kapital bozorini davlat tomonidan tartibga solish ularni qonuniyligini ta’minlashdan tashqari, qimmatli qog’ozlar chiqarish va muomalasini yo‘lga qo‘yish, yangi chiqarilganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, kapital bozorida kasb faoliyatini litsenziyalash, investorlar huquqini himoyalash, yakka hokimlik haqidagi qonunchilikka rioya qilishni nazorat qilish, bahoni barpo qilish tizimini va malakali bozor ishtirokchilarini faoliyatlarini nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.
“Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunga asosan tijorat banklari kapital bozoridagi turli xil faoliyat olib borishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda, «Qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyat ko’rsatish mexanizmi to’g’risida»gi qonuning 17-moddasiga muvofiq, banklarning qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyati mazkur qonun shuningdek, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunlar bilan tartibga solinishi belgilangan. «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunga binoan tijorat banklari kapital bozorida quyidagi:
- qimmatli qog’ozlar (veksel, aksiya, obligatsiyalar, depozit sertifikatlar vaboshqalar)ni chiqarish;
- qimmatli qog’ozlarni sotib olish, sotish, saqlash, ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish;
- tovar etkazib berish va xizmat ko’rsatishdan kelib chiqadigan talab huquqini olish, bunday talablarni inkassatsiya qilish;
- mijozlar ishonib topshirgan operatsiyalarni: mablag’larni jalb etish va joylashtirish va qimmatli qog’ozlarni boshqarish va hokazo ishlarni bajarish;
- fond bozori ishtirokchilariga bu borada bank faoliyati yuzasidan maslahatlar berish kabi operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin3.
Bugungi kunda tijorat banklarning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarini 2–rasmda ko’rsatilgandek bir nechta operatsiyalarga tasniflash mumkin.




Download 0,54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Tijorat banklarining qimmatli qog`ozlar bozoridagi faoliyati

Download 0,54 Mb.