|
-rasm. Tijorat banklarining qimmali qog’ozlar bilan operatsiyalari tasnifi4
|
bet | 5/11 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #159049 |
Bog'liq Курс иши-1 А2-rasm. Tijorat banklarining qimmali qog’ozlar bilan operatsiyalari tasnifi4
Har qanday mamlakatning kapital bozorida bank roli oshishining asosiy omili bo’lib– o’sha mamlakat xo’jalik sub’ektlarining moliya resurslari bilan keng doirada foydalanishini ta’minlovchi, hamda yuqori innovatsion–investitsion faoliyati va ularning moliyaviy risklarini sug’urtalash uchun qo’shimcha imkoniyatlarni ta’minlab beruvchi zamonaviy va sifatli bank xizmatita bo’lgan talabining yil sayin oshib borayotgani hisoblanadi.
Tijorat banklari xorijiy mamlakatlarda investitsion–bank filiallari va sho’ba korxonalarni tashkil qilib, xalqaro kapital bozoriga chiqib bormoqda. Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari qonun tomonidan to’g’ridan–to’g’ri chegaralangan mamlakatlarning, aynan o’sha banklar tomonidan ochilgan xorijiy filiallarining investitsion faoliyati doirasi tobora kengayib bormoqda.
Kapital bozorida tijorat banklari faoliyatining yangi shakli sifatida –u yoki bu moliya aktivlariga kapitalni investitsiya qilish bilan bog’liq qator masalalar bo’yicha konsultatsion xizmatlar ko’rsatish bozorga kirib kelmoqda. Konsultatsion xizmatlar ko’rsatish –turli aktivlarning daromadi va risklari o’rtasidagi o’zaro ta’sirini chuqur tahlil qilish hamda mijozlar uchun qimmatli qog’ozlarni sotib olish algoritmi va qimmatli qog’ozlar portfelini uning daromad dinamikasini hisobga olgan holda shakllantirish kabilarni amalga oshiruvchi bankning ichki informatsion tizimiga tayanadi.
Tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga ko‘ra tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida “qimmatli qog‘ozlarni chiqarish (emissiya), xarid qilish (investitsiya), sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish (vositachilik) kabi qator operatsiyalarni bajarishi belgilab qo‘yilgan.
Tijorat banklari emitent sifatida o‘zlarining mablag‘lari (ustav kapitali)ni va moliyaviy resurslarini jalb qilish maqsadida aksiyalar, veksellar, depozit sertifikati yoki obligatsiyalarni muomalaga chiqaradi. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish barobarida dividendlar va foizlarni to‘lash kabi qator operatsiyalarni bajarish majburiyatini oladi.
Tijorat banklari aksiyalarni emissiya qilish orqali o‘z ustav kapitalini shakllantiradi, ularning nominal qiymati (bahosi) O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 23-moddasiga binoan besh ming so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin emas5.
Shuningdek, mazkur qonunning 16-moddasiga ko‘ra tijorat banklari oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek, imtiyozli aksiyalarni joylashtirishga haqli va ularning nominal qiymati bank ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizidan oshmasligi kerak.
Shu bilan birga tijorat banklari moliyaviy mablag‘larni jalb qilish maqsadida depozit sertifikatlar, veksellar (hozirgi kunda amaliyotda mavjud emas, 1996 yilda muomalasi to‘xtatilgan) va obligatsiyalarni muomalaga chiqaradi.
Depozit sertifikatlar va veksellarni chiqarish hamda ularning muomalasini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga binoan vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi6.
Tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida shakllantirgan moliyaviy mablag‘larning maʼlum qismini kapital bozorida investor sifatida uzoq muddatli davr mobaynida daromad olish maqsadida moliyaviy instrumentlar sotib olishga yo‘naltiradi. Tijorat banklari kapital bozoridagi o‘zlarining investitsion faoliyati orqali qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi operatsiyalari, qimmatli qog‘ozlari garovi asosida kreditlarni olish va berish, yaʼni REPO operatsiyalari hamda aksiyadorlarning aksiyalarini sotib olish orqali kompaniyalarni boshqarishda ishtirok etish va dividendlar olish imkoniyati berilgan. Shu bilan birga kreditor, investor yoki aksiyador sifatida korxonalarning bankrotlik jarayonlarida ishtirok etishi hamda korxonalar bankrotlik holatiga kelganda yoki o‘z faoliyatini tugatganda o‘ziga tegishli bo‘lgan ulushini olish huquqi kabi imkoniyatlarga egadirlar.
Tijorat banklarining kapital bozoridagi faoliyatini tashkil etishda nafaqat qimmatli qog‘ozlarning shakllari, balki boshqa moliyaviy aktivlar ham operatsiyalarning obʼekti bo‘lishi mumkin, masalan xorijiy valyutalar, qimmatbaho metallar. Shuningdek qimmatli qog‘ozlarning derivativlari ham bo‘lishi mumkin7.
Albatta, tijorat banklarining kapital bozoridagi har qanday turdagi operatsiyalarini amalga oshirishning muhim sharti mavjud bo‘lib, mamlakatda moliya bozorlari faol va o‘ta shaffof tarzda ishlashi, bundan tashqari qimmatli qog‘ozlar bozorining subʼektlari o‘rtasida vujudga keladigan va amalga oshiriladigan har qanday munosabatlar bozor tamoyillari va shu sohaga oid bo‘lgan qonunchilik hujjatlari asosida tartibga solinishi juda muhim hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, aynan shu masalalar bo‘yicha muammolar va ziddiyatli holatlar mavjudligi tufayli O‘zbekiston tijorat banklarining asosiy qismini bu bozordagi faoliyati juda zaif bo‘lib, ularning passivlari tarkibida shakllantirilgan moliyaviy resurslari va aktivlari tarkibida esa joylashtirgan mablag‘lari mamlakat YaIMning taxminan 1,5 foizidan oshmaydi. Albatta, buni rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tijorat banklarining kapital bozoridagi operatsiyalarining hajmi bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, bir necha barobar past ekanligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarini tartibga solish bo‘yicha amaldagi tashkiliy-huquqiy asoslari iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan tizimli ravishda o‘rganilmagan, biroq O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozori, uning shakllanishi, o‘ziga xos xususiyatlari va tashkiliy-huquqiy asoslari mamlakatimiz iqtisodchi olimlari I.Butikov, M.Xamidulin, Sh.Shoxaʼzmiytomonidan o‘rganilgan, tadqiq qilingan hamda qator ilmiy-amaliy asarlar nashr ettirilgan.
O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozori qonunchilik asoslarining rivojlanishini bugungi kungacha bo‘lgan davrini ikki bosqichga guruhlash mumkin. Shuni alohida taʼkidlash joizki, birinchi bosqichda (2016 yilga qadar) tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Shuningdek, tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini tartibga solishning zamonaviy ikkinchi bosqichi 2019 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, ushbu davrda O‘zbekistonda bozor tamoyillarini joriy qilingandan buyon bo‘lgan davr mobaynida eng samarali va tashkiliy-huquqiy asoslari shu sohani amaliy jihatdan rivojlantirishga asos bo‘ladigan davri hisoblanadi.
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini tashkiliy-huquqiy asoslarini samarali va amaliy jihatdan rivojlanishiga xizmat qiladigan davr deb hisoblashimizning asosiy sabablaridan biri shundaki, shu davrgacha bo‘lgan muddatda (aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak 2019 yil sentabr oyigacha) tijorat banklari nafaqat qimmatli qog‘ozlar bozori balki:
jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek mamlakat iqtisodiyotidagi (ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar o‘rtasidagi) munosabatlarni tashkil etish ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan milliy valyutaning xorijiy valyutalarga ayirboshlash kursini belgilashda8;
jismoniy va yuridik shaxslarga naqd pullarni bank kassalaridan berishda;
isteʼmol tovarlarining naqd pul va naqd pulsiz to‘lovlaridagi baholardaqator muammolar mavjud edi.
Darhaqiqat, tijorat banklari yuqorida taʼkidlangan amaliy holatlar girdobida qolgan bir holatda ularning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarini rivojlantirish va shu orqali banklarni mamlakat iqtisodiyotini moliyaviy mablag‘lar bilan taʼminlovchi “lokomotiv” sifatidagi roli bir muncha zaif edi. Buning ustiga tijorat banklari kapitali tarkibida davlat ulushi asosiy o‘rin egallashi ham bunga salbiy taʼsir ko‘rsatar edi, bu holat hozirgi kungacha saqlanib qolmoqda.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, mamlakatda tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-huquqiy bazasi deyarli yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan ular amalda o‘zining amaliy ifodasini to‘liq topmagan. Buning uchun, yaʼni tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarini, umuman ularning faoliyatini bozor tamoyillari asosida o‘zaro raqobat muhitida tashkil etishga hukumatning huquqiy ruxsati zarur edi.
Bu borada 2017 yil 7 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni qabul qilindi, ushbu farmonga asosan mamlakatning barcha soha va tarmoqlari qatori tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar va valyuta bozoridagi operatsiyalarini amalga oshirishda jiddiy islohotlar amaliyotga joriy etildi. Xususan:
valyutani tartibga solishning ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma- bosqich joriy etish;
pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish hamda ularning samaradorligini oshirishga, naqd pul muomalasi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayotgan to‘siqlarni bartaraf etish kabi masalalar shular jumlasidandir.
Yuqorida qayd etilgan farmonda keltirilgan uchta masala bevosita tijorat banklarining valyuta va naqd pul operatsiyalari hamda banklarning faoliyatini rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatayotgan holatlarni oldini olishga qaratilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, xususan tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar va valyuta bozorlaridagi faoliyatiga oid huquqiy hujjatlar yaratish ham shular jumlasidandir.
O‘zbekistonda tijorat banklarining valyuta va qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarini liberallashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtarish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli Farmoni qator muammoli holatlarni yechimiga xizmat qildi. Xususan farmonga asosan valyuta va qimmatli qog‘ozlar bozorini liberallashtirishga oid quyidagi masalalar o‘z yechimini topdi:
barcha shaxslar valyutalarni erkin sotish va sotib olish taʼminlandi;
milliy valyuta kursi bozor mexanizmlari asosida o‘rnatiladi;
milliy valyutaning barqarorligini taʼminlashga qaratilgan qatʼiy monetar siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli qog‘ozlarini banklar likvidliligiga garovga berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotini joriy qilish tartibi belgilab qo‘yildi.
Bizning nazarimizda, tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari bo‘yicha huquqiy asoslarini takomillashtirish nuqtai nazardan quyidagi masalalarga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq:
birinchidan, O‘zbekiston Fuqarolik kodeksining 96-moddasida berilgan qimmatli qog‘ozlarning shakllarini o‘zining turlariga qarab tasniflash maqsadga muvofiq. Masalan, davlat va nodavlat qimmatli qog‘ozlari, emission va noemission qimmatli qog‘ozlar, munitsipal va ipoteka qimmatli qog‘ozlari, shuningdek ulushga egalik huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlar tarzida tasniflash maqsadga muvofiq.
ikkinchidan, Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati va operatsiyalari bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solish maqsadida joriy etilgan meʼyoriy hujjatlarni yagona tizimga keltirgan holda bitta qonuniy hujjat ko‘rinishida qabul qilish lozim. Bu albatta mazkur operatsiyalar bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarning bir birini takrorlamaslikka va huquqiy nizolar sodir bo‘lmasligiga xizmat qiladi. Mazkur masalaga O‘zbekiston Kapital bozorini rivojlantirish agentligi rahbari Otabek Nazirov eʼtibor qaratib: “Bizning kapital bozorimizni rivojlantirib bera oladigan yetarlicha miqdordagi professional subʼektlar yo‘q. Bu soha albatta investitsiya banklari menejerlari uchun juda kuchli bilim talab qiladi. Moliyaviy bilim uchun ko‘p sonli insonlar tushuna olmaydigan talablar bo‘lishi lozim. Biz deyarli barcha qonun va qarorlarni audit qilib chiqdik. Biz shunday 100 ga yaqin qonun va qarorlarning o‘rnini bosadigan kodeks ishlab chiqish topshirig‘ini oldik. O‘tgan hafta prezidentimiz bilan uchrashdik va bizga bu bo‘yicha vazifa va vakolatlar berildi. Hujjat ham o‘zimiz uchun, ham xalqaro subʼektlar uchun tushunarli va to‘liq bo‘lishi aytildi”, deb taʼkidlaydi.
uchinchidan, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi meʼyoriyhuquqiy hujjatlar ko‘p hollarda bir-birini takrorlaydi, shuningdek, ular tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini rag‘batlantirish xarakteriga ega emas, aksincha ular ushbu bozorni samarali rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Xususan, tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarning yopiqligi, dividend siyosatining shaffof emasligi, mahalliy qimmatli qog‘ozlar bozorining xalqaro fond bozorlari bilan o‘zaro bog‘lanmaganligi, banklarning aksiyalari va obligatsiyalarini chiqarish jarayonining murakkabligi kabi qator masalalar shular jumlasidandir.
To‘rtinchidan, tijorat banklarining oddiy va nomsiz (perevodnoy) veksellarini muomalaga chiqarish yuzasidan Markaziy bankning bu boradagi nizomi ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. Bu albatta tijorat banklarining moliyaviy resurslarini ko‘paytirish imkoniyatini berish bilan birga xo‘jalik yurituvchi subʼektlar o‘rtasidagi debitor va kreditorlik qarzlarini kamaytirish imkoniyatini beradi.
O‘zbekistonda shakllantirilayotgan makroiqtisodiy sharoit va investitsion muhit, shuningdek, hukumat tomonidan milliy iqtisodiyotga mahalliy va xalqaro investorlar sarmoya kiritish istaklarini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlari bozoridagi faoliyatini tartibga soluvchi tashkiliy-huquqiy asoslarini optimallashtirishga qaratilgan harakatlar quyidagi imkoniyatlarni beradi:
|
| |