3-jadval
“Toshkent” Respublika fond birjasining 2021 yil davomida tarmoqlar bo`yicha savdo statistikalari10.
Tarmoqlar
|
Bitimlar soni
|
Qimmatli qog`ozlar soni
|
Bitimlar hajmi (so`m)
|
Qurilish
|
20 660
|
4 054 539 275
|
641 170 891 150,65
|
Banklar
|
23 421
|
8 370 925
|
312 611 098 962,43
|
Energetika
|
4 570
|
4 596 653
|
98 917 457 161,5
|
Sanoat
|
11 022
|
5 749 827
|
95 137 094 697,81
|
Agrosanoat
|
1 135
|
9 955 900 879
|
40 184 058 400,29
|
Sug`urta
|
1 452
|
137 547 924
|
36 415 641 310,74
|
Transport
|
81
|
14 289 286
|
28 057 931,3
|
Lizing
|
34
|
123 873
|
411 838 695,73
|
Aloqa
|
280
|
224 748
|
324 605 075,44
|
Boshqalar
|
8 834
|
250 896
|
35 309 011 727,89
|
Jami
|
71 489
|
14 181 594 286
|
1 260 509 755 113,78
|
Yuqoridagi jadvalga qaraydigan bo`lsak 2021 yida fond birjasida bitimlar soni 71 489 donani tashkil etgan. Shundan bitimlarning asosiy qismini Tijorat banklari 23 421 dona, Qurilish sohasi 20 660 dona va sanoat 11 022 donani mos ravishda tashkil etgan. Energetika sohasi 4 570 dona, Sugu`rta 1 452, agrosanoat sohasi 1 135 dona va eng kam bitimlar transport sohasida 81 dona, lizing 34 dona hamda boshqa sohalarda 8 834 dona bitimlar amalga oshirilgan.
Bitimlar hajmi bo`yicha qurilish sohasi yetakchi o`rinni egallagan 641,17 milliard so`m. Tijorat banklari bitimlari hajmi 312,61 milliard, Energetika 98,92 mlrd. so`m, sanoat 95,14 mlrd. so`mni tashkil etgan. Eng past ko`rsatkich transport sohasida qayd etilgan bo`lib 28,06 million so`mni tashkil etgan.
-rasm. 2021 yilda bitimlar soni bo`yicha eng yaxshi qimmatli qog`ozlar11
“Toshkent” RFBda 2021 yil mobaynida “Kvarts” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari bo`yicha 9 628 dona bitimlar amalga oshirilgan bo`lib, keyingi o`rinlarda Qizilqumsement AJ 8 434 dona bitim hamda O`zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi 7 124 dona bitimlar amalga oshirilgan. Tijorat banklaridan Top-10 talikka Hamkorbank ATB (6 845 dona bitim), Ipotekabank ATB (6 072 dona), O`zsanoatqurilishbank ATB (5 610 dona bitim) kirgan.
(mlrd so`m)
-rasm. 2021 yilda bitim hajmi bo`yicha eng yuqori qimmatli qog`ozlar12.
Yuqoridagi diagrammaga qarasak qaraydigan bo`lsak bitimlar hajmi bo`yisha yuqori ko`rsatkichlarni tijorat banklari egallaganligini ko`rishimiz mumkin. Kapitalbank ATBning bitimlar hajmi 93,67 mlrd so`mni tashkil qilgan bo`lsa, Savdogarbank ATning bitimlar hajmi esa 83,5 mlrd so`mni tashkil qilgan bo`lsa undan keyin O`zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi (26,05 mlrd so`m), Quvasoysement AJ (24,54 mlrd so`m), Uzmetkombinat AJ (21,02 mlrd so`m), O`zQEQ AJ (10,9 mlrd so`m), Qizilqumsement AJ (10,26 mlrd so`m), Kavrts AJ (9,04 mlrd so`m) bitimlar amalga oshirilgan.
O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari-faqatgina o’ziga xos noyob muassasalar hisoblanib, xozirda ular amaliyotda milliy fond bozorining barcha vositalarini: aksiyalar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, davlat o’rta muddatli g’azna majburiyatlari, depozit sertifikatlari, depozit jamg’arma sertifikatlari, veksellar bilan faoliyat olib borishni o’zlashtirib olib, hozirgi vaqtda ular kapital bozorida bir vaqtning o’zida ham emitent, ham sarmoyadorlar va investitsiya instituti sifatida chiqmoqda.
Fond bozori zamonaviy bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi sifatida, bo’sh moliyaviy resurslarni foydali joylashtirishni xohlovchi investorlarning hamda investitsiyalarga ehtiyoj sezgan va jozibali investitsiya loyihalarga ega bo’lgan emitentlarning manfaatlarini uyg’unlashtirishga yordam beradi.
Bank tizimi va fond bozori milliy iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan hisoblanib, davlat tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar, qarorlar va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ushbu sohalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Tijorat banklari tobora o`zlariga xos bulmagan operatsiyalarini amalga oshira borib banklar uchun noan’anaviy hisoblangan moliya tadbirkorligini joriy etmoqda, jumladan, qimmatli qogozlar operatsiyasi, lizing va factoring hamda kreidit-moliya xizmatining boshqa turlari bilan shug`ullanmoqda, takdim etiladigan xizmatlar doirasini tinmay kengaytirib, sifatini yaxshilamoqda, yangi istikbolli mijozlarni jalb qilish uchun raqobatlashmoqda.
|