|
Kapital bozorida tijorat banklarining ishtirokiga doir muammolar va ularning yechimlari
|
bet | 10/11 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #159049 |
Bog'liq Курс иши-1 А4.Kapital bozorida tijorat banklarining ishtirokiga doir muammolar va ularning yechimlari.
Dissertatsiya ishimizning oldingi boblarida banklarning kapital bozoridagi operatsiyalarini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq natijalarida bu borada yechimini kutayotgan qator dolzarb masalalar va muammolar mavjud ekanligining guvohi bo‘ldik. Albatta mazkur masalalarning aksariyat qismi, yaʼni muammolarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bevosita tijorat banklarining eʼtiborsizligi yoki masʼuliyatsizligi natijasida vujudga kelgan deyishimiz ham maqsadga muvofiq emas. Bularning sabablari oldingi boblarda taʼkidlaganimizdek, ko‘p jihatdan makroiqtisodiy darajada vujudga kelayotgan muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan “Fond bozori professional ishtirokchilari soni yuztaga ham bormaydi. Shu bois 2020-2025 yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talabni ko‘paytirish, xorijiy birja, brokerlar va banklarni mamlakatimiz fond bozoriga jalb qilish lozim. Bugungi kunda yurtimizda tegishli malaka guvohnomasiga ega atigi 300 nafar mutaxassis bor. Rivojlangan mamlakatlarda bu sohada minglab kishilar ishlaydi .”, deya qayd etildi.
Bizning fikrimizcha, mamlakatimiz moliya bozoridagi qator muammolarning ijobiy yechimini topmasdan turib, tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatining samaradorligini oshirish mushkulligicha saqlanib qolish ehtimoli juda yuqori.
Shu bilan birga, tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati, xususan investitsion va emission hamda vositachilik operatsiyalari doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida ularning mazkur bozordagi faol va samarali ishtirokiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi bevosita va bilvosita muammolarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Demak, tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari bilan bog‘liq muammmolar quyidagilardan iborat:
- tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari ilmiy va nazariy jihatdan yetarli darajada o‘rganilmaganligi. Mamlakatimizda tijorat banklari investitsion operatsiyalari, shuningdek ularning ayrim emission va vositachilik faoliyatiga oid ilmiy tadqiqot ishlar amalga oshirilgan, biroq bajarilgan ilmiy ishlarida bevosita tijorat banklarining kapital bozoridagi faoliyati va mazmuniga bag‘ishlangan ilmiy qarashlar shakllantirilmagan. Bizning nazarimizda, buning asosiy sabablaridan biri mamlakatimizda moliya bozorlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi tijorat banklarining ushbu bozordagi faoliyatini rivojlanishiga yetarli darajada imkoniyat bermagan. Demak, tijorat banklarining kapital bozoridagi operatsiyalari, umuman ularning ushbu bozordagi faoliyatiga bag‘ishlangan tadqiqot ishlarini nazariy va amaliy jihatdan jonlashtirish lozim.
- bozor mexanizmlarining to‘liq joriy etilmasligi. Qayd etish joizki, mamlakatimizda bozor munosabatlariga o‘tilgan bo‘lsada uning tamoyillari va qoidalari ko‘p hollarda amaliyotda buning ijobati namoyon bo‘lmayapti. Xususan, tijorat banklarining kredit, investitsiya, ayniqsa banklarning emissiya operatsiyalari natijasida aksiyalarini sotish va ularning bozor bahosini shakllanishida, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro raqobatning mavjud emasligida yaqqol seziladi. Bu jarayonlar albatta tijorat banklarining kapital bozoridagi faoliyatini rivojlantirishga va shaffofligini taʼminlashga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Mazkur masalaning yechimi sifatida mamlakatda bozor mexanizmlari, qoidalari va talablarini jismoniy va yuridik shaxslarga barchaga bir xil tarzda amal qilishga erishish lozim. Shu bilan birga, xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning faoliyatiga, shu jumladan tijorat banklarining faoliyatiga davlatning (Markaziy bank orqali) aralashishini minumim darajaga tushirish, ularning ustav kapitali tarkibida davlaning ulushini jiddiy qisqartirish va moliya-kredit bozorlarida tabiiy raqobatni rivojlanishiga sharoit yaratish lozim.
- qimmatli qog‘ozlar bozor bahosining pastligi. Maʼlumki, muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning tadrijiy nominal bahosi deyarli o‘zgarmasdan ularning bozor bahosi shakllanish imkoniyatini bermayapti. Buning natijasida, tijorat banklari ustav kapitalining miqdorini oshirish uchun ular doimiy ravishda qo‘shimcha aksiyalarni muomalaga chiqarishga majbur bo‘lmoqda. Buning asosiy muammosi shundaki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar nominal bahosining bozordagi bahosining oshmasligi ularning qo‘shimcha kapital manbasini miqdorini oshirish imkoniyatni bermayapti. Xususan, tijorat banklari hisobotlarida qimmatli qog‘ozlarning balans qiymati va bozor qiymati o‘rtasida umuman farqning vujudga kelmasligidan xulosa qilish mumkinki, moliya bozorida kapital bozoriga talab va taklifning taʼsiri deyarli mavjud emasligi ularni qayta baholashga zaruriyat tug‘dirmaydi, bu holat ham tijorat banklari kapital bozoridagi ishtiroki bilan bog‘liq iqtisodiy manfaatdorligini pasaytiradi. Bizning nazarimizda, mazkur masalaning yechimi mahalliy va xorijiy investorlarning mamlakat moliya bozorlariga, shu jumladan banklarning qimmatli qog‘ozlariga ishonchini oshirish maqsadga muvofiq, bu albatta inflyasiya darajasini tushirish, qimmatli qog‘ozlar bahosining barqarorligini taʼminlashni talab etadi.
- мамлакатимиздаги tijorat banklarining asosiy qismida yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning mavjud emasligi. Tijorat banklarining aktivlari tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar ulushining yuqoriligi ularning aktivlarini diversifikatsiya qilish, banklarning likvidliligini operativ taʼminlash, kreditlarga nisbatan past foizlarda bo‘lsada daromad olish imkoniyatini beradi. Tahlillar va amalga oshirilgan o‘zgarishlar jarayonida mamlakatimiz tijorat banklari aktivlari tarkibida qilingan investitsiyalarning ulushi 1,5 foizga ham yetmasligi, tijorat banklarining asosiy qismida bu kabi moddaning umuman mavjud emasligi maʼlum bo‘ldi. Bu o‘z navbatida tijorat banklarining riskli aktivlar hisoblangan kreditlar ulushining ortishiga sabab bo‘lmoqda, xususan dissertatsiya ishini amalga oshirish jarayonida tahlil etish uchun olingan hisobot davrida mamlakatimiz tijorat banklari aktivlari tarkibida kreditlarning ulushi 75 foizdan yuqori bo‘lganligining guvohi bo‘ldik. Natijada tijorat banklarida birinchidan, transformatsion risklarning ulushini ortishiga sabab bo‘lsa, ikkinchidan tijorat banklari vujudga kelishi mumkin bo‘lgan likvidlilik muammosini zudlik bilan taʼminlash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Demak, mazkur muammoning yechimi sifatida hukumat va Markaziy bank tomonidan yuqori nufuzga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish maqsadga muvofiq.
banklarining kapital bozoridagi operatsiyalarini tartibga soluvchi va rag‘batlantiruvchi yagona tizimga keltirilgan qonuniy baza mavjud emasligi. Tadqiqot jarayonida tijorat banklarining kapital bozoridagi operatsiyalari va faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy asosi yagona tizimga keltirilmaganligi, balki Markaziy bank tomonidan bu sohada qabul qilingan nizomlar va meʼyoriy hujjatlar ayrim hollarda bir-birini o‘zaro bog‘liqlikda amalga oshirish imkoniyatini bermaydi. Shularni inobatga olgan holda, Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kapital bozoridagi operatsiyalarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Xususan, tijorat banklari tomonidan korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarishga ruxsat berish va ro‘yxatga olishni Markaziy bankka berish kerak. Bundan tashqari mamlakat fond birjalarida sotiladigan qimmatli qog‘ozlarning bahosi, sotish va sotib olish jarayonining shaffofligini taʼminlash, shuningdek investorlarning barqaror iqtisodiy manfaatdorligini taʼminlovchi mexanizmlarni joriy etish zarur.
tijorat banklari kapitalida davlat ulushining yuqoriligi. Tijorat banklari kapitali tarkibida davlat ulushi 86,1 foizdan yuqoriligi ularning o‘rtasida raqobat muhitini rivojlanishi va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarni samarali tashkil etishga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Taʼkidlash joizki, mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 may kuni “2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga banklarning o‘rta muddatli islohotlar strategiyasi sifatida ularning faoliyatini tubdan o‘zgartirish va xususiylashtirish, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi standartlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini va boshqalarni joriy etgan holda qonunchilik bazasini takomillashtirish, mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar, kreditlash mexanizmlari va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va kengaytirish, shuningdek kadrlar malakasini oshirish kabi ustuvor vazifalar belgilab qo‘yilgan. Farmonda ularning kapitali tarkibidagi ulushni kamaytirish bo‘yicha 2025 yilga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan quyidagi vazifalar belgilangan14:
- bank tizimi aktivlarining jami hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan 2025 yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
- banklar majburiyatlarining umumiy hajmida xususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan 2025 yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
- 2025 yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va nufuzga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
- umumiy kreditlash hajmidan bank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025 yilga kelib 4 foizgacha oshirish.
Bizning nazarimizda, mamlakatimiz tijorat banklari faoliyatiga oid mazkur vazifalarning bajarilishi ularning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini rivojlanishiga kuchli ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.
- эмитентларининг qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘rni va brendi shakllanmaganligi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti, talablari va qoidalaridan maʼlumki, istalgan mahsulotning yaxshi sotilishi, muvaffaqiyati uning ommabop brend assortimentida paydo bo‘lishidadir. Kuchli brendlar jahondagi barcha bozorda katta taʼsirga ega. Brendni yaratish bu murakkab ish. Bunda o‘z nomi va xizmatlarini qanday nom ostida taqdim etilishidan tortib, xodimlardagi korporativ yondashish, madaniyatga qadar o‘ylab ko‘rish lozim, mazkur masalalar keyingi yillarda dolzarb masalaga aylanib, uning ustida jiddiy ishlash va tahlil qilishni talab qilmoqda. Bu sohadagi xatolar falokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, ulardan eng yengili esa – moliyaviy zarar bo‘ladi. Biroq bank xizmatlarini, xususan ularning qimmatli qog‘ozlarining moliya bozorida brendini tashkil etmay sotishga urinish qimmat hamda ko‘p vaqtni sarflashni talab etadi. Hatto sotilgan taqdirda ham qimmatli qog‘ozlarning nominal bahosi o‘zgarishsiz qolishi natijasida ularning bozor bahosi shakllanmaydi, bu albatta tijorat banklari moliyaviy resurslarni jalb etish yoki o‘z mablag‘larini barqaror oshirish imkonini bermaydi. Ko‘plab bozorlar jadallik bilan rivojlanib bormoqdaki, eksklyuziv innovatsion taklif ham bugun muvaffaqiyatli taqdim etilgan bo‘lsada, juda qisqa fursat ichida shunga o‘xshash juda ko‘p nusxalar paydo bo‘la boshlayapti, boshqa sohalarda bo‘lgani singari banklar faoliyatida ham raqobat juda ko‘plab yo‘nalishlarda keskinlashmoqda. Tijorat banklarining moliya bozoridagi o‘rni va brendini shakllantirish va uni mustahkamlashning asosiy yo‘llaridan biri bu ularning qimmatli qog‘ozlarining nominal bahosining bozor bahosiga nisbatan pasayishi emas, aksincha oshib borish tendensiyasiga ega bo‘lish, ular bo‘yicha to‘lanadigan dividendlar va foizlarni barqarorligini taʼminlash maqsadga muvofiq.
banklarning qimmatli qog‘ozlariga investorlar va bank mijozlari ishonchining yo‘qligi. Bozor iqtisodiyotining asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotda mulkchilikning 80 foizdan yuqori ulushi xususiy va aksiyadorlik shakliga to‘g‘ri keladi. Bu albatta ularning qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilish hisobiga o‘z kapitalini va boshqa moliyaviy resurslarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning qimmatli qog‘ozlarini moliya bozorida sotib oluvchilarga iqtisodiy manfaatdorlik muhim hisoblanadi, buning uchun emitetlarning o‘z vaqtida foizlarni to‘lashi halollik asosida amalga oshirilishi lozim shundagina ularga nisbatan ishonch uyg‘onadi. Shu ikkita holatda aholi, investor va bank mijozlari ishonchini mustahkamlanishi yoki darz ketishiga olib keladi. Aksiyadorlar uchun shaxsiy pul mablag‘larini kompaniya, konsern va uyushmalarning kapitaliga kiritishda ikkita holat asos bo‘lib xizmat qiladi. Birinchisi, qo‘yilgan kapital kelishilgan muddatlarda to‘lig‘icha qaytib kelishiga bo‘lgan ishonchning mavjudligi, ikkinchisi ushbu kapital ularga qo‘shimcha daromad keltirish holati hisoblanadi. Mana shu ikkita holat yuzasidan aksiyadorlarda kompaniya, konsern yoki uyushmaning moliyaviy faoliyatiga shubha tug‘ilganda qo‘yilgan kapitalni zudlik bilan qaytarib olish istagi tug‘iladi. Bu holat, asosan, ushbu kompaniyalarning iqtisodiy inqirozi bilan yakun topadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning bozordagi faoliyati samarasiz bo‘ladi.
mamlakatda xufyona iqtisodiyot darajasining umum qabul qilingan meʼyorlaridan ortib ketishi. Iqtisodiy adabiyotlar va jurnallarda taʼkidlanishicha, hozirgi kunda xufyona iqtisodiyotning jahon miqyosidagi ulushi jami ijtimoiy mahsulotga nisbatan 5–10 foizni tashkil etmoqda. Xalqaro ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, xufyona iqtisodiyoning darajasi ushbu ko‘rsatkichdan ortsa, mamlakat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy–iqtisodiy siyosatga o‘zining salbiy taʼsirini o‘tkazadi, 40–50 foizni tashkil etsa u bevosita mamlakat barcha tarmoqlarining boshqaruv jarayonida turli yo‘llar bilan ishtirok etadi . Xufyona iqtisodiyot sharoitida xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning pul aylanmalari va tushumlari haqidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar real voqelikni aks ettirmaydi. Albatta bu qator muammoli holatlarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi: “Bunday tartibning kamchiligi shundaki, u xaridorlar doirasini cheklab qo‘yadi. Buning natijasida ikkilamchi bozor va bu qog‘ozlarning haqiqiy bozor qiymati bo‘lmaydi. Fikrimizcha, bu doirani kengaytirish ortidan likvidlik ham oshadi. Bundan tashqari narx kapital bozoriga indikator bo‘lib xizmat qiladi” – deya taʼkidladi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi vakili. O‘zbekistonda xufyoni iqtisodiyotning ulushi sezilarli darajada saqlanib qolayotganligi ham mamlakat moliya bozorlariga mahalliy va xorijiy investorlar ishonchiga putur yetishiga sabab bo‘lmoqda, fikrimizcha, keyingi yillarda bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, banklarning ustav kapitalini 60 foizgacha xususiylashtirish, ularning faoliyatiga davlat (Markaziy bank) aralashuvini kamaytirish, tabiiy raqobat muhitini shakllantirish kabilar shular jumlasidandir.
tijorat banklarida qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat yuritadigan professional mutaxassisslar yetishmasligi. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini samarali tashkil etishda ushbu bozorda professional mutaxassislar asosiy o‘rin tutadi. Biroq, bu masala bo‘yicha hozirgi kunda ayrim muammoli holatlar mavjud bo‘lib, ularni hal etish juda zarur hisoblanadi. Mazkur masalaga hukumat darajasida alohida eʼtibor qaratilishi bu masalaning naqadar muhim ekanligini anglatadi. Bizning nazarimizda, bu borada oliy taʼlim muassasalarida malakali mutaxassislarni qayta tayyorlash, ularning malakalarini oshirish, shuningdek xorij tajribasini ham o‘rganish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadga muvofiq.
tijorat banklarini boshqa xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning faoliyatida ulushli huquqlari shakllanmagan. Bizga maʼlumki, tijorat banklari iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning kapitalini shakllantirishda bevosita ishtirok etish orqali o‘zlarining moliyaviy resurslarini diversifikatsiya qilishi, dividend ko‘rinishida maʼlum darajada daromad olishi, kelgusida esa emitentning aksiyalarini nominal bahosining bozordagi bahosini ortishi hisobiga qo‘shimcha mablag‘ (daromad) jalb qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, kelgusida esa ular mazkur xo‘jalik yurituvchi subʼektlarining boshqaruv jarayonlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.
Markaziy bankning monetar siyosati (ochiq bozordagi operatsiyalari) tijorat banklari investitsion va emission operatsiyalariga bevosita va bilvosita yetarli taʼsir ko‘rsatmaydi. Maʼlumki, Markaziy bankning har qanday monetar siyosati tijorat banklarining faoliyatiga bevosita va bilvosita taʼsir qiladi. Taʼsir qilishi bu albatta tabiiy, lekin uning mamlakatda milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash, banklarning likvidliligini taʼminlash va ularning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini rag‘batlantirishi va samara berishi aniq emas. Chunki, Markaziy bank hozirgi kunda o‘zining qattiq pul-kredit siyosati orqali asosan iqtisodiyotdagi pul massasini kamaytirishga harakat qiladi. Bu o‘z navbatida, iqtisodiyotda pul taklifini kamayishi natijasida depozitlar va kreditlar bahosini oshishiga, xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning pulga bo‘lgan talabini qondirish imkonitiyatini bermaydi.
Ayniqsa, Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarining hajmi yuqori emasligi tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini rag‘batlantirmaydi. Bularning barchasi, tijorat banklarining aktivlari tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar hajmini oshishiga, shu bilan birga ularning emission operatsiyalari holatiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Buning natijasida Markaziy bank ko‘pchilik hollarda naqd pullarni muomalaga chiqarishga majbur, biroq muomalaga chiqarilgan naqd pullar ko‘pchilik hollarda to‘liq bank kassalariga qaytib kelmaslik holatlari kuzatiladi.
inflyasiya darajasining yuqori darajada saqlanib qolayotganligi investorlar, shu jumladan uy xo‘jaliklari sotib olish qobiliyaitiga taʼsiri. Milliy iqtisodiyotda inflyasiya darajasining yuqoriligi, investor va emitentlarning, yaʼni tijorat banklarining investor va emitent sifatida ushbu bozordagi faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qilmaydi, bu o‘z navbatida tijorat banklarining ushbu bozordagi faoliyatining rivojiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Ayniqsa, milliy iqtisodiyotda inflyasiya darajasining yuqoriligi tijorat banklari investitsion va emission operatsiyalarining asosiy ishtirokchilari hisoblangan uy xo‘jaliklari daromad va xarajatlariga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Quyidagi rasmda uy xo‘jaliklarining daromad tarkibi va hajmi haqidagi maʼlumotlar keltirilgan.
|
| |