|
Mavzu: Kapital bozorida tijorat banklarining o‘rni. Reja I. Kirish. II. Asosiy qism
|
bet | 11/11 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #159049 |
Bog'liq Курс иши-1 АXulosa va takliflar
Kapital bozorida tijorat banklar ishtirokini faollashtirishning shart-sharoitlari kapital bozori zamonaviy bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi sifatida, bo‘sh moliyaviy resurslarni foydali joylashtirishni xohlovchi investorlarning hamda investitsiyalarga ehtiyoj sezgan va jozibali investitsiya loyihalariga ega bo‘lgan emitentlarning manfaatlarini uyg‘unlashtirishga yordam beradi.
O`zbekiston Respublikasi kapital bozorida tijorat banklarining investitsion faoliyatini va faolligini rivojlantirish va istiqbollarini belgilashda davlat tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan bank tizimini shakllantirish, tijorat banklarining moliya bozorlarida, jumladan kapital bozoridagi ro`lini faollashtirish, ularning faoliyatini jahon banklari amaliyotiga yaqinlashtirish va pirovard natijada, tijorat banklarining ichki va xalqaro moliyaviy bozorlarda raqobatbardoshligini yuqori darajasiga erishish davlat tomonidan bank tizimini isloh qilishning strategik maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun, tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, tijorat banklarining yanada aksiyadorlashtirish, banklarga rahbarlik qilishda aksiyadorlarning ro`lini oshirish yo‘li bilan korporativ boshqarish tizimini mustahkamlash lozim.
O‘zbekiston Respublikasi kapital bozoridagi tijorat banklarining investitsiya faoliyatini jadallashtirish yo‘lidagi asosiy vazifalardan biri – bu bozorning axborot shaffofligi darajasini oshirishdan iboratdir, ya’ni tegishli axborotga qiziqishi paydo bo‘lgan shaxslar uni olishda teng huquqqa ega bo‘lishlaridir. Ushbu masalani yechishda kapital bozoriga oid axborot shaffoflik tizimini yaratish muhim ahamiyatga ega. Investorlar tomonidan qo‘yilgan asosiy shartlardan biri bo‘lib emitentlar va ularning qimmatli qog’ozlar haqidagi axboroti sifat darajasining oshishidir. Har bir investor qimmatli qog’ozlarga mablag‘ ajratishdan oldin emitent va qimmatli qog’ozlar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilib riskga baho beradi. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyati aynan shunga qaratilgan.15
Tijorat banklari tobora o’zlariga xos bo‘lmagan operatsiyalarini amalga oshira borib banklar uchun noan’anaviy hisoblangan moliya tadbirkorligini joriy etmoqda, jumladan, qimmatli qog’ozlar operatsiyalarini lizing va faktoring hamda kredit-moliya xizmatining boshqa turlari bilan shug‘ullanmoqda, taqdim etiladigan xizmatlar doirasini tinmay kengaytirib, sifatini yaxshilamoqda, yangi istiqbolli mijozlarni jalb qilish uchun raqobatlashmoqda.
Hozirda tijorat banklarining investitsion faoliyatini samarali amalga oshirishda quyidagi muammolar mavjud:
- tijorat banklarining ustav fondidagi davlatning ulushi kattaligi, emissiya qilingan aksiyalarning past aksiyalar taklifi, muomalada faqatgina emissiya qilingan aksiyalarning o’z miqdori mavjud;
- aksiyalarni kichik lotlar bilan joylashtirilmaydi, bu esa aksiyalarni yoyilishiga yo‘l qo‘ymaydi va ikkilamchi bozorda tijorat banklarining investitsiya faoliyatini rivojlanishiga xalaqit beradi;
- qimmatli qog’ozlar likvidliligini yo‘qligi tijorat banklarining investitsion faoliyatini yuritishda riskning yuqori ekanligini bildiradi;
- emitentlar faoliyatini shaffof emasligi tijorat banklarining faol investitsion faoliyat yuritish o‘rniga kapital bozorining passivligiga olib keladi;
- listingni rivojlanmasligi tijorat banklarining bozor kotirovkasida manfaat yo‘qligini bildiradi;
- tijorat banklarining kapital bozorida investitsion va emission siyosatining sifati pastligi va ularda kapital bozorida vositachilik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha strategiyaning yo‘qligi. O‘zbekistonda tijorat banklarining investitsion faoliyatini rivojlantirish istiqbollari quyidagicha:
- tijorat banklarining investitsion riskini sug‘urtalash tizimini ishlab chiqish va qо`llash, investitsiya va risklarni sug‘urtalash fondini tashkil etish;
- Market – meyker institutini rivojlanishiga soliq imtiyozlarini yaratish qimmatli qog’ozlar likvidliligini va bozor kotirovkasini ta’minlaydi, bu esa fond bozorida banklarning investitsion faolligini oshiradi;
- kapital bozorida tijorat banklarining faoliyatini reyting baholashini ishlab chiqish va qo‘llash;
- kapital bozorida tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalarining investitsion faoliyatini faollashtirish;
- milliy kapital bozorini xalqaro fond birjalar bilan integratsiyalashuvini ta’minlash, bu esa tijorat banklarining investitsion faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.16
Tijorat banklarining investitsion jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish borasida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsion loyihalarini, jumladan hududlarni rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni kreditlash hajmlarini yil mobaynida ma`lum darajadako‘paytirish;
- O‘zbekiston banklar assotsatsiyasi qoshida tijorat banklari bilan hamkorlikda kapital bozorida banklarning faolligini oshirishni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil qilish;
- tijorat banklarining ustav kapitaliga yo‘naltirilgan maqsadli mablag’lar hisobidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini imtiyozli kreditlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni davom ettirish.
O‘zbekistonda kapital bozorlariga oid ma’lumotlarni shaffoflik tizimi samaradorligini ko‘tarish uchun quyidagilarni bajarish lozim:
- manfaatdor shaxslarga fond bozori haqidagi ma’lumotlarni yyetkazib berish kanallarini kengaytirish;
- aksiyalar bozorida axborot-tahliliy tashkilotlarning faoliyatini diversifikatsiya qilish (muayyan bitimlarni ekspertizadan o‘tkazish, konyukturani o’rganish va tahlil qilish, huquqiy konsultatsiyalar);
- O‘zbekistonda kapital bozori holatini va iqtisodiyotning bir sohasi hisoblanuvchi investitsiya obyektlarini tavsiflovchi ixtisoslashtirilgan nashrlarni qo‘llab-quvvatlash;
- bozorning barcha qatnashchilari faoliyatini yagona axborot berish tizimini yaratishga jalb etish.
Shu bilan birga axborot shaffofligi samaradorligini oshirish uchun asosan axborot kanallarini kengaytirish, axborot tahliliy tarmoqlar faoliyatini diversifikatsiya qilish, ixtisoslashda nashrlarni qo‘llab-quvvatlash, yagona axborot tizimini yaratish lozim.
Iqtisodiyotga yo‘naltirilgan kreditlar hajmini oshirish va banklarning investitsion jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish borasida:
- iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsion loyihalarini, jumladan hududlarni rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni kreditlash hajmlarini yil mobaynida 30 foizga ko‘paytirish;
- O‘zbekiston banklar assotsatsiyasi qoshida tijorat banklari bilan hamkorlikda qimmatli qog’ozlar bozorida banklarning faolligini oshirishni moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil qilish;
- tijorat banklarining ustav kapitaliga yo‘naltirilgan maqsadli mablag’lar hisobidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini imtiyozli kreditlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni davom ettirish;
Banklarimiz daromadini oshirishi mumkin bo‘lgan operatsiyalardan yana biri bu trast operatsiyalari bo‘lishi mumkin. O‘rganilgan davr mobaynida mamlakatimiz tijorat banklarining trast operatsiyalari deyarli mavjud emasligini guvohi bo‘ldik. Bu boradagi faoliyatni rivojlantirish uchun avvalombor berilgan takliflar asosida mamlakatimiz fond bozorini rivojlantirish va aholining banklarga bo‘lgan ishonchini oshirish zarur bo‘ladi
O’zbekistonda tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar faoliyati tahlili shuni ko’rsatadiki, tijorat banklarining kapital bozorida emitent, professional ishtirokchi sifatidagi faoliyatlari ijobiy darajasi sust. Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdan oladigan daromadlari bank daromadlarini shakllantirishda hozirgacha sezilarli o’rin egallagani yo’q. Bundan tashqari, mamlakatimizda fond bozorining faoliyat ko’rsatishi uchun aralash model tanlanishidan makroiqtisodiy darajada ko’zlangan asosiy maqsad fond bozorida nobank investitsiya institutlari bilan bir qatorda tijorat banklari o’rtasida sog’lom raqobat muhitini yuzaga keltirish natijada fond bozorini rivojlantirish ko’zda tutilgan edi. Lekin afsuski, keyingi paytlarda fond bozorida tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bilan bir xil bo’lgan o’xshash funksiyani bajarishda, ya’ni fond bozorida jamg’armalarni investitsiyalarga transformatsiya qilishidagi roli pasayib bormoqda.
|
| |