|
Biznes marketingning mohiyati va ahamiyati Reja
|
bet | 1/2 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 18,22 Kb. | | #114746 |
Biznes marketingning mohiyati va ahamiyati
Reja:
1. Biznes marketingning mohiyati va ahamiyati
2. Biznes marketing muhiti
1. Biznes marketingning mohiyati va ahamiyati
Marketingning paydo boMish tarixi uzoq o‘tmishga ega. Ma’lumki, tovar va xizmatlarga bo‘lgan iste’molchilarning ehtiyojini, ularga haq to'lay olish qobiliyatlarini aniqlash zarurati, jahon iqtisodiy krizislari, tovarlami ortiqcha ishlab chiqarish, ulami omborlarda to‘planib qolishi kabi holatlar marketingni shakllanishi va rivojlanishida asos bo‘lib xizmat qildi. Shunday qilib, marketing iqtisodiy inqiroz kuchayotgan sharoitda, uni shu inqirozdan chiqarish uchun kurash, xaridor talabini aniqlash va qondirishga, korxonalarning tovarlar ishlab chiqarish, sotish faoliyatini tashkil etish va boshqarish tizimi sifatida ixtiro etilgan ekan. XX asrning boshida — 1903-yil AQSHning Pitsburg, 1905-yil Penselvaniya, 1910-yil Viskon universitetlarida marketing fanidan ma’ruzalar o‘qiy boshlandi. Amaliyotda ilk bor marketing bo'limlari 1911-yilda «Kretis pablishing Ko», «Svift end Ko», «Yu.S. rabker Ko» kabi kompaniyalarning boshqaruv apparati tarkibida tashkil etilgan. 1926-yilda AQSHda marketing va reklama o‘qituvchilaming Milliy assotsiatsiyasi tüzildi. 1931-yilda Amerika marketing jamiyati, 1937-yil esa Amerika Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 30—40-yillarda ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi. 50—60- yillarda Xalqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikrlari va marketing bo‘yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi Xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmidan boshlab 0 ‘zbekistonning iqtisodiy oliy o‘quv yurtlarida ham marketing kusrlari o‘qitila boshlandi. 1986-yilda «Sovplastital» qo'shma korxonasida birinchi bo‘lib marketing bo‘limi tuzildi. Keyingi yillarda Toshtekstilmash, Chkalov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Toshselmash kabi yirik korxonalarda ham marketing bo‘limlari tuzildi.
90-yillarga kelib, deyarli barcha korxonalar o'zlarining marketing bo'limlarini tuzdilar. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim maskanlari, kollej, litseylarda «Marketing asoslari» fani o‘qitila boshlandi. Marketing — tovar ayirboshlash yo‘Ii bilan ehtiyoj va talablami qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilaming o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabini shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing bu tovar harakatining barcha bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi, talab, taklif va bahoni o'rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste’mol qilish, iste’moldan keyingi turli xildagi servis xizmatlar ko‘rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli yondashishdir. Marketing — biznes falsafasidir. Bularning barchasi ayrim olingan soha va tarmoqlar biznes marketingi uchun ham xosdir. Biznes — inglizcha «Business» so'zidan olingan bo‘lib, ish (faoliyat) ma’nosini anglatadi. Faqat ular o‘zgacha ko‘rinishda namayon bo‘ladi va har bir biznes turining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Bu xususiyatlar yuridik va jismoniy shaxslarning o'zligidan kelib chiqadi. Har bir biznes turi boshqasidan o ‘zining maqsadi, shakl-shamoyili, siyrati, ishlab chiqargan mahsuloti bilan, xizmat turi esa o‘z ko‘rinishi, sifat, texniktexnologik ko‘rsatkichlari, iste’mol qiymati va hokazolar bilan birbiridan farq qiladilar. Masalan, ayrim mashhur siyosiy shaxslar o‘z oldilariga prezidentlik, senatorlik, bosh hakam yoki hokimlik lavozimini egallash uchun kompaniyada qatnashar ekanlar ularning asosiy vazifalari ko’proq saylovchilar ovoziga ega bo‘lishdir. Buning uchun ular (shaxsiy) marketing ishlab chiqqan usullardan foydalanib o‘z dasturlarini tuzishlari lozim bo‘ladi. U nda saylovchilarning (iste’molchilarning) xohish-irodalari, ehtiyojlarini aks ettirishlari va qalblariga yo‘l topish usullarini qo'llashlari lozim. Ular har bir saylovchi bilan uchrashuvda o‘z latofatlari, aql-idrok, madaniyat, go‘zal xulqatvorlar, shirin suxanlari kabi xislatlari bilan ularda ishonch uyg’ota olish yo‘llarini aniqlashda marketing tavsiyasidan foydalanadilar. Xolding, Trans Milliy kompaniya, konsern kabi yirik biznesning marketing organlari esa, o‘z tovar va xizmatlarini xaridorga barcha silatlarini to‘liq ko’rsatishlari, ularda talabni shakllantirishlari va bozorni ishg'ol qilish yo‘l-yo‘riqlarini izlashlari lozim. Ular o’zlarining tcxnik va tcxnologik jihatdan raqobatchilardan ustunliklarini yaqqol ko'rsala olishlari kerak. Biznes marketing boshqaruvi har bir biznes turi bo'yicha alohida-alohida tashkil etilishi yoki uning bir necha turini umumlashtirgan, birlashma, uyushma, konsern, korporatsiya, xolding kabilarga boshqarish apparati tarkibida ularga xizmat qiluvchi boshqarma, bo‘lim, guruh yoki mustaqil xo'jalik hisobidagi sof marketing firmasi, korxonasi sifatida tashkil etilishi mumkin. Biznes marketing guruhlari, bo'lim va boshqarmalarining maqsadi ham ular a’zosi bo'lgan jamoa nuqtayi nazaridan, ulaming manfaatlari yoMidagi boshqarishdir. Lekin, sof marketing korxona, firmalarini faoliyatini amalga oshirish uch xil manfaatlarini nazarda tutib amalga oshiriladigan faoliyatdir. Ular mustaqil, xo'jalik hisobidagi korxona bo'limi bo‘lganliklari tufayli awalo, o‘z faoliyatini yuritish, xo'jalik ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘lida bajariladigan ishlar majmui boMib, uning natijasida yuqori foyda olishlari yoki o‘z faoliyatlarini yaxshi tashkil eta olmasalar zarar ko‘rishlari mumkin. Ular iste’molchilarga xizmat qiladilar va ularni manfaatlarini ko‘zlab ish yuritmoqlari lozim. Iste’molchi talabi uning har bir xohishi, istagi marketing uchun qonun bo‘lmog‘i, bajarilmog'i lozim. Aks holda, u o‘z mijozidan ajralib qoladi. Buning uchun marketologlar iste’molchilar bilan doim aloqada bo‘lishi, ulaming istaklarini doim o‘rganib borishlari va shunga monand o‘z faoliyatlarini tashkil qilmog‘i va kerak boMganda, o‘zlarining ish usul va uslubiyatlarini o‘zgartirib bormoqlari lozim. Sof marketing korxonasi mahsulot yetkazib beruvchilarga, tovarlami ishlab chiqaruvchilarga, sotuvchilarga ham xizmat qiladilar. Demak, ulaming manfaatlarini ham ko‘zlab o‘zlarining ish faoliyatlarini tashkil etadilar. Buning uchun ular tovar ishlab chiqaruvchilarning tovarlariga bo'lgan ehtiyojni o'rganadilar, bozorlar sig‘imi, uning nishasi, imkoniyatlarini tahlil qiladilar, talab va taklif muvozanati, baho, soliqlar tizimi kabi barcha bozor unsurlari haqida ma’lumot yig‘adilar, tovar ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda xaridor g‘amini yeydilar. Tovarlami mukammallashtiradilar, ularni samarali yaxshi baholarga sotilishiga va >^ridor talabiga mos ravishda yetkazib berishga erishadilar. Reklama sohasidagi, sotish oldidan va tovarlar sotilgach ko'rsatiladigan xizmatlar ham tovar yetkazib beruvchilar uchun marketingni tashkil etish faoliyati uning manfaatlariga qaratilgan boMmogi lozim. Buning uchun ular xizmat ko‘rsatilayotgan barcha sohalarni texnikatexnologiyasi, tovar va xizm atlarini, xulq-atvorini, rivojlanish tendensiyalarini, istiqbolini va hokazolarni yaxshi anglashlarini chuqur his qilishlari lozim. Biznes marketing faoliyat ko'rsatayotgan sohalarga tadbirkorlik sohalari (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, bank va hokazolar), iste’molchilar (yuridik va jismoniy shaxslar), tovarlarning barcha turlari, bozor turlari, (moliyaviy, tovar, mehnat resurslari), bozor faoliyati sohasi (ichki va tashqi) va hokazolar kiradi.
ohasi (ichki va tashqi) va hokazolar kiradi. Biznes marketing barcha soha va tarmoqlar uchun umumiy va har biri uchun o‘ziga xos siyosat yuritadi. Uning tovar siyosati muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o‘ylab yuritilgan tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar siyosati har bir xizmat turi ishlab chiqarilgan mahsulotning aniq iste’molchilar guruhiga mo‘ljallangan bo‘lishini ta’minlaydi. Ya’ni, har qanday tovar aniq iste’mol manziliga ega bo‘lishi kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar assortimentining, amalda mavjud bo‘lmagan «o‘rtacha» deb ataluvchi iste’molchiga mo‘ljallanganidan juda ham ko‘p yutqazgan edi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab taqsimlanmagan tovarlar tanlash imkonini bermaydi. Marketingli yondashuv bunday vaziyatlar yuz berishidan mustasnodir. Biznes marketing tizimida sotish siyosati bu — tovar harakatini davriy tashkil etish jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha bo‘lgan harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilishning aniq tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan xaridor hamda vositachi orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulguiji va chakana savdoni, tashish va saqlashni o‘z ichiga oladi. Sotishni rag'batlantirish biznes marketingning muhim vazifalaridan biri bo‘lib, har bir soha va tarmoqda o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. U ishlab chiqarilgan tovami rejalashtirilgan sotish darajasini ta’minlashga imkon beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni rag‘batlantirish o‘z obyekti va subyektining xususiyatiga ko‘ra quyidagi faol shakllari mavjud: ko‘rgazma-savdo, yarmarkalar, xususiy (individual) savdo agentlari xizmatidan foydalanish, arzon baholar va hokazo. Biznes marketingda baho tizimi yordamida taklif va talab o'rtasidagi nisbatlar tartibga solinadi. Bu masala hozirgi kunda bizning korxonalar uchun murakkab va muhim muammolardan biridir
|
| |