16-mavzu. O’qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borishi




Download 8.17 Kb.
Sana19.11.2023
Hajmi8.17 Kb.
#101432
Bog'liq
16-mavzu. O’qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliya-fayllar.org
7 – Mavzu Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika). Ma’ruza rejasi (1), agroklaster-tashkil-etishning-nazariy-asoslari (1), KM Янги мустакил иш мавзулари №1-4 (1)

16-mavzu. O’qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borishi

16-MAVZU. O’QITUVCHINING TARBIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA FAOLIYAT OLIB BORISHI.
Reja:
1.Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda awalo o’qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng olijanob vazifa ekanligi.
2.SHarq allomalari ilmiy meroslarida ham komil inson tarbiyasi.
3.O’qituvchi bilishi lozim bo’lgan tarbiyaviy jarayonning asosiy xususiyatlari.
4.Tarbiyaning texnologiyaviyligi ta’lim muassasalarida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va unga erishishga sharoit yaratishi, nazariy asoslangan uzluksiz davom etadigan tarbiyalash jarayonining shakllari, metodlari, usullari va vositalarini o’qituvchi to’g’ri tanlab natijalarga erishishini ta’minlashi.
5.Pedagogikada tarbiya texnologiyalarini modellashtirish. Tarbiya texnologiyalarining samaradorligini oldindan ko’ra bilish yoki loyihalashtirishda va tadqiq etishda modellashtirishdan foydalanish to’g’risidagi muammo “pedagogik modellashtirish” nomini olganligi, predmetli va belgili modellashtirishlar.
6.Tarbiyaviy jarayon va tarbiya mazmunini samarali modellashtirish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, har bir o’quvchining tarbiya jarayonidagi faoliyatini yaxshi bilish.
Tayanch tushunchalar:
Mahorat strukturasi – tuzilishi, ko’rinishi.

Haqiqiy pedagog faqat bilimga emas, so’zalshish madaniyatiga ham ega bo’lishi kerak. Maktabda, umuman o’qish jarayonida 2 ta asosiy shaxs –o’qituvchi va o’quvchi bo’ladi. Bu ikkala shaxsning dars dars jarayonida, sinfdan tashqari ish olib borish jarayonida ularning bir-biri bilan to’g’ri munosabatda bo’lish, o’quvchi shaxsi shakllanishida ta'limimiy-tarbiyaviy jarayon effektiv ta'sir ko’rsatadi. O’qituvchi psixologik xususiyatini, qobiliyatini hisobga olgan holda unga murojaat qilishi kerak. Jaras jarayonida pedagog o’quvchi shaxsini pastga urmaslikka harakat qilishi, faqat buyruq, jerkish orqali tarbiyalamasligi kerak. O’quvchi o’zini va o’qituvchi xuquqlarini mustaqil anglay bilishi kerak. Masalan, 8 yillik maktabning direktori shunday deydi: «Men bir o’zim o’quvchilar bilan kurashib kelaman, aslida esa, hamma kurashishi kerak». Bu maktabning direktori o’qishni, intizomni yaxshilashga intilyapti. Lekin buning uchun to’g’ri yo’lni tanlamaydi, ya'ni – o’quvchilarga qarshi kurash olib borishi, ularni o’z xoxishiga mut'e qilish, shaxsni erga urish. Shular natijasida quyidagi choralar ko’riladi: majlislarda sharmanda qilish, va'da berdirish, ota-onalarni chaqirish va hokazo. Natijada, bir-biriga o’quvchi va o’qituvchi bir-biriga qarama-qarshi bo’lib qoladi. Aslida esa o’quvchi bilan o’qituvchining maqsadi, yo’nalishi bir joyga qaratilgan bo’lib, ular hamkorlikda ish olib borishlari shart. Pedagog faqat bilim berib qolmay, balki boshqalarning va o’zining hayoti uchun ma'suliyatni his qiladigan shaxsni, fuqaroni tarbyailashi kerak. Bunga esa kurash orqali emas, gumanistik munosabatlar orqali erishiladi. Shunday munosabatlar orqali o’quvchi o’z taqdirini ona yurtining xo’jayini ekanligini his etishi, har tomonlama rivojlanishiga erishishimiz kerak.


Pedagog bilan o’quvchining munosabati bo’limida o’qituvchi katta rol o’ynaydi. Chunki u etakchi rolini bajaradi.
Munosabat - pedagog faoliyatining eng asosiy professional qurolidir. Pedagogik munosabat esa - bu pedagogning o’quvchi bilan darsda, dasrdan tashqarida bo’lgan professional munosabat. Bu munosabat ijobiy psixzologik klimat yaratish uchun qaratilgan. Noto’g’ri pedagogik munosabat o’quvchining ikkilanishia, xotirasi, diqqatining bo’linishiga, mustaqil fikr yurita bilish, xohishni keskin pasaytirib yuboradi. Natijada faqat o’qituvchiga emas, balki uning faniga ham o’quvchi tomonidan negativ qarash paydo bo’ladi.
Pedagogik (faoliyat) munosabat, sosial-psixologik prosess singari quyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi: shaxsni anglash, informasiya almashish, faoliyatning tashkil etilishi, rollar almashinuvi, hamdardlik va o’zini ishontirish.
Munosabatning informasiyaviy funksiyasi, ma'naviy boyliklarni va materiallar almashinuvini ta'minlaydi, ta'lim-tarbiya jarayonida ijobiy motivizasiya uchun sharoit yaratadi. O’qituvchi uchun bolani tushuna bilish ularning ehtiyojlarini bilish muhim. Dars rejasini tuza turib, faqatgina informasiyani o’quvchi tomonidan o’zlashtirish emas, balki, mustaqil o’z fikrini bayon etishni ham inobatga olish zarur. O’quvchini darsga qiziqtirish va rag’batlantirib turish kerak.
Ijodiy faoliyatdagi mahorat. Mahorat strukturasi (tuzilishi).
Tarbiyachining ijodkorligi asosan bolalar bilan o’tkaziladigan biror bir tadbirni uyushtirishda namoyon bo’ladi. Bu tadbirlarni uyushtirishda maqsad asosan bolalarni aqliy rmivojlanishiga, voqea hodisalarni to’g’ri tahlil qilishga, to’g’ri firklashga va tushunishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Masalan, Navro’z bayrami, kunning 2-yarmidagi ko’ngil ochar soatlar. Tug’ilgan kunlar va boshqalar.
Bu tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad bolalarni jamoaga to’plab va jamoa bo’lib, ijod qilishga qaratilgan. Endi jamoa bo’lib bajariladigan ishni qanda ytashkil qilishni bosqichlarga bo’lib ko’rib chiqamiz.
Jamoa bo’lib bajariladigan ish:
1. Birinchi bosqich - jamoaning dastlabki ishi.
2. Ikkinchi bosqich - ishni jamoa bo’lib rejalashtirish ishi.
3. Uchinchi bosqich - jamoa bo’lib bajarish ishiga tayyorgarlik.
4. To’rtinchi boqich - jamoa bo’lib bajarish ishini o’tkazish.
5. Beshinchi bosqich - jamoa bo’lib bajarish ishini yakunlash.
6. Oltinchi bosqich - jamoa bo’lib bajarish ishining natijasi.
Birinchi bosqichda tarbiyasiz bolalar bilan suhbat uyushtirib, ularni jamoa bo’lib bajarish qanday ish bajarmoqchi ekanligini aniqlaydi. Masalan, biz kim va nima uchun ishlamoqchimiz? Qachon? Qaerda? Kim bilan, kim boshchilik qiladi?
Ikkinchi boqichda bolalar bilan bajariladigan ishning rejasini tuzib oladi. Buning uchun kichik-kichik guruhlar tuzib, ulardan sizlar nima qilmoqchisizlar? Kim uchun bajarmoqchisizlar? deb bolalarning qiziqishi va bajaradigan ishga munosabatini aniqlaydi.
Uchinchi bosqichda tarbiyachi tadbirni o’tkazish uchun tashkilotchi rahbarni aniqlaydi. Ularga konsultasiyalar beradi. Barcha masalalarni birgalikda hal qilish kerakligi, tadbirga tayyorgarlikni va o’tkazilishini nazorat qilish bir-birlari bilan tajriba almashishni maslahat beradi.
To’rtinchi bosiqichda jamoa bo’lib bajarish ishini o’tkazish jamoa rejalashtirgan ishni amalga oshirish. Bu davrda tarbiyachi barcha egallangan bilimlarni ishga soladi va ishning yaxshi chiqishi uchun harakat qiladi. Masalan, «Ota-onalar burchagiga har xil foto, stend, devoriy guzetalar».
Beshinchi boqichda jamoa bo’lib bajarish ish yakunini qay darajada ekanini? Nimani bajara olding? Nimani bajara olmading va nima uchun kabi savollarga javob izlaydi. Masalan, tarbiyachi har bir tarbiyalanuvchidan mana shu savolga jovoblarni fikralshga, aniqlashga qaratadi. Oltinchi bosqichda ish natijalarini birgalikda muhokama qilinadi va uni ish tajribasi sifatida boshqa guruhlarga almashtiriladi. Metodik qo’llanma qilib ishlab chiqiladi. Masalan, bolalar bog’chisida tarbiyachilarning ish tajribasi.
Tekshirish va o’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar:

1. Tarbiyachining ijodiy faoliyatidagi mahorat strukturasi qanday?


2. Tarbiyachining ijodkorligiqanday ko’rinishlarda namoyon bo’ladi?
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
2.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003.
3.Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007.
4.Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996.
http://fayllar.org
Download 8.17 Kb.




Download 8.17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



16-mavzu. O’qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat olib borishi

Download 8.17 Kb.