• 21-modda. Dorixona.
  • 2-amaliy mashg‘ulot: dorixonalarda chakana savdoni tashkil qilish. Retseptsiz savdoni tashkil qilish




    Download 76,42 Kb.
    bet1/3
    Sana02.02.2024
    Hajmi76,42 Kb.
    #150639
      1   2   3
    Bog'liq
    2-lab


    2-AMALIY MASHG‘ULOT: DORIXONALARDA CHAKANA SAVDONI TASHKIL QILISH. RETSEPTSIZ SAVDONI TASHKIL QILISH
    1.Dorixonalarda chakana savdoni tashkil etish tartiblari . O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini keng joriy etish va chuqurlashtirish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rivojlantirish, respublika aholisini dori vositalari bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida, yuqorida qayd etilganidek, Respublika "Dori-darmon" aksionerlik kompaniyasining viloyatlar, Toshkent shahrida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida uning hududiy birlashmalari tashkil etildi.
    Dori vositalari bilan chakana savdo qilish huquqi, asosan, mulkchilik shaklining aksioner, jamoa va xususiy dorixonalariga ruxsat etildi.
    Bu dorixonalarga dori vositalarini sotishda tegishli tartib- qoidalarga amal qilish, ular bilan savdo qilish qoidalarini ta'minlash mas'uliyati yuklatilgan. Dori vositalarini sotish O‘zbekiston Respublikasining "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi (1997-yil 25-apreldaqi birinchi tahriri, 2016-yil 4 aprelidagi yangi tahriri) qabul qilingan Qonun asosida dorixona muassasalari tomonidan olib boriladi va dori vositalari faqat dorixona muassasalari orqali sotiladi.

    • 21-modda. Dorixona. Dorixona dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi. Dorixonalar sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, ma’danli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qo‘shimchalarni realizatsiya qilishni ularning qo‘llanilishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi mumkin.

    • Dorixona mudiri oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lishi kerak.

    • Dorixona filialining mudiri farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.

    • Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini ta’minlovchi saqlash sharoitlariga dorixonalar tomonidan rioya etilishi kerak.

    • Dorixonalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak.

    • Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat vakolatli organni mazkur faoliyatni boshlaganlik to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklidagi optikani (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti) tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Optikaning filiallari va davolash-profilaktika muassasalarining optikasi ham optika toifasi jumlasiga kiradi.

    • Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishi uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.

    2. Farmatsevt kadrlarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, kasb tavsifnomasi.




    • 1.8. Mazkur talablarning 1.7-bandiga muvofiq, dorixona filiali mavjud bo‘lgan tayyor dori vositalari shakli (TDSh) dorixonalar umumiy maydoni kamida 54 m.kv bo‘lgan, filialga ega bo‘lmagan TDSh dorixonalari yoki filiallar umumiy maydoni kamida 34 m.kvdan bo‘lishi kerak.

    • 1.9. Qishloq vrachlik punktlari binosida dorixona filiallari kamida 8 m.kv kam bo‘lgan maydonda joylashtirilishi mumkin.


    • Download 76,42 Kb.
      1   2   3




    Download 76,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-amaliy mashg‘ulot: dorixonalarda chakana savdoni tashkil qilish. Retseptsiz savdoni tashkil qilish

    Download 76,42 Kb.