III. Dorixona xonalarini yoritish va sanitariya jihatidan obodonlashtirish




Download 76,42 Kb.
bet3/3
Sana02.02.2024
Hajmi76,42 Kb.
#150639
1   2   3
Bog'liq
2-lab

III. Dorixona xonalarini yoritish va sanitariya jihatidan obodonlashtirish

  • 3.1. Dorixona xonalarini markaziy suvli isitish tavsiya etiladi. jamoat va aholi turar joy binolaridagi dorixona (filiallar) binoning isitish tizimiga ulanadi.

  • 3.2. Silliq devorga o‘rnatiladigan changdan tozalash uchun qulay radiatorlar ayniqsa afzal hisoblanadi.

  • 3.3. Dorixona (filiallar) binolaridagi issiqlik suv ta’minoti, havoni almashtirish, ventilatsiya va isitish ta’minotini loyihalashda mazkur bandga va KMK 2.10.04-96 “Qurilish issiqlik texnikasi”, KMK 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va havo almashtirish” bandlarida qo‘yilgan talablarga rioya etish kerak.

  • 3.4. Alohida binoda joylashgan hamda qishloq joylarda joylashgan dorixonalar avtonom isitilishi mumkin. Xonani yonuvchi gaz asboblari yoki ochiq spiralli elektr isitgich asboblari bilan isitishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • 3.5. Binoni isitish davrida savdo zalida havo harorati 16°S dan yuqori bo‘lmagan darajada bo‘lishi kerak.

  • 3.6. Dorixona xonalarini 1 soat ichida bir marotabadan kam bo‘lmagan havo almashtirishni ta’minlaydigan tabiiy umumalmashtiruvchi ventilatsiya ishlatishga yo‘l qo‘yiladi

  • 3.7. Issiqlik tashuvchi sifatida 70° S dan kam bo‘lmagan haroratda suvli isitish tizimini qo‘llash mumkin.

  • 3.8. Isitish asboblari tizimini deraza tagiga o‘rnatish kerak bo‘ladi.

  • 3.9. Ventilatsiya tizimi uskunalarini, shuningdek pastki qavatda o‘rnatish mumkin.

  • 3.10. Dorixona (filiallar) xonalarini sun’iy yoritishni KMK 2.01.05-98 “Sun’iy va tabiiy yoritish” va mazkur band talablariga muvofiq loyihalashtirish kerak.



    • 3.11. Dorixona va filiallar xonalarini yoritilishi cho‘g‘lanma lampa va lyuminatsiyalangan lampalar orqali amalga oshiriladi, bunda lyuminatsiyalangan yoritgichlar shovqinni pasaytirishni tartibga soluvchi apparat bilan komplektlangan bo‘lishi kerak.

    • 3.12. Xona shiftiga o‘rnatilgan umumiy yoritqichlar yopiq nur tarqatish moslamalari bilan qoplangan bo‘lishi kerak.

    • Dorixona va ularning filiallari ichki va tashqi telefon aloqasi, internet tarmog‘iga doimiy kirish imkonini beruvchi kompyuter yoki boshqa turdagi telekommunikatsiya tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘lanadigan texnik vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

    Download 76,42 Kb.
  • 1   2   3




    Download 76,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Dorixona xonalarini yoritish va sanitariya jihatidan obodonlashtirish

    Download 76,42 Kb.