II. Dorixona xonalari va asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar




Download 76,42 Kb.
bet2/3
Sana02.02.2024
Hajmi76,42 Kb.
#150639
1   2   3
Bog'liq
2-lab

II. Dorixona xonalari va asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar

  • 2.1. Dorixonaga kirish joyida 1,0 m. kenglikdagi pandus bilan jihozlangan bo‘lishi kerak (istisno tariqasida 0,9 m. bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi). 0,7 — 0,9 m. balandlikdagi qo‘l ushlagichlar o‘rnatilishi lozim, pandus qiyaligi 1:10 nisbatdan yuqori bo‘lmasligi kerak (ShNK 2.07,02-07, SanKiN № 0266-09, ShNK 2.08.02-09), shuningdek oyoq kiyimini tozalash moslamalari (reshetka, skrebka va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Moslamalar zarur bo‘lganda, ammo bir kunda bir martadan kam bo‘lmagan holda tozalab turiladi.

  • 2.2. Xona devori, shifti va pollari dezinfeksiyalovchi moddalar bilan nam tozalashga yo‘l qo‘yiladigan xolda ta’mirlangan bo‘lishi kerak. Ta’mirlovchi vositalar sifatida suvga chidamli bo‘yoq, emal va och rangli glazurlangan kafel plitkalari (mayolika) qo‘llanilishi mumkin. Pollar keramik glazurlanmagan (terrakotli) plitkalar yoki choklari payvandlangan lenolium bilan qoplanadi.

  • 2.3. Dorixona asbob-uskunalari tibbiyot vositalari ta’siriga va ba’zi xollarda kimyoviy reaktivlar ta’siriga turg‘un materiallardan ishlangan, tashqi va ichki tomoni tekis bo‘lishi kerak. Asbob-uskunalar va dorixona mebellari tozalashga xalaqit bermaydigan va yorug‘lik tushishini to‘smagan xolda joylashtirilishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarida ish faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan asbob-uskunalarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • 2.4. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasi zarur miqdorda javon, taglik, tovar qo‘ygichlar va boshqalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Dori vositalarini polda tovar qo‘ygichsiz joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • Stellajlar shunday joylashtirilishi lozimki, tashqi devorlardan 0,6-0,7 m masofada, shiftdan 0,5 m, poldan 0,25 m dan kam bo‘lmagan masofada bo‘lishi zarur. Derazalarga nisbatan stellajlar ular oralig‘iga yorug‘lik tushadigan darajada joylashtiriladi. Stellajlar oralig‘idagi masofa 0,75 m dan kam bo‘lmagan holda va erkin harakatlanishni ta’minlaydigan darajada joylashtiriladi.

  • Dorixona omborxonasi va dorixona toza holda bo‘lishi ta’minlanishi uchun (bir kunda bir mahal), yuvishga ruxsat etilgan vositalarni qo‘llagan xolda nam tozalash usuli bilan muntazam ravishda tozalash ishlari olib borilishi zarur.

  • 2.5. Yoz kunlari oftobga qarab joylashgan oyna va vitrinalar, oftobdan himoyalangan moslamalar (jalyuza, markizlar va sh.q.) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

  • 2.6. Xonani shamollatish uchun ishlatiladigan derazaning yuqori qismi va fortochkasi katakchasi 2 x 3 mm dan katta bo‘lmagan o‘lchamdagi echiladigan metall yoki plastmassa setka bilan himoyalanadi.

  • 2.7. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasida plakat va devoriy gazeta osish, gullarni o‘stirish, polga gilam solish, pardalar osishga yo‘l qo‘yilmaydi. Buning uchun yo‘lak, xodimlar dam olish xonasi, kabinetlardan foydalanish mumkin.

  • Xonada ish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar jadvali va stendlar dizenfeksiya qilinadigan va namlik bilan tozalanadigan materiallardan tayyorlanishi kerak.

  • 2.8. Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish hududlaridagi dorixona xodimining ish joyida to‘g‘ridan to‘g‘ri tomchi orqali o‘tuvchi infeksiyalardan xodimlarni himoya qiluvchi moslama o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

  • Xona devorining qo‘l yuvish moslamasi o‘rnatiladigan qismi 1,6 m balandlikda va tomonlari 20 sm kenglikda bo‘lishi ko‘zda tutilgan xolda glazurlangan plitka yoki boshqa namlikni ko‘taruvchi material bilan ishlov berilishi shart.

    • 3.Dorixona xonalari va jihozlariga qo‘yiladigan sanitar tartib qoidalari.
      Download 76,42 Kb.
  • 1   2   3




    Download 76,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. Dorixona xonalari va asbob-uskunalariga qo‘yiladigan talablar

    Download 76,42 Kb.