Kurgazmali qurol, tv bilan; buyalgan plakat tayanch konspekt bo’yicha qayta tushuntirish; plakat




Download 4,46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.11.2023
Hajmi4,46 Kb.
#107689
Bog'liq
Text to PDF 29112023 113928



kurgazmali qurol, TV bilan); buyalgan plakat - tayanch konspekt bo’yicha qayta tushuntirish; plakat
bo’yicha qisqacha bayon qilish; o’quvchilarning o’zkonspektlari ustida individual ishlashlari,
konspekt bloklari bo’yicha keng mustahkamlash. 2. Uydagi mustakil ishlar: tayanch konspektk
darslik ota-onalar yordami. o’quvchilarga uqtirish: konspektdan foydalangan holda o’qituvchining
tushuntirganlarini esla, berilgan materialni kitobdan o’qi; o’qiganlaringni konspekt bilan qiyosla;
konspekt yordamida darslik materiallarini so’zlab ber (kodlashtirish-dekodlashtirish); konspektni
so’zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab chiqqish va namunaga
qiyosla. 3. Birinchi takrorlash - konspektni uzlashtirishni xar tomonlama keng nazorat qilish: barcha
o’quvchilar konspektni xotirasida kayta ishla b chiqadilar, o’qituvchi ularni peshma-pesh tekshirib
boradi; bir vaqtning o’zida "asta" va magnitafon orqali so’rab boradi; yozma ishdan so’ng og’zaki
so’rash boshlanadi. 4. Tayanch konspektni og’zaki so’zlab olish – o’zlashtirishdagi tashqi nutq
(og’zaki) faoliyatining eng muhim bosqichi, u turli savol-javoblar jarayonida yuz beradi. 5. Ikkinchi
takrorlash-umumlashtirish va bir tizimga keltirish (tartibga tushirish): o’zaro nazorat darslari;
oldindan sinov savollari ruyxatini nashr qilish; tayyorlash; barcha turdagi nazoratlardan foydalanish
(taxtada, astagina, yozma va b.); o’zaro so’rash va o’zaro yordam; o’yinli unsurlar (jamoalar
bellashuvi, rebusni topishi va b.). Nazorat, baholash. V.F.Shatolov o’quvchilarning bilim, malaka va
ko’nikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi. 17 Doimiy tashki
nazoratni o’zini-o’zi nazorat qilish va o’z-o’zini baholash bilan bog’lash, xar birini bosqichma-
bosqich nazorat qilish, kuchi yetadigan darajada talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati
mavjudligi, natijalar oshkorligi, ikki bahoning yo’qligi, past bahodan qo’rqishning yo’qligi. Nazorat
shakllari: tayanch konspekt bo’yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda surash,
magnitafonda, juftlikda o’zaro nazorat, guruhdagi o’zaro nazorat, uy nazorati, o’z-o’zini baholash.
O’quvchi tomonidan olingan xar bir baho bilimlarni maxsus ochilgan kuzguga quyib boriladi. U
go’yo o’quvchiga xizmat qiladigan ruyxat vazifasini bajaradi, baholar esa ijobiy shifrlangan
tavsifnoma ahamiyatiga ega bo’ladi. Bunday tavsifnomani e’lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga
ega bo’ladi. Bu tavsifnomaning eng muhim tomoni shundaki, o’quvchi hohlagan vaqtida xar
qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga uzgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati
ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F. Shatalov, avvalambor, o’quvchida ijobiy e’tiborni
kuzgatadigan vosita, turtki bo’lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo’ladi,
o’qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf
qiladi. Metodik usullar (pedagogik mikrounsurlar) tirkamasiga: uchirma takrorlash, releli
(almashma) nazorat ishlar, desant metodi, zanjir metodi, vazifalar ichida "chumilmoq", kitobdagi
xatolarni topmoq, varaqchalarda misol-masala yechish, tanlov asosida misol-masala yechish, 4
qo’lda yechish, tajriba darslari, "miyaga" niktash, quyidan yuqoriga qarab yechish, aytib berganni
rag’batlantirish, ochiq fikrlar darsi, oltinchi ball, ijodiy konspekt, tezaytish, keskinlikni yumshatish
usullari (musiqa, yorug’lik, tanaffus va b.) va b. V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o’quv
faoliyati tizimi maktab o’quvchilarida eksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika
o’qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi fanlarni
o’qitishda ham keng tarqaldi
SHAXSGA YO’NALTIRILGAN O’QITISH TEXNOLOGIYALARNING AMALDA QO’LLANISHI


O’qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo’llash, o’qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va
yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi. Endi shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning
nima uchun bugungi kunda dolzarb bo’lib borayotganligi, nima uchun mazkur texnologiyalar
ta’limning hozirgi kuni, kelajagi bo’lib qolganligi hamda ularning mohiyati haqida qisqacha
to’xtalamiz.
Mazkur o’qitish texnologiyasida pedagogikaning o’quvchiga munosabati avtoritar xarakterga
ega, ya’ni ta’lim jarayonida u yagona subyekt sifatida namoyon bo’ladi, o’quvchilar esa faqatgina
obyekt vazifasini bajaradi, xolos. Boshqacha qilib aytganda avtoritar o’qitish texnologiyasida
o’quvchining tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo’qoladi, o’qitish majburiy yo’sinda amalga
oshiriladi. Hanuzgacha jahonda eng ko’p tarqalgan o’qitishning sinf-dars tizimida mashg’ulotlari
asosiy birligi dars bo’lib, u bitta fanining bitta mavzusiga bag’ishlanadi va o’qituvchi tomonidan
boshqariladi.
An’anaviy o’qitish texnologiyasining qusurlari ustida to’xtalib, O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining IX sessiyasida (1997 yil 29 avgust) Birinchi Prezident Islom Karimov bolalar qaysi
sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? Umuman maktabda mustaqil fikr yuritishga
o’rgatiladimi? degan savollarni qo’ydilar va ularga quyidagicha 25 javob berdilar: «Aminmanki,
o’rgatilmaydi. Mobodo biror o’quvchi o’qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hyech kim havas
qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi
tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: «Mening aytganim-
aytgan, deganim-degan». Demak, an’anaviy ta’lim texnologiyasida o’qituvchi va o’quvchi
munosabatida majburiy itoatkorlik, ya’ni zo’ravonlik pedagogikasi amal qiladi». An’anaviy o’qitish
texnologiyasining boshqa qusurlarini ham namoyish qilish maqsadida 1-rasmning chap tomoniga
diqqatingizni jalb qilamiz: ko’rinib turibdiki, birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, zo’ravonlikka
asoslangan bu pedagogikada pedagog yagona su’bekt, o’quvchilar pedagogik jarayon obyekti,
o’qitish tushuntiruv-ko’rgazmali usulda olib boriladi. O’qitish ommaviy tarzda olib borilishi tufayli
o’quvchilarning tashabbusi va mustaqilligi o’zidan-o’zi so’nib boraveradi. Shu bois texnologiya
asosan o’quvchilarda bilim, ko’nikmalarni shakllantiradi, ular shaxsini rivojlantirishni ko’zda
tutmaydi. O’z-o’zidan ko’rinadiki, an’anaviy o’qitish texnologiyasi o’z tabiatiga ko’ra ta’lim
muassasalari oldiga jamiyatimiz tomonidan qo’yilgan talablarga butunlay javob bermaydi. Bundan
farqli o’laroq shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarda o’quvchi ta’limning milliy modeli mohiyatiga
ko’ra pedagogik jarayon markaziga qo’yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro’yobga
chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi. Ta’limning milliy modelini – shaxs, davlat va
jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat 5 ta tarkibiy qismida «shaxs» asosiy tarkibiy
qism – birinchi o’rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan o’qitish
o’quvchi shaxsiga yo’nartirilgan bo’lishi lozim.

Download 4,46 Kb.




Download 4,46 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurgazmali qurol, tv bilan; buyalgan plakat tayanch konspekt bo’yicha qayta tushuntirish; plakat

Download 4,46 Kb.
Pdf ko'rish