-jadval “Toshkent” RFBda tijorat banklari aksiyalari bahosi




Download 0,54 Mb.
bet9/11
Sana19.02.2024
Hajmi0,54 Mb.
#159049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Курс иши-1 А

5-jadval
Toshkent” RFBda tijorat banklari aksiyalari bahosi
(2022 yil 1 aprel holatiga)13

T/r

Emitent nomi

Nominal qiymati (so`m)

Bozor qiymati (so`m)

1

“Kapitalbank” ATB

950

4 028

2

“Hamkorbank” ATB

5.0

29.01

3

“Aloqabank” ATB

121

155

4

“Ipoteka bank” ATB

1.0

2.0

5

“Trastbank” XAB

1 000

11 000

6

“Sanoatqurilishbank” ATB

19.0

35.99

7

Mikrokreditbank ATB

1 068

500

8

Qishloqqurilishbank ATB

119.25

210

9

Turonbank ATB

1 700

2 760

10

Agrobank ATB

1 168

2 000

Yuqoridagi jadvaldan kelib chiqib aytish mumkinki tijorat banklarining fond bozoridagi faoliyati birmuncha yaxshiroq deb aytish mumkin. Tijorat banklari aksiyalariga bo`lgan talab avvalga yillarga nisbatan ancha o`sgan. Buni tijorat banklari aksiyalari narxlaridan ham bilish mumkin. Jadvalga e`tibor beradigan bo`lsak eng baland narx “Trastbank” XAB ga tegishliligini ko`ramiz. Keyingi o`rinlarda “Kapitalbank” ATB aksiya bozor narxlari. Ushbu bank aksiyasining nominal qiymati atigi 950 so`m bo`lsa bozor bahosi esa 4 028 so`mni tashkil qilmoqda. “Turonbank” ATB aksiyalari esa 1 700 so`m nominal bahosi 2 760 so`m bozor bahosi. Undan keying o`rinlarda “Aloqabank” ATB, “Ipoteka bank” ATB va boshqa tijorat banklari aksiyalari bahosini ko`rishimiz mumkin ko`rishimiz mumkin.
O’zbekistonda kapital bozorida tijorat banklarining faoliyat mexanizmlari va ularni tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi taxliliy natijalarga kelindi:
- fond bozorida tijorat banklarining davlat va o’z-o’zini muvofiqlashtirish institutlari tomonidan tartibga solish tizimining takomillashtirish darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir;
- banklar fond bozorida passiv va aktiv operatsiyalarni sust olib bormoqdalar buni yanada jonlantirish lozim;
- banklarning fond bozorida investitsiya, emissiya va dividend siyosatlari talab darajasida emas;
- banklar qimmatli qog’ozlar bozorida professional ishtirokchisi sifatida sustfaoliyat yuritmoqda;
- banklarda korporativ boshqaruv va menejment masalalari passiv hal etilmoqda;
- banklarning kredit va qimmatli qog’ozlar bozoridagi siyosatlari balansi past samara bermoqda
Yuqorida ko’rsatilgan tadbirlar natijasida O’zbekistonda tijorat banklari faoliyatini fond bozorida faollashtirishda asosiy e’tibor quyidagi yo’nalishlarga qaratilishi maqsadga muvofiq.
-tijorat banklarining fond bozoridagi faoliyatining huquqiy va me’yoriy asoslarini takomillashtirish;
-tijorat banklarida korporativ boshqarish va menejmentni yaxshilash.
Tijorat banklarining fond bozoridagi faoliyatini kengaytirish maqsadida Markaziy bank va Kapital bozorinirivojlantirish agentligi bilan birgalikda banklarning kapital bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga doir talablar to’g’risida nizom ishlab chiqildi. Endilikda mazkur hujjatga ko’ra banklar kapital bozorining professional ishtirokchilari sifatida ushbu faoliyat turlari bilan alohida litsenziya olmasdan ham shug’ullanishi mumkin. Ushbu tartibning joriy etilishi albatta, banklarning investitsion faolligini oshirishga va ularning kapital bozoridagi faoliyatini yanada erkinlashtirishga zamin yaratadi.
Milliy kapital bozorining hozirgi zamon huquqiy bazasini yaratish bosqichlarida qonunchilikni ishlab chiqish va yangilashda tizimli yondoshishni, hamda qonun tarkibini tartibga solish va tizimlashtirish bo’yicha ishlar olib borishni talab qilmoqda. U O’zbekistonda oxirgi 10 yil ichida moliyaviy faoliyatning ushbu muhim sohasini rivojlantirishga qaratilgan qator qonunlar, Prezident farmonlari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq qilindi.
Ushbu hujjatlarni amaliyotga tadbiq etish qator tadbirlarni amalga oshirish uchun huquqiy bazaning yaratilishiga asos bo’ldi. Jumladan:
- depozitar, hisob-kliring faoliyati, banklarning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarini birjadan tashqari savdosining elektron tizimini tartibga solish;
- tijorat banklari faoliyatini mukammallashtirish;
- litsenziyalash yo’li bilan professional ishtirokchilarga talablarni oshirish;
- mutaxassislarni elektron testdan o’tkazish;
- bank kapitalini boshqarish;
- iqtisodiy sanktsiyalarni rasmiylashtirish va qo’llash
Amalda tijorat banklarining investitsiyalariga – bank aktivining so’ndirilish muddati bir yildan ortiq bo’lgan qimmatli qog’ozlarga qo’shimcha daromad olish uchun yo’naltirilishi hisoblanadi. Agar tijorat banki, emitentlarning muomalaga chiqargan qimmatli qog’ozlarni har xil miqdorda xarid etib olsa, bu qo’yilmalarni diversifikatsiya qilishda ushbu bankning investitsiya portfeli haqida gapirish mumkin. Tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarishning mohiyati esa boshqa investorlarning investitsiya portfelini boshqarishidan asosan farq qilmaydi. Bu yerda boshqa investorlar deyilganda investitsiya institutlari, yirik subyektlar va holding kompaniyalari nazarda tutilmoqda. Investitsiya portfelini boshqarish o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- portfelni rejalashtirish;
- portfel tarkibini tahlil etish va uni tartibga solib turish;
- portfelni shakllantirish va uni saqlab turish uchun kerakli likvidlik
- darajasiga amal qilish; portfelni boshqaruv faoliyatidagi xarajatlarni kamaytirish va boshqalar
Tijorat banklari o’zlarining bo’lajak investitsiya siyosatini ishlab chiqishda va investitsiya portfeli hajmi hamda uning tarkibini aniqlashda eng avvalo ular qimmatli qog’ozlarning quyidagi o’ziga xos xususiyatlariga e’tiborni qaratadilar:
- foydalilik;
- likvidlilik (samaradorlik);
- kapitalni oshirish manbai;
- ishonchlilik darajasi;
- qaltislilik
Tijorat banklari o’z mablag’larini qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilishda o’z oldiga quyidagi, foiz ko’rinishida qo’shimcha daromad olish, kapitalni saqlash va uning asosidagi qimmatli qog’ozlarning kurs qiymatining ortishi hisobiga kapitalni oshirish hamda qimmatli qog’ozlar bo’yicha qaltisliklarni pasaytirish maqsadlarini qo’yadi.
Tijorat banklarining investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda har bir mamlakatdagi banklarning faoliyati bo’yicha qonunchilik katta ta’sir ko’rsatadi. Bu holat turli mamlakatlarda turlicha, Buyuk Britaniya va Italiyada amaldagi qonunchilik banklarga ularning investitsiya portfeli tarkibida mavjud bo’lgan qimmatli qog’ozlarning kurs qiymatining o’sishi hisobiga turli shakldagi bekitilgan zaxiralarni shakllantirishini ta’qiqlaydi. Bu mamlakatlarda banklar o’z balans ma’lumotlarida investitsiya portfelidagi aktivlarni ularning qiymatini kayta baholash asosida ko’rsatishlari majburiydir. Boshqa mamlakatlarda, masalan AQSH va Yaponiyada esa banklarning investitsiya portfelidagi aktiv balansda sotib olish yoki ularning nominal qiymati bo’yicha ko’rsatilishi tufayli kursning o’sishi natijasida banklarda yirik miqdordagi berkitilgan zaxira fondlarni shakllantirishga olib keladi. Bu holat esa ushbu mamlakatlarda banklarni bunday investitsiya faoliyatiga turtki bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasida amaldagi bank faoliyati to’g’risidagi qonunchilikka asosan tijorat banklari investitsiya portfelining tarkibini muomaladagi davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, davlat o’rta muddatli g’azna majburiyatlari va boshqa korporativ qimmatli qog’ozlari tashkil qilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari qimmatli qog’ozlarning investitsiya portfelini shakllantirish va uni boshqarishda passiv strategiyaning ikki usulidan ham foydalanadilar. Taxlillar shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi vaqtda respublikamizdagi tijorat banklari tomonidan asosan qisqa muddatli qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish faoliyati olib borilmoqda.
Tijorat banklarning qimmatli qog’ozlar bilan agressiv siyosati asosida ularning fond bozoridagi kursi va foiz stavkasining tebranishidan imkoni boricha ko’p daromad olish yotadi. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, bunday agressiv siyosatni faqatgina katta miqdordagi investitsiya portfeliga ega bo’lgan moliyaviy barqaror yirik banklar olib borishi mumkin. Agressiv siyosatni oqilona va muvaffaqiyatli olib borish uchun esa bank tegishli analitik imkoniyatga ega bo’lishi lozim. Bunda fond bozorining hozirgi va kelajakdagi holatiga holisonabaho berish, baholarning o’zgarishini to’g’ri taxmin qilish shart.
Banklarni investitsiya qilishning asosiy ob’ekti bo’lib banklarga kafolatlangan, qat’iy va bir maromda daromad keltirayotgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari hisoblanadi. Tijorat banklari o’zlarining vaqtincha bo’sh turgan resurslarini asosini davlatning qisqa muddatli obligatsiyalariga joylashtirmoqdalar. SHuni ta’kidlash lozimki, ba’zi tijorat banklari davlatning qisqa muddatli obligatsiyaga investitsiya qilishda agressiv siyosat olib bormoqda, ya’ni obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida kurslarning pasayishi va ko’tarilishi o’yinida qo’shimcha daromad topmoqdalar.
Investitsiya qilayotgan qimmatli qog’ozlarning ahamiyati bo’yicha ikkinchi hisoblangan va katta istiqbollarga ega bo’lgan yo’nalish xususiylashtirilayotgan korxonalarning aktsiyalari hisoblanadi. Bu faoliyatda banklar bunday aktsiyalarga investitsiya qilishda asosan ulardan dividend shaklida foyda olish, kurs qiymatining ko’tarilishida aktsiyalarni yuqori baxoda qayta sotish natijasida daromad olishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan sanoat korxonalarining qimmatli qog’ozlariga investitsiya qilish natijasida bank kapitali va sanoat kapitali qo’shiladi natijada moliya kapitali tashkil topadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday jarayon ko’p mamlakatlarda amalga oshirilmaydi, lekin O’zbekistonda bunday jarayon keng rivojlangan. Bank kapitali va sanoat kapitalini qo’shilishining ijobiy tomoni shundan iboratki, tijorat banki aksiyador sanoat korxonasining paket aktsiyasini sotib olgandan so’ng u bu jamiyatni boshqaruvida faol ishtirok etadi. Bundan tashqari emitentning rivojlantirish va moliyaviy xolatini yaxshilash maqsadida bank tomonidan unga kredit, shu jumladan imtiyozli kredit berilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari qimmatli qog’ozlarga investitsiya uchun mablag’larni joylashtirish bo’yicha operatsiyalarni olib borishi mumkin. Bunda bank mijozning ustav kapitalini o’z vaqtida va to’liq shakllantirish majburiyatini bajarish uchun emitentning qimmatli qog’ozlarini joylashtira olmasa, bu xolatda joylashtirilmagan qimmatli qog’ozlarni o’z hisobidan sotib olishi majburiydir. Bunday jarayon yuzaga chiqqandan so’ng tijorat banki emitentning sotib olingan qimmatli qog’ozlarini imkoni boricha qayta sotib yuborishga harakat qiladi yoki emitentning boshqaruvida faol ishtirok etib uni moliyaviy holatining yaxshilanishiga hamda shu asosda dividend olishni amalga oshiradi.
Tijorat banklari aksiyadorlik jamiyatlarning aksiyalarini sotib olgandan keyin, u bu jamiyatni moliyaviy holatining barqarorligini saqlab turishga majbur bo’lib qolishi ham mumkin. Chunki bu erda bank tomonidan qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarni yo’qotish qaltisligi yuzaga chiqadi. Bunday holatlarni oldini olish uchun tijorat banklarining qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish faoliyati bo’yicha ma’lum cheklovlar ko’zda tutilgan:
1. Tijorat banki tomonidan bitta korxonaning ustav kapitaliga va shu korxonaning boshqa qimmatli qog’ozlariga qiladigan qo’yilmalarning miqdori birinchi darajali tijorat bankining regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak.
2. Tijorat banki tomonidan barcha emitentlarning ustav kapitaliga va boshqa qimmatli qog’ozlariga qiladigan investitsiya qo’yilmalarining miqdori birinchi darajali tijorat bankining regulyativ kapitalining 50 foizidan oshmasligi kerak.
3. Tijorat banki tomonidan nodavlat qimmatli qog’ozlarni savdosi uchun qo’yilmalarining miqdori birinchi darajali tijorat bankining regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak.


Download 0,54 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval “Toshkent” RFBda tijorat banklari aksiyalari bahosi

Download 0,54 Mb.