ERITMALAR. ULARNING TURLARI. SUYULTIRILGAN
ERITMALAR,XOSSASI,OSMOTIK BOSIM.
Reja:
1.
Eritma turlari Eritma konsentratsiyasini ifodalash turlari. .
2.
Ideal eritma qonunlari.Suvni elektrolitik dissotsiasi.
3.
Vodorod ko’rsatkich.Eritmalarni ionli tenglamalari.
4.
Kislota va asos nazariyasi.Suyultirilgan eritmalarni xossasi,osmotik
bosimi.
5.
Osmotik bosim,Vant-Goff qonuni.
6.
Eritmalarni muzlash va qaynash temperaturalari.Raul qonunlari.Eritma
bug’ bosimi.
Eritmalar haqida umumiy tushunchalar. Ikki yoki bir necha komponentdan
iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma deb ataladi.
O’z agregat holatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi.
Moddalarning agregat holati bir xil bo’lsa, ko’p miqdorda olingan modda ko’pincha
erituvchi hisoblanadi. Ikkinchi komponent esa erigan modda deyiladi.
Ba’zi moddalar erituvchida hohlagan nisbatda aralashishi mumkin. Masalan,
H
2
SO
4
va spirt, suv va spirt.... Ba’zilari esa ma’lum miqdorda eriydi. Masalan 25°C da
osh tuzi eritmasida eng ko’pi bilan 26,5% NaCl erishi mumkin.
Eritmalardagi zarrachalar o’lchami va turiga qarab
ularni dispers sistema deb
qaraladi.
Ikki va undan ortiq moddalardan iborat bo ’lgan hamda ulardan biri ikkinchisi
hajmida bir meyorda taqsimlangan sistema dispers sistema deyiladi.
Tabiatda eng ko’p tarqalgan dispers sistemalarda
dispersion muhit suyuqlik,
dispers faza esa qattiq modda bo’ladi. Dispers sistemaga misol qilib,
changli havoni
olish mumkin. Unda dispersion muhit havodir, dispersion
faza mayda muallaq holdagi
tuproq zarrachalaridir.
Dispers sistemalar bir necha sinfga bo ’linadi:
Dag’al dispers sistemalar. Dispers fazo zarrachalarining o’lchami 1*10
-1
mkm
(mkm — mikrometr, 1 mkm =
6
m) bo’ladi. Dag’al dispers
sistemalarga suspenziya va
emulsiyalar kiradi.
Suspenziyalar suyuqlikda bir tekis tarqalgan dispersion faza (qattiq
modda)dan iborat sistemadir. Suspenziyaga misol qilib loyqa suvni ko ’rsatish mumkin.
Emulsiyalar biri ikkinchisidan taqsimlangan ikki suyuqlikdan iborat
sistemadir. Sigir suti (yog’lar oqsilning gidrolizida tarqalgan)
emulsiyaga misol
bo’ladi.
1.