Eritmalar. Ularning turlari. Suyultirilgan eritmalar,xossasi,osmotik bosim




Download 333,35 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana25.01.2024
Hajmi333,35 Kb.
#145963
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Larentz qonuni, 5-top 16, 15-var(2-lab), Kibеrnеtikaning asosiy tushunchalari reja kibеrnеtika fanining p-fayllar.org, Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari. Axborotn-fayllar.org, 2.3. (2), Первые электрические чайники появились в конце, Как самостоятельно отремонтировать электрочайник
Normal konsentratsiya (normallik 1 l eritmadagi erigan moddaning 
ekvivalentlar soni bilan ifodalanadi). Nor mal konsentratsiyali eritmalar tayyorlash 
uchun ekvivalent tushunchasini bilish lozim.
Elementning 1 mol vodorod bilan birika oladigan yoki uni kimyoviy 
raeksiyalarda o’rnini oladigan miqdori ekvivalent deyiladi. Masalan, HCl birikmadagi 
xlorning ekvivalenti 1 ga (1 molga) teng, H
2
S birikmada oltingugurt ekvivalenti 1/2 
molga teng bo’ladi. Reaksiya uchun 32 Zn ekvivalenti 
Zn + 2HCl = ZnCl
2
+ H
2

1/2 molga teng bo’ladi. 
Murakkab modda ekvivalenti - bu ushbu reaksiyada 1 mol vodorodga to ’g’ri 
keladigan (ekvivalenti bo’ladigan) uning shunday miqdoridir. Masalan, reaksiya uchun
Zn + H
2
SO
4
^ ZnSO
4
+ H
2

1 mol H
2
SO
4
2 ta vodorod atomiga to’g’ri keladi. Demak, H
2
SO
4
ning ekvivalenti 1/2 
molga teng. Element yoki birikmaning bitta ekvivalent massasi uning ekvivalent 
massasi deb ataladi. 
Ekvivalent (binobarin, ekvivalent massa ham) ushbu birikma uchun doimiy 
miqdor emas, bu birikma kirishadi- gan reaksiyaga bog’liq. 
Har xil birikmalar uchun ekvivalent massasini hisoblashni tekshiramiz. 
Kislotaning ekvivalent massasi kislotan- ing negizligiga bo’lingan, uning molli 
massasiga teng. Biroq to’la almashuv yoki to’la neytrallash reaksiyalar uchun 
ekvivalent massa shunday hisoblanadi. Masalan, 
H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O 
Reaksiya uchun sulfat kislotaning ekvivalent massasi E
H so
= 98 : 2 = 49, chunki 
reaksiyada 2 vodorod atomi ishtirok etadi.
To’la 
bo’lmagan 
neytrallash 
va 
almashinuv 
raeksiyalar 
uchun 
bu 
moddalarning ekvivalenti reaksiyaning borish - iga bog’liq. Masalan, reaksiyada 
H2SO4 + NaOH = NaHSO4 + H2O 


Sulfat kislotaning har bir molekulasidan faqat bitta vodorod atomi reaksiyada 
ishtirok etayapti, shunga ko’ra ushbu reaksiya uchun sulfat kislotaning ekvivalent 
massasi E
H so
= 98 :1 = 98 g. 
Asosning ekvivalent massasi metallning valentligiga bo ’lingan uning molli 
massasiiga teng. Masalan, gidroksidninng ekvivalent massasi E
Ca(0/f)
= 74 : 2 = 37 g, 
natriy gidroksidning ekvivalent massasi esa E
Na0H
= 40 : 1 = 40 g. 
Faqat to’la neytrallash reaksiyalari uchun ekvivalent massa shunday 
hisoblanadi. To’la bo’lmagan neytrallash reaksiyalari uchun ekvivalent massaning 
qiymati boshqacha bo’ladi. Masalan, reaksiya uchun
Mg(OH)
2
+ HCl = MgOHCl + H
2

EMg{OH) 
2
= 58:1 = 58 g, chunki reaksiyada faqat bitta OH guruh ishtirok etadi.
Tuzning ekvivalent massasi metallning barcha atomlar valentligining 
yig’indisiga bo’lingan molli massasiga teng (ya’ni, molekuladagi metall atomlari 
sonining valentligiga ko’paytmasi). Masalan, natriy sulfatning ekvivalent massasi E
N so
= 142 : (1 • 2) = 71, alyuminiy sulfatning ekvivalent massasi E
Al
^
so
^ = 342 : (3 • 2) = 
57 . 
Biroq agar tuz to’la bo’lmagan almashinuv reaksiyada ishtirok etsa, 
reaksiyada ishtirok etuvchi metall atomlari soni hisobga olinadi. 
2KCl + Na
3
[Co(NO
2
X] = K
2
Na[Co(NO
2
)
6
]+ 2NaCl 
Na3[Co(NO2) ] tuzning ekvivalent massasini hisoblash uchun bu tuzning molekulyar 
massasi 2 ga bo’linadi, chunki 
reaksiyada faqat 2 ta natriy atomi ishtirok etadi.
Normal konsentratsiya N xarfi bilan belgilanadi (hisobli formulalarda) yoki 
«H» xarfi ushbu eritmaning konsen- tratsiyasi belgilaydi. 
Konsentratsiyasi titr bilan, ya’ni 1 ml eritmada erigan moddaniig gramm 
miqdori bilan ifodalangan eritmalar titrlangan deb ataladi. Nihoyatda ko’p analitik 
laboratoriyalarda eritmaning titri to’g’ridan to’g’ri aniqlanadigan modda- da 
hisoblanadi. Bunda eritmaning titri aniqlanadigan moddaning qanday grammalar 
miqdoriga ushbu eritmaning 1 ml to’g’ri kelishini ko’rsatadi. 

Download 333,35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 333,35 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eritmalar. Ularning turlari. Suyultirilgan eritmalar,xossasi,osmotik bosim

Download 333,35 Kb.
Pdf ko'rish