• Balans moddalari 2019 yil 2020 yil
  • Jami aktivlar 29958,9 100 36016,0
  • Jami majburiyatlar 25472,2 85,0 30969,5
  • Jami o`z mablag`lari 4486,7 15,0 5046,5
  • 3. Tijorat banklarining fond bozoridagi faoliyati tahlili.
  • Rossiya Sberbankining konsolidatsiyalashgan balans hisoboti9




    Download 0,54 Mb.
    bet7/11
    Sana19.02.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #159049
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Курс иши-1 А

    Rossiya Sberbankining konsolidatsiyalashgan balans hisoboti9

    Balans moddalari

    2019 yil

    2020 yil

    2021 yil

    mlrd

    %

    mlrd

    %

    mlrd

    %

    Pul mablag`lari va ekvivalenti

    2083,2

    7,0

    2376,8

    6,6

    2409,3

    5,9

    MB majburiy zaxira

    235,5

    0,8

    279,6

    0,8

    273,8

    0,7

    MB mablag`lar

    1083,2

    3,6

    1212,3

    3,4

    1532,5

    3,7

    Kreditlar

    20363,5

    68,0

    23386,4

    64,9

    27095,5

    65,8

    Qimmatli qog`ozlar

    4182,4

    14,0

    5624,4

    15,6

    5016,9

    12,2

    Moliy instrumentlari REPO

    187,3

    0,6

    933,0

    2,6

    1649,1

    4,0

    Moliya instrumentlarga (hosilaviy) talablar

    193,9

    0,6

    313,6

    0,9

    336,3

    0,8

    Investitsiyalar (korxonalarga)







    140,5

    0,4

    165,7

    0,4

    Kechiktirilgan soliqlar

    14,6

    0,0

    23,2

    0,0

    35,2

    0,1

    Asosiy vositalar

    695,1

    2,3

    754,7

    2,1

    827,8

    2,0

    Sotishga mo`ljallangan aktivlar

    11,3

    0,0

    101,4

    0,3

    626,3

    1,5

    Boshqa aktivlar

    908,9

    3,0

    870,1

    2,4

    1197,1

    2,9

    Jami aktivlar

    29958,9

    100

    36016,0

    100

    41165,5

    100

    Banklarning mablag`lari

    770,3

    2,6

    1563,4

    4,3

    2418,6

    5,9

    Jismoniy shaxslar mablag`lari

    14209,6

    47,4

    16655,7

    46,2

    17854,8

    43,4

    Korporativ mijozlarning mablag`lari

    7364,8

    24,6

    9180,0

    25,5

    10457,6

    25,5

    Uzoq muddatli qarz qimmatli qog`ozlar

    729,7

    2,4

    814,2

    2,3

    895,6

    2,2

    Boshqa qarz mablag`lari

    24,6

    0,1

    68,0

    0,2

    80,7

    0,2

    Moliya instrumentlar va qimmatli qog`ozlar bo`yicha majburiyatlar

    175,8

    0,6

    374,

    1,0

    530,6

    1,3

    Majburiyatlar bo`yicha kechiktirilgan soliqlar

    30,4

    0,1

    37,7

    0,1

    29,9

    0,0

    Chiqib ketadigan majburiyatlar




    0,0

    15,7

    0,0

    582,3

    1,4

    Boshqa majburiyatlar

    1547,1

    5,2

    1773,2

    4,9

    2118,4

    5,1

    Subordinar qarzlar

    619,9

    2,1

    487,6

    1,5

    552,5

    1,3

    Jami majburiyatlar

    25472,2

    85,0

    30969,5

    86,0

    35521

    86,2

    Ustav kapitaali va emission daromad

    320,3

    1,1

    320,3

    0,9

    320,3

    0,8

    Muddatsiz subordinar qarzlar

    0

    0

    150,0

    0,4

    150,0

    0,4

    Sotib olingan aksiyalar

    -21,5

    -0,1

    -14,4

    -0,0

    -33,3

    -0,1

    Turli zaxiralar

    138,7

    0,5

    213,3

    0,6

    1,3

    0,0

    Taqsimlanmagan foyda

    4049,2

    13,5

    4375,6

    12,1

    5200,3

    12,6

    Jami o`z mablag`lari

    4486,7

    15,0

    5046,5

    14

    5638,6

    13,7

    Jami passivlar

    29958,9

    100

    36016,0

    100

    41165,5

    100

    Jadval maʼlumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Rossiya Sberbanki tahlil etilayotgan davr mobaynida investitsion operatsiyalari hajmi emission operatsiyalariga nisbatan yuqori bo‘lgan, shu bilan birga bank qimmatli qog‘ozlarining turli instrumentlari bilan vositachilik operatsiyalarini amalga oshirgan.
    Xususan, bankning aktivlari tarkibida investitsion operatsiyalari 2019-2021 yillarda mos ravishda 14,0 va 12,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bankning repo va sotib olingan moliyaviy instrumentlari 0,6-4,0 foiz miqdorida bo‘lgan.
    Sberbank emissiya qilgan uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar hajmi passivlar tarkibida 2,4-2,2 foizni tashkil etgan, shu bilan birga bank o‘zining moliyaviy instrumentlarini ham mijozlarga sotganligini kuzatishimiz mumkin.
    Xalqaro banklarning, xususan Rossiya banklari aktivlari tarkibida investitsion operatsiyalari bilan bog‘liq qo‘yilamalari o‘rganilganda ularning asosiy moddalari quyidagilardan iborat ekanligi maʼlum bo‘ldi:
    uzoq muddatli majburiyatlar
    sho‘ʼba va o‘zaro aloqador aksidorlik jamiyatlari kapitalida ishtirok etish;
    moliyaviy derivativlar
    ulushli qimmatli qog‘ozlar
    hisobga olingan veksellar
    qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa vositachilik operatsiyalar shular jumlasidandir.
    Rossiyada tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari va faoliyati Rossiya Markaziy bank (Rossiya Banki) – megaregulyator tomonidan tartibga solinadi.
    3. Tijorat banklarining fond bozoridagi faoliyati tahlili.
    Mamalakatimizda fond bozori faoliyatini amalga oshirish va tartibga solish bo‘yicha huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 3-iyundagi O‘RQ-387-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahririda qimmatli qog‘ozlar bozoriga «yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog‘liq munosabatlari tizimi” , qimmatli qog‘ozlarga “hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi” deb, fond birjasiga esa “ommaviy va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan joyda va belgilangan vaqtda o‘rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o‘tkazish orqali faqat qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratib beruvchi yuridik shaxs” deb taʼrif berilgan. Ammo, O‘zbekiston qonunchiligida fond bozori va kapital bozori atamalariga aniq taʼrif keltirilmagan hatto “fond bozori” nomi bilan ataluvchi qonun hujjalarida ham ushbu atama yoki “fond birja” yoki «qimmatli qog‘ozlar bozori” atamalari bilan almashtirib foydalanilgan holda ishlatilgan. Shu boisdan, yuqoridagi taʼriflardan kelib chiqib, fond bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori kabi tushunchalarning bir xil maʼnoni anglatishi yoki ularning farqlari mavjudligi haqidagi bahsli vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qilamiz. Xususan, Rossiyalik olim V.A.Galanovning fikricha “tarixdan maʼlumki, hamma qimmatli qog‘ozlar ham kapitaldan kelib chiqmagan, shu sababdan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘liqligicha moliya bozoriga taaluqli bo‘la olmaydi” . Bunda olim kapital xususiyatiga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni fond bozori instrumenti safiga kiritgan, kapital xususiyati mavjud bo‘lmaganlari (masalan: chek, akkreditiv va shu kabilari)ni esa fond bozori emas ”Pulli va tovarli qimmatli qog‘ozlar bozori” deb kelajakda ajratilishi mumkinligini tahmin qilgan.
    Avvalambor, fond bozorini qimmatli qog‘ozlar bozoridan farqli jihatlarini yoki bir xil maʼno anglatishini tahlil qilishimiz uchun tarixga nazar solishimiz, yaʼni qimmatli qog‘ozlarning paydo bo‘lishi va bozorlarning rivojlanish tarixini o‘rganib chiqishimiz zarur bo‘ladi. Ko‘plab adabiyotlardan bizga maʼlumki, dunyodagi eng birinchi banklarning paydo bo‘lishi eramizdan avvalgi VIII asrda Bobilda, so‘ngra qadimgi Gretsiyada va qidimgi Rimda paydo bo‘lganligiga qaramasdan “bank” atamasining ishlatila boshlanishi o‘rta asrlarda Italiyaga borib taqaladi, yaʼni shu davrlarda Italiyada moliya institutlari tuzilmalari rivojlanishni boshlaydi. Xususan, XII asrdan boshlab gollandlarga tegishli bo‘lgan kompaniyalarning aksiyalari Italiyaning qimmatli qog‘ozlar bozorida tarqala boshlagan. Yaʼni bu davrga kelib, Italiyada xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozori paydo bo‘lgan. Ammo, qimmatli qog‘ozlar bozori tarixi bundandan olisroq o‘tmishga borib taqaladi. Xususan, “Italiyalik savdogarlar vekseldan keng foydalanishni boshlagan vaqtlarda, shunga o‘xshagan qarz majburiyatlari Arab davlatlarida keng qo‘llanilayotgan vaqtlardan ham oldinroq bu kabi qimmatli qog‘ozlar Xitoyda Tan sulolasi davrida VII-X asrlarda paydo bo‘lgan” . Shu davrda Xitoyda kredit munosabatlari shakllanib pul paydo bo‘lgan. “Davlat obligatsiyalariga o‘xshash xususiyatga ega bo‘lgan birinchi moliyaviy instrumentlar Xitoyda Sun sulolasi davrida XII-asrda ishlatila boshlangan, ayni shu davrda Venetsiya va Italiyaning boshqa shaharlarida ham undan foydalanishgan” . Demak, qimmatli qog‘ozlar birinchilardan bo‘lib Xitoyda VII-X asrlarda ishlatila boshlangan bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishi ham shu davrda boshlanganligidan darak beradi.
    Fond bozorining paydo bo‘lishiga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, u birinchi marta birjaning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. “1531 yilda hozirgi Belgiyaning Anverpen shaxrida dunyodagi birinchi birja tashkil etildi” va 1592 yilga kelib, birinchi marta ushbu birjada savdoda bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar narxlarining ro‘yxati shakllantirildi va shu yil fond birjasi qimmatli qog‘ozlarni ayriboshlaydigan birinchi maxsus tashkiliy tuzilma ko‘rinishda paydo bo‘ldi.
    Aynan shu yilda birinchi marta fond birjasi (Stock exchange) deb nomlangan Amsterdam fond birjasi tashkil etildi. Bu birjada ham tovar ham qimmatli qog‘ozlar savdosi amalga oshirilardi. XVII asrga kelib Amsterdam fond birjasida birinchi xususiy aksiya ko‘rinishidagi qimmatli qog‘ozlar sotuvga chiqdi. XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida Angliyada ham kompaniyalarning aksiyalari sotuvga chiqa boshladi. Avvaliga, bu aksiyalarni Londonlik brokerlar tomonidan kafelarda yoki ko‘chalarda sotila boshlandi. Keyinchalik esa fond birjalarida sotish yo‘lga qo‘yildi.
    Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, fond bozori atamasini XVI asrdan boshlab qimmatli qog‘ozlarni birjalarda uyushgan holda oldi-sotdi qilish jarayonining boshlanishi yaʼni fond birjalarining paydo bo‘lishi bilan bog‘lasak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Fond bozori – qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan sohasi va qimmatli qog‘ozlar muomalasi bo‘yicha moliyaviy munosabatlar majmui bo‘lib, uning asosiy vazifasi “jamg‘arma-investitsiya” mexanizmini ishga tushirish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika taraqqiyotiga zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni to‘plash va taqsimlash, yuridik va jismoniy shaxslarning sarmoyalarini jalb qilish, uni yanada ko‘paytirish va iqtisodiyot tarmoqlariga yo‘naltirish orqali iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvini taʼminlash kabilardan iborat. Shuningdek, fond bozori va unda faoliyat ko‘rsatayotgan vositachilar moliyaviy tizimning tarkibiy qismi bo‘lib, ortiqcha mablag‘larni investorlardan isteʼmolchilarga qayta taqsimlash jarayonini tezlashtirishga imkoniyat beradi.
    Fond bozorida bir tomondan – kapital yetkazib beruvchilar, bo‘sh pul mablag‘lariga ega bo‘lgan shaxslar, ushbu mablag‘larni investitsiya qilish, ko‘paytirish istagida bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, alohida subʼekt sifatida davlat ishtirok etadi. Ikkinchi tomondan esa – yangi ishlab chiqarishni boshlash, ishlar, xizmatlar ko‘rsatish yoki ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kengaytirish, qayta taʼmirlash uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich yoki qo‘shimcha kapitalga muhtoj bo‘lgan bozor subʼektlaridir. Shuni alohida qayd etish joizki, kapitalga talabgor sifatida korxonalar, tashkilotlar, aholi shuningdek davlat ham bevosita ishtirok etishi mumkin.
    Fond bozorida mablag‘larni jalb etish maqsadida kapitalga ehtiyoj sezuvchilar qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqaradi va ularni sotish natijasida ishlab chiqarish (savdo-sotiq, moliyaviy faoliyatni samarali tashkil etish) jarayonini amalga oshirish uchun mablag‘lar oladi. Kapitalga talabgorlar (emitentlar) va yetkazib beruvchilar (sarmoyadorlar) o‘rtasidagi munosabatlar qaytarilish, to‘lovlilik yoki mol-mulkka (moddiy-maʼnaviy) egalik huquqlari shartlari asosida amalga oshiriladi.
    Fond bozorlari tashkiliy tuzilishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi bozorlarga ajratiladi. Birlamchi bozorda birinchi marta chiqarilgan aksiyalar joylashtiriladi va oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Uning asosiy ishtirokchilari bo‘lib, emitentlar va investorlar hisoblanadi. Asosiy va aylanma kapitalga investitsiyalar uchun moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezuvchi emitentlar fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan taklifni aniqlaydi. O‘z kapitalini samarali joylashtiruvchi investorlar qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan taklifni shakllantiradi. Aynan, birlamchi bozorda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari iqtisodiyotni investitsiyalashga safarbar etiladi. Ikkilamchi bozorda esa qimmatli qog‘ozlar muomalasi amalgaoshiriladi (ilgari chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni qayta sotish shakli).
    Oʻzbekistonda investitsiya jarayonlarini boshqarish va boʻsh turgan pul mablagʻlarni iqtisodiyotga jalb qilishning samarali vositasi boʻlgan fond bozorining shakllanishi 90-yillar boshlariga toʻgri keladi. 1993 yil 2 sentabrda bu bozor faoliyatining huquqiy bazasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida" qonuni qabul qilindi. Qisqa muddatlarda fond bozori infratuzilmasining asosiy muassasalari - 1994 yilda "Toshkent" respublika fond birjasi oʻz faoliyatini boshladi.
    O’zbekiston Respublikasi bank tizimida faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklarining milliy fond bozorida ishtirok etishining asosiy maqsadlari quyidagilarda niborat:
    - bank faoliyatining asosiy turlarini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini jalb etish, ya’ni o’z passivlarini shakllantirish;
    - turli qimmatli qog’ozlarga o’z mablag’larini investitsiyalashdan tushadigan daromadni olish, aktiv operatsiyalarni amalga oshirish;
    - fond bozorida qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha o’z mijozlariga ko’rsatiladigan xizmatlardan daromad olish, ya’ni brokerlik va depozitariy xizmatini ko’rsatish;
    - fond bozorida muvaffaqiyatli faoliyat olib borish asosida o’z nufuzini oshirish va yangi mijozlarni o’zlariga jalb qilish;
    - emitent muomalaga chiqargan aksiyalarning nazorat paketini sotib olish yo’li bilan turli tijorat banklari va boshqa aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyatini olib borishni boshqarish va nazorat etish huquqini olish;
    - fond bozorida mijozlar, raqobatchilar, bozor kon’yukturasi (qimmatli qog’ozlarga bo’lgan talab va taklifning holati), narxlar kotirovkasi to’g’risida to’liq, haqqoniy va tezkor ma’lumotlar olish.
    “Toshkent” respublika fond birjasi mamlakatimizning kapital bozoridagi asosiy savdo maydoni hisoblanadi. 2021 yilda birja savdo aylanmasining umumiy hajmi o`z faoliyatida eng yuqori ko`rsatkichni 1,26 trillion so`mni tashkil etdi va 2020 yilga nisbatan 2 baravarga oshgan.
    2021 yilda fond birjasining qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshirilgan bitimlar soni 71 484 tani tashkil etgan holda 2020 yilga nisbatan qariyb 2 baravarga oshgan. Birja savdolari orqali 179 ta emitentning 14,18 milliard dona qimmatli qog`ozlari bilan birja bitimlari amalga oshirilgan.

    Download 0,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rossiya Sberbankining konsolidatsiyalashgan balans hisoboti9

    Download 0,54 Mb.