• Davlatlar 2017 yil 2018 yil
  • Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorida kapitalizatsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar




    Download 0,54 Mb.
    bet6/11
    Sana19.02.2024
    Hajmi0,54 Mb.
    #159049
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Курс иши-1 А

    Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorida kapitalizatsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar

    Davlatlar

    2017 yil

    2018 yil

    2019 yil

    2020 yil

    mlrd

    %

    mlrd

    %

    mlrd

    %

    mlrd

    %

    AQSH

    32120

    51

    30436

    55

    37956

    55

    34583

    53

    Xitoy

    8711

    14

    6324

    11

    8416

    11

    7652

    12

    Yaponiya

    6222

    10

    5296

    9

    6191

    9

    6408

    10

    Gongkong

    4350

    7

    3819

    7

    4899

    7

    4621

    7

    Fransiya

    2159




    2749




    2366




    2994




    Hindiston

    2331

    4

    2083

    4

    2179

    4

    2520

    4

    Kanada

    2367

    4

    1937

    3

    2131

    3

    2344

    4

    Germaniya

    2262

    4

    1755

    3

    2098

    3

    2124

    3

    Shvetsariya

    1686

    3

    1441

    3

    1834

    3

    1744

    3

    Koreya

    1771

    3

    1413

    3

    1554

    3

    1710

    3

    Boshqa davlatlar

    23773

    27

    18666

    25

    205333

    25

    24830

    28

    Jami

    87101

    100

    74432

    100

    81875

    100

    90063

    100

    Jadval maʼlumotlaridan ko‘rinib turibdidki, dunyo bo‘yicha 200 dan ortiq mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar (savdo-sotiq) aylanmasining 70 foizdan ortig‘i o‘nta mamlakat, 30 foizga yaqini qolgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.


    Shuni alohida qayd etish joizki, asosan AQSH fond birjalari dunyo bo‘yicha yetakchilik qilib, 2017-2020 yillar davomida qimmatli qog‘ozlar savdo aylanmasining 50 foizdan ortig‘i uning hissasiga to‘g‘ri kelgan.
    Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, aynan shu mamlakatlarning tijorat banklari ham qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarining ulushi boshqa mamlakat tijorat banklariga nisbatan yuqori bo‘lgan.
    Banklarning aksiyalari bozor bahosi xususida fikr yuritganda 2020 yilning yanvar oyida Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lgan koronavirus (COVID-19) pandemiyasining salbiy taʼsirini ham qayd etib o‘tish lozim, xususan ushbu pandemiya 2020 yil mart va aprel oylarida dunyoning qariyb barcha mamlakatlariga juda tez tarqalishi natijasida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekistonda ham barcha ko‘rsatkichlar singari fond birjalarida qimmatli qog‘ozlarning bahosini ham sezilarli darajada tebranishiga sabab bo‘ldi, masalan COVID-2019 pandemiyasi sababli xalqaro moliya bozorlarda aksiyalar bahosi 2020 yilning birinchi choragida 20 foizgacha tushib ketdi.
    Yirik banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari bo‘yicha tajribalarini o‘rganish natijasida aytish mumkinki, banklarning qimmatli qog‘ozlari bilan bog‘liq investitsion operatsiyalari uzoq muddat kreditlarga nisbatan past darajada daromad keltirish bilan birga ular risk darajasi kreditlarga nisbatan past darajada bo‘ladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, bank aktivlari bo‘yicha risk darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa ularning daromadi shu darajada yuqori bo‘ladi (1.4-jadvalga qarang) va aksincha.
    Banklarning qimmatli qog‘ozlarini emission operatsiyalari bilan bog‘liq operatsiyalari nuqtai nazardan esa xulosa qiladigan bo‘lsak bank mazkur operatsiyalar bo‘yicha qanchalik darajada dividend yoki foiz to‘lovlarini yuqori to‘lasa, ularning foyda va sof foydasi darajasi ham shu darajada past bo‘ladi. Bu jarayonda bankning investorlari uning aksiyalari va boshqa shakldagi obligatsiyalarini fond birjalarida sotib olishlariga juda ham ehtiyotlik bilan yondashadilar, chunki investorlarda ushbu banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlar uchun to‘lanadigan dividendlar va foiz to‘lovlarining yuqoriligi kelgusida bankning moliyaviy barqarorligi yomonlashish ehtimoli yuqori bo‘lishi mumkin, degan hadik paydo bo‘ladi.
    Shu bois, bank tomonidan qimmatli qog‘ozlar uchun dividendlar va boshqa foiz to‘lovlarini yuqori darajada to‘lanishi, bank investorlari nazarida bankning zaxira fondlari va taqsimlanmagan foydasining hajmini oshirish imkoniyatlarini pasaytirish orqali ularning moliyaviy holatini pasaytiradi va oxir oqibat bank inqiroz holatiga ham kelib qolishi mumkin.
    Xorij tijorat banklari amaliyotida ularning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ushbu strategiyasi haqiqatga yaqinroq bo‘lib, investor o‘zining bankning qimmatli qog‘ozlariga joylashtirgan mablag‘lari past darajada bo‘lsada ishonchli, barqaror va uzoq muddat davomida foyda keltirib turish tarafdorlari hisoblanadi. Bu jarayon uchun mamlakatda milliy valyutaning inflyasion darajasi 1,5-3 foizdan ortmasligi maqsadga muvofiqdir.
    Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo aylanmalarining ishtirokchilari sifatida mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida, xususan O‘zbekistonda ham asosan banklar hisoblanadi. Masalan, mamlakatimiz fond birjasida 2021 yilda qimmatli qog‘ozlar bozori savdo aylanmalari jami 1,26 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, shuning qariyb 557,5 mlrd so‘mi yoki 24,8 foizi tijorat banklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
    Bu raqamlarga chuqur yondashadigan bo‘lsak, 2022 yil 1 yanvar holatida “Toshkent” Respublika fond birjasida emitent sifatida eng yuqori savdo hajmiga ega bo‘lgan TOP-10 lik birja ishtirokchilari qatorining to`rttasi tijorat banklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, ushbu ro‘yxatga kirgan to`rttasi bankning, yaʼni “Kapitalbank”, “Savdogarbank”, “Infinbank”larning ushbu bozordagi savdo aylamasi eng yuqorisi 93,7 mlrd so‘mdan eng kaminiki 50,0 mlrd so‘mni tashkil etgan.
    Bizning nazarimizda, buning asosiy sabablari quyidagi omillar bilan bog‘liqdir:
    mamlakatda milliy valyutaning devalvatsiya darajasi yuqoriligi mahalliy investorlarning iqtisodiy manfaatini pasaytiradi;
    mamlakat qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi juda zaif bo‘lib jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxslarning ham ular to‘g‘risida deyarli axborotga ega emasligi hamda ishonchining yetarli darajada shakllanmaganligi;
    tijorat banklarining 86,1 foizdan ortiq kapitali davlatga tegishli ekanligi, ularning qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyatini yetarli darajada rag‘batlantirmaydi, chunki ular asosan davlatning imtiyozli moliyaviy resurslariga ko‘proq umid qiladi va natijada asosan ularning faoliyati davlatning “g‘azna banklari” vazifalarini bajarishdan iborat bo‘lib qolgan;
    banklar o‘rtasida bozor munosabatlari, qoidalari va tamoyillarini zaif qo‘llanilishi, buning natijasida ular o‘rtasida kuchli raqobat muhitini shakllanmasligi va mijozlarning mamlakat moliya-kredit tizimiga bo‘lgan ishonchining past darajada qolayotganligi kabi masalalar shular jumlasidandir.
    Bankning aktivlari bo‘yicha eʼtibor qaratadigan bo‘lsak unda aktivlar diversifikatsiyasi juda sifatli amalga oshirilgan bo‘lib, jalb qilingan moliyaviy resurslar yuqori riskka ega bo‘lgan faqatgina kreditga yo‘naltirilmasdan, maʼlum qismi investitsiyalarga hamda likvidlilikni taʼminlash nuqtai nazaridan 20 foizga yaqini Markaziy bank va boshqa banklarda saqlab turilibdi, yana bir eʼtiborli jihati tahlil etilayotgan davrda ushbu miqdorlar nisbatan barqaror ulushda saqlanib kelinmoqda.
    Industrial and Commercial Bank Of China Ltd banki salmoqli ulushda bo‘lmasada qimmatli qog‘ozlar bozorida emission operatsiyalarni ham amalga oshirgan bo‘lib, ushbu manbaning ulushi bankning passivlari tarkibida ko‘rib chiqilayotgan davrda 3,5-3,5 foiz atrofida bo‘lgan, agar bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun chiqargan aksiyalarini qo‘shib hisoblasak ushbu ulush 11-13 foizni tashkil etadi.
    Industrial and Commercial Bank Of China Ltdning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investitsion va emission operatsiyalarining natijalariga tayanib quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin:
    qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning daromadlilik darajasi past bo‘lsada bank majburiyatlarni zudlik bilan bajarish ehtiyoji bo‘lganda ularni qimmatli qog‘ozlar bozorida sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki ular yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga joylashtirilgan;
    emissiya hajmining pastligining asosiy sababi passiv operatsiyalarning ushbu manbasi juda qimmat bo‘lib (3,56%) muddatli depozitlarga nisbatan (1,59%) deyarli ikki baravar yuqoridir, biroq uzoq muddatli va jalb qilish imkoniyatlari yuqori bo‘lganligi bois bank ushbu instrument hisobidan ham maʼlum darajada moliyaviy resurslarini shakllantirishga eʼtibor qaratgan va bank majburiyatlarining diversifikatsiyasi amalga oshirilgan.
    Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalarini xorij banklari amaliyotini tahlil qilish jarayonini MDHda yirik bank tizimiga ega bo‘lgan Rossiyaning Sberbanki investitsiya va emissiya operatsiyalarini tadqiq qilish bilan davom ettiramiz. Quyidagi jadvalda mazkur bankning 2018-2020 yillarga tuzilgan konsolidatsiyalashgan balans hisoboti keltirilgan.
    1.5- jadval

    Download 0,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorida kapitalizatsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar

    Download 0,54 Mb.