|
Kapital bozorida tijorat banklari faoliyatining huquqiy asoslari
|
bet | 3/11 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #159049 |
Bog'liq Курс иши-1 А2. Kapital bozorida tijorat banklari faoliyatining huquqiy asoslari.
So`ngi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatimiz kapital bozorida tijorat banklarining ishtirokini kuchaytirishga, ularning kapitallashuv darajasini va barqarorligini yanada oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimiz tijorat banklarining kapitallashuv darajasini va barqarorligini yanada oshirish maqsadida ularning aktivlarini hamda jami kapitallari hajmlarini ko`paytirish yuzasidan qabul qilingan hukumat qarorlari banklarning kapital bozoridagi ishtirokini faollashtirishga xizmat qiladi.
Ayniqsa, davlat boshqaruv organlari tomonidan chiqarilayotgan qonun va qonun osti hujjatlari qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq bo`lgan operatsiyalarning yanada takomillashishiga olib kelmoqda. “Qimmatli qog`ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob reestri to`g`risida” nizomga o`zgartirishlar, “Davlat qisqa muddatli obligatsiyalar chiqarilishlari bilan ishlash va ularni muomalada bo`lishi to`g`risida” nizomga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritilishi, “Hujjatli qimmatbaho qog`ozlarni yo`q qilish bo`yicha” yo`riqnomaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilishi yuqoridagi fikrlarga dalil bo`la oladi.
Qimmatli qog`ozlar davlatning to`lov oborotida katta rol o`ynaydi, chunki ko`pincha ular orqali iqtisodiyotning ustuvor sohalariga mablag`lar jalb qilinishini ta’minlovchi investitsion jarayonlar amalga oshiriladi. Shuningdek, kapital bozorida aynan qimmatli qog`ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar asosiy daromad keltiruvchi operatsiyalardan birihisoblanadi.
Bu borada, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi farmonida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlaridan biri sifatida, kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag`larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi kapital bozorini o`rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi qo`yilgan.1
O‘zbekiston Respublikasida kapital bozori bozor iqtisodiyoti tizimining moliyaviy mexanizmi bo‘lib aholi va xo‘jalik subyektlarini vaqtincha bo‘sh mablag‘larining aylanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, qimmatli qog‘ozlarning har bir egalari u fuqaro yoki yuridik shaxs bo‘lishidan qat’iy nazar tadbirkorlar harakatiga taalluqli shaxs bo‘lib qoladi. Ushbu bozorga kirishda motivatsiya mexanizmlari, turtkilari bo‘lib iqtisodiy o‘zgarishlar, siyosiy masalalarning hal qilinishi, qimmatli qog‘ozlarning kurs qiymati dinamikasi, tijorat banklarini fondlarining miqdori, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha taklif etilayotgan foydaning miqdorlari xizmat qiladi.
Hammaga ma’lumki, tijorat banklarining nisbatan fundamental vazifasi ayni davrda ortiqcha pul mablag’lariga ega bo‘lgan iqtisodiyotning bir subyektlaridan, qo‘shimcha moliyalashtirishga talabi bor, iqtisodiyotning boshqa subyektlariga pul mablag’larini qayta taqsimlashdan iboratdir. Shunday ekan, banklar pul mablag’larini jalb qilib, o‘zlariga ishlatish uchun emas, balki oxir oqibatda iqtisodiyotning boshqa subyektlari tomonidan ishlatilishiga vositachilik qiladilar. Bunda banklar mijozlar topshirig‘I bilan ularning pul mablag’larini joylashtiruvchi vositachi sifatida gavdalanmasdan, balki mustaqil hal qiladilar. Bank vositachilarning maxsus turiga kirib, mablag’larni jalb qiladi va o‘ziga majburiyat yaratib oladi. Lekin, bankdan shu pul mablag’larini olgan mijozning o‘z majburiyatini bajarish–bajarmasligiga qaramasdan, bank o‘zining boshqa mijozlar oldidagi majburiyatini bajarishi shartdir.
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasida bankka shunday ta’rif berilgan; “Bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish, to‘lovlarni amalga oshirish kabilar bilan shug‘ullanuvchi yuridik tashkilotdir”2. Ushbu mazmundagi ta’rifni boshqa adabiyotlarda ham uchratishimiz mumkin.
Ta’rifda belgilab o‘tilgan – “...yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish...” ko‘rsatmasi banklarning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalar olib borishidagi nazariy ham huquqiy asos deb ayta olamiz. Chunki bank iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag’larini jalb qilib, uning evaziga omonatchilarga qimmatli qog’ozlarni topshiradi. Bu aksiyalar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari va boshqalardir. Keyingi ko‘rsatmasi–“...qabul qilingan mablag’lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish...”,bu yerda banklar qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish evaziga yig‘ilgan mablag’lardan kreditlar beradi yoki boshqa ob’ektlarga(boshqa qimmatli qog’ozlarga ham bo‘lishi mumkin) investitsiya qiladi.“... to‘lovlarni amalga oshirish...”,–bu yerda ham banklar vositachilik operatsiyalaridan tashqari qimmatli qog’ozlar bo‘yicha foiz, dividend va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.
Yuqoridagi tahlildan ko’rinib turibdiki, bankka berilgan ta’rifdagi barcha ko‘rsatmalar banklarning qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiradigan ham emission, ham investitsion, qolaversa to‘lovlarni amalga oshirishda vositachilik operatsiyalarini nazariy asosini tashkil qiladi.
Banklarda investitsiya portfelini boshqarish hamda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan strategiyani ishlab chiqish banklarning investitsiya portfelini boshqarishda muhim hisoblanadi. Banklarning investitsion faoliyatidan asosiy maqsad kapitalni ko‘paytirish va uni likvidli shaklda saqlanishini, barqaror faoliyati hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarining daromadliligini ta’minlashdan iboratdir. Bu faoliyat bilan shug‘ullanish bankning o‘sib borayotgan moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida sarmoyalarning samarali yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Investitsiyalarni amalga oshirishning maqsadi - sarmoyalarni xavfsiz investitsiyaqilgan holda tegishli foyda olish hamda bankning joriy pul sarmoyalari hisobiga foyda olishga bo‘lgan ehtiyojlarini kelgusida qondirishdan iboratdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda banklarning kapital bozoridagi faoliyatdan asosiy maqsadlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- qimmatli qog’ozlar chiqarish asosida kredit va hisob-kitob faoliyati yuritish uchun qo‘shimcha pul resurslarini jalb qilish;
- qimmatli qog’ozlarga sarflangan va o‘z investitsiyalaridan bankka to‘lanadigan foiz va dividendlar evaziga va qimmatli qog’ozlarning kurs qiymati oshishi tufayli foyda olish;
- mijozlarga qimmatli qog’ozlar operatsiyalariga doir xizmatlar ko’rsatishdan foyda olish;
- erkin raqobat asosida bankning xizmat sohasini kengaytirish hamda korxona va tashkilotlarning kapitallarida qatnashish evaziga yangi mijozlarni jalb qilish;
- bankning qimmatli qog’ozlari orqali resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish;
- bankning likvidli mablag’lariga qo’yilmalarning daromadliligini ta’minlagan holda likvidlik zaruriy zahirasini saqlab borish;
- mijozlarning qimmatli qog’ozlarni olib-sotishdan hamda moliyaviy risklarni qimmatli qog’ozlar hosilalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar orqali sug‘urta qilish kabilarni keltirish mumkin.
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha investitsiya portfelini shakllantirishda quyidagilarga e’tibor berishlari kerak:
1. Qo‘yilmalarning xavfsizligi (investitsiyalarni jamg‘arma bozoridagi tebranishlarga mustahkamligi);
2. Daromad olishning barqarorligi;
3. Qo‘yilmalarning likvidligi, ya’ni ularni tovarni (bajarilgan ish, xizmat)ni tezkor sotib olishda qatnashishga qobiliyatliligi yoki tezkor va yo‘qotishlarsiz naqd pulga aylanishi.
Tijorat banklari kapital bozorida investitsiya faoliyatini tashkil etishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilishi lozim:
- mutanosiblik tamoyili;
- qo‘yilmalarni diversifikatsiyalash tamoyili;
- yetarli darajada likvidlilik tamoyili;
- risklarni xedjirlash;
- emitetlarning shaffofligini ta’minlash tamoyili.
Tijoratbanklarining kapital bozoridagi faoliyat shakllarini kengayishi va diversifikatsiyalanishi tijorat banklari boshchiligidagi yirik moliya–bank gruppalarining tashkil bo‘lishiga olib keldi. Ular o‘z atrofida investitsion fondlar, brokerlik firmalari, trast kompaniyalar, konsultatsion firmalar va hokazolar kabi nisbatan mustaqil tarkibiy bo‘linmalarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri – respublika kapital bozorida tijorat banklarining emission va investitsion faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishdir. Qolaversa, bank qimmatli qog’ozlarini ro‘yxatga olish, kapital bozorini tartibga solish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, tijorat banklari faoliyatini tahlil qilish hamda qimmatli qog’ozlarni emissiyasi va muomalasini tashkil qilish borasida tijorat banklariga konsultatsion yordam ko‘rsatishdek vazifalar ham markaziy bank faoliyati yo‘nalishiga kiradi.
|
| |