• Bugungi kunda amaliyotda soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo‘linadi32
  • Soliq nazoratining turi, shakli va o’tkazish metodlari




    Download 0.62 Mb.
    bet1/3
    Sana27.05.2023
    Hajmi0.62 Mb.
    #65469
      1   2   3
    Bog'liq
    Soliq nazoratining turi, shakli va o’tkazish metodlari.

    Soliq nazoratining turi, shakli va o’tkazish metodlari.

    Axmetov Yakupbay

    Reja:

    1. Soliq nazoratining turi.

    2. Soliq nazoratining shakli.

    3. Soliq nazoratining o’tkazish metodlari.

    Soliq nazoratining turi.

    Soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir.

    Soliq tekshiruvi soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi.

    Bugungi kunda amaliyotda soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo‘linadi32:

    • rejali soliq tekshiruvi;
    • rejadan tashqari soliq tekshiruvi.

    Rejali soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
    • tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasidan olingan, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan ko‘chirma. Bunda ko‘chirma uning asliga to‘g‘ri ekanligi ko‘rsatilgan holda tegishli imzo va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim;
    • tekshiruvlarni amalga oshirishning muvofiqlashtirish rejasi asosida davlat soliq xizmati organining tekshiruvni maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr va tekshiruv o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i. Rejadan tashqari soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun esa quyidagilar asos bo‘ladi:
    nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning
    tekshiriladigan ob’ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar ko‘rsatilgan tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori;
    • davlat soliq xizmati organining nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ qarori asosida chiqargan tekshiruvni o‘tkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi ko‘rsatilgan holdagi buyrug‘i.
    Bozorlarning, savdo komplekslarining hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yig‘imlar, ijara haqi to‘liq tushishiga va topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazoratkassa mashinalaridan, to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob- kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishiga taalluqli qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
    • nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi tekshiriladigan ob’ektning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, tekshiruv o‘tkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar ko‘rsatilgan qarori;
    • davlat soliq xizmati organining qonun hujjatlarida vakolat berilgan bo‘linmasi boshlig‘ining nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori asosida chiqarilgan, tekshiruv o‘tkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatilgan holdagi buyrug‘i.

    Tugatilayotgan yuridik shaxsni rejadan tashqari soliq tekshiruvidan o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
    • tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning yuridik shaxs tugatilishi to‘g‘risidagi yozma bildirishi;
    • davlat soliq xizmati organining tekshiruv maqsadlari, tekshiruv o‘tkaziladigan muddatlar va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi ko‘rsatilgan buyrug‘i.

    • Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‘tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik sub’ektini tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari va predmetini ko‘rsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.

    Download 0.62 Mb.
      1   2   3




    Download 0.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Soliq nazoratining turi, shakli va o’tkazish metodlari

    Download 0.62 Mb.