Soliq nazoratining shakli. Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi




Download 0.62 Mb.
bet2/3
Sana27.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#65469
1   2   3
Bog'liq
Soliq nazoratining turi, shakli va o’tkazish metodlari.

Soliq nazoratining shakli.

Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • soliq to‘lovchilarni hisobga olish;
  • soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni hisobga olish;
  • byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish;
  • kameral nazorat;
  • naqd pul tushumlari kelib tushishining xronometraji;
  • soliq tekshiruvlari;
  • fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash;
  • aksiz to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish;
  • davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablag‘lari davlat daromadiga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish;
  • boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshiradigan davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish.

1-Soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha hamda u to‘layotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha, soliq solish ob’ektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi.

1-Soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha hamda u to‘layotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha, soliq solish ob’ektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi.

Soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi kuyidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi:

  • -soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlar;
  • -litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar beradigan idoralar;
  • -Ichki ishlar;
  • -ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ;
  • -suv resurslarini hisobga oluvchi organ;
  • -Davlat notarial idoralari;
  • -er resurslarini hisobga oluvchi va baholovchi idora;
  • -foydalanishga berilgan er qa’ri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshiruvchi va er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi tashkilot;
  • -bank idoralari;
  • -davlat soliq xizmati organlari boshqa manbalardan to‘plagan, shu jumladan soliq tekshiruvlari vaqtida to‘plagan axborotlar.

2-Davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasi yuklatilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar hisobini yuritishi kerak.
Davlat soliq xizmati organlari byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar hisobini soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning, shuningdek penya va jarimalarning hisoblangan hamda to‘langan summalarini aks ettirish orqali yuritadi.
Soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning har bir turi bo‘yicha ochiladi.
Soliq to‘lovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji xronometraj o‘tkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul tushumini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji naqd hisob-kitob asosida tovarlar realizatsiya qiladigan yoki xizmatlar ko‘rsatadigan soliq to‘lovchi huzurida bevosita tovarlar realizatsiya qilinadigan, xizmatlar ko‘rsatiladigan joyda davlat soliq xizmati organi tomonidan o‘tkaziladi.
Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometrajini amalga oshirish jarayonida tekshiruv o‘tkazishga, soliq to‘lovchidan biron bir axborot yoki tushuntirishlar talab qilishga, soliq to‘lovchiga nisbatan talablar taqdim etishga yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xronometraj natijasi soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.

Download 0.62 Mb.
1   2   3




Download 0.62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Soliq nazoratining shakli. Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi

Download 0.62 Mb.