• 3.Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari.
  • Reja: O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari




    Download 28 Kb.
    bet1/2
    Sana14.07.2024
    Hajmi28 Kb.
    #267589
      1   2
    Bog'liq
    tarix 3 mustaqil


    Reja:
    1.O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
    2.Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari. Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.
    3.Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari.
    4.Mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi choratadbirlar. Soliq tizimidagi islohotlar.

    Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari


    1. iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tayziqlarsiz, o'ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog'i kerak:
    2. davlat bosh islohotchi o'rnida bo'lib, uning yo'nalishlarini belgilab beradi va amalga oshiradi:
    3. bozor munosabatlariga o'tish qonun ustivorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart:
    4. bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini kuchli himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o'tkazish;
    5. bozor iqtisodiyotiga o'tish evolyusion yo'l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog'i zarur. Bozor munosabatlariga o'tishning asosiy shartlaridan biri sifatida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirish. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma'muriy buyruqbozlik buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, mulkdorlar sinfi shakllandi, xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligi oshdi.
    Mulkni xususiylashtirish va ko'p ukladli iqtisodni shakllantirish O'zbekistonda ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1992-1993 yillari amalga oshirildi. Bu davrda asosan maishiy xizmat, savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, qayta ishlash korxonalari mulk shakli o'zgartirilib, mulkning ijara, jamoa, aksiadorlik shakllari vujudga keldi. Uy-joylar xususiylashtirildi. Ikkinchi bosqich O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq aksiadorlik jamiyatlari tashqil etilib,, korxonalar aksialarini chiqardilar, auksion savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, xususiylashtirishni yoppasiga olib borish ko'zda tutildi.
    O'zbekistonda mashinasozlik sanoatini, ayniqsa, avtomobilsozlik sanoatini rivojlandi. O'zbekiston bilan Janubiy Koreya o'rtasida «UZ-DAEWOO» avto ko'shma korxonasi qurilib, yengil avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi. 1993 yili GFR bilan O'zbekiston o'rtasida shartnoma imzolanib, «Mersedes-Bens AT» korporasiyasi Xorazmda «Do'stlik» avtomobil zavodida ish boshladi. 1994 yildan boshlab yuk avtomobillarini ishlab chiqardi. 1995 yili «O'zavtosanoat» uyushmasi bilan Turkiyaning «Kochxolding» kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolanib, 1999 yildan Samarqandning So'g'diyona mavzeida avtobus zavodi qurilib, faoliyat yurita boshladi. Shirkat xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: Shirkat a'zolariga ixtiyoriy ravishda kirish va chiqish; Shirkatning ish faoliyatida a'zolarning o'z mehnati bilan ishtirok etishining shart ekanligi; Ichki xo'jalik munosabatlarini shartnomalar tuzish yo'li bilan, tenglik tamoyiliga amal qilib, oila pudrati asosida tashqil etish; Shirkat a'zolari bilan hisob-kitob qilishda amalda bajarilgan ishlarning hajmi va sifatiga chek usulida haq to'lashni tashqil etish;
    Yakuniy daromadni shirkat a'zolari o'rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash; Yer uchastkalaridan qat'iy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarni muhofaza qilinishi va tuproq unumdorligining oshirilishini ta'minlash; Shirkatning bir a'zosi bir ovozga ega; Shirkat xo'jaligining ish faoliyati ustidan shirkat a'zolari tomonidan shirkat nizomida nazarda tutilgan tartibda nazorat qilish. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi.
    Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz. Yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay 2008 yilda iqtisodiyotning nafaqat barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishildi.
    O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil va barqaror o‘sib bordi.2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz ko‘p. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda iqtisodiyotga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko‘payadi, buning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir.
    Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda 3 milliard 200 million AQSH dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta ahamiyat berildi. Yaqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutildi. O‘tgan ikki yil mobaynida o‘nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi.
    Bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni rag‘batlantirish ishlari ham 2009 yilda ustuvor vazifa bo‘lib qoldi Birinchi navbatda banklar, ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazishi, o‘z nizom jamg‘armasi miqdorini belgilangan ko‘rsatkichlarga olib chiqishi lozim bo’ldi. Banklar zimmasiga investitsiya faoliyatini kengaytirish vazifalari yuklangani sababli ularning ishini tubdan qayta tashkil etishga erishildi.
    Inqirozga qarshi choralar dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va xatarlariga munosib qarshi turish, uning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirining oldini olish imkonini berdi. O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan holda maydonga chiqishi, jahon bozorlarida o‘zimizning mustahkam o‘rnimizni egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish bo‘yicha oldimizda turgan ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun ishonchli zamin yaratildi.

    Download 28 Kb.
      1   2




    Download 28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari

    Download 28 Kb.