Reja: O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari




Download 28 Kb.
bet2/2
Sana14.07.2024
Hajmi28 Kb.
#267589
1   2
Bog'liq
tarix 3 mustaqil

Bozor islohotlari — davlatning bozor iqtisodiyotiga oʻtishni taʼminlashga qaratilgan ijtimoii, iqtisodiy choratadbirlari tizimi, iqtisodiy islohotlarnint tarkibny qismi. Bozor islohotlari totalitar rejali iqtisodiyot hukmron boʻlib kelgan sobiq sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga oʻtishni taʼminlaydi. Bozor islohotlari jamiyatning iqtisodiy tuzumida tub oʻzgarishlarga olib keladigan bir qancha yoʻnalishlarda olib boriladi. Mulkiy islohotlar. Bunda mulkchilik munosabatlari oʻzgartirilib, davlat mulki monopoliyasi tugatiladi, uning hisobidan boshqa mulklar, xususan jamoa mulki, hissadorlik mulki va xususiy mulk rivojlanadi; Agrar islohotlar. Yerga egalikqilish, xoʻjalik yuritish usullarini oʻzgartirish, yerni turli mulk obʼyektiga aylantirish, qishloqni fermerlashtirish, tomorqa xoʻjaligini kengaytirish, ijara munosabatini rivojlantirish choratadbirlari oʻtkaziladi.
Agrar islohotlar pirovardida bozor iqtisodiyoti talablariga moye keladigan agrar tuzilmani yuzaga keltiradi. Moliya-kredit islohotlari. Moliya-kredit tizimini bozor talablariga binoan qayta qurish, byudjet tuzilmasini oʻzgartirish, pul islohotini oʻtkazish, tijorat banklari va mayda kredit tashkilotlari ochilishini, shuningdek yangicha valyuta munosabatlariga oʻtish maqsadlarini koʻzlaydi. Infratuzilma islohotlari. Bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi intlar (muassasa, tashkilot, idoralar)ni tashkil etishni bildiradi, bular jumlasiga birjalar, brokerlik idoralari, trast kompaniyalari, banklar, sugʻurta kompaniyalari, auditorlik firmalari kabilar kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar islohotlari. Ularga mamlakat milliy iqtisodiyotini jahon iktisodiyotiga qoʻshilishini taʼminlaydigan choratadbirlar, jumladan eksport va import, bojxona siyosati, chetdan qarz olish, xorijiy moliya tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatish, chetga kapital, ish kuchi chiqarish va boshqalarga oid choratadbirlar kiradi. Sotsial (ijtimoiy) islohotlar. Daromadlarni davlat ishtirokida taqsimlash, aholini qimmatchilikdan himoya qilish, aholining nochor qatlamlariga yordam berish, ishsizlik nafaqasini joriy etish, pensiya, sotsial sugʻurta fondlari, turli xayriya jamgʻarmalarini uyushtirishga taalluqli choratadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Bozor islohotlari bir butun majmua boʻlib, ular ijtimoiy va iqtisodiy hayotning hamma jabhalarini qamrab oladi, yangi va yaxlit iqtisodiy mexanizmni yuzaga keltiradi. Bozor islohotlari ning umumiy talablari bir xil, lekin ularni amalga oshirish mamlakatning tanlagan modeliga, uning aniq sharoitiga qarab turlicha kechadi.
Oʻzbekistonda Bozor islohotlari bozor iqtisodiyotiga oʻtishdagi Oʻzbekiston modelining umumiy va xususiy jihatlarini hisobga olgan holda oʻtkazilmoqda. Oʻzbekistonda Bozor islohotlari 1991-yildan — Mustaqillik eʼlon qilingandan soʻng boshlangan. Prezident I.A. Karimov asoslab bergan besh tamoyil Bozor islohotlari strategiyasi va taktikasining konseptual asosini tashkil etadi. 1991-yildan 1994-yilning oʻrtalarigacha davom etgan Bozor islohotlari birinchi bosqichida islohotlarning huquqiy negizi yaratildi, kichik xususiylashtirish amalga oshirilib, mahalliy sanoat, savdo-sotiq, maishiy xizmat sohalari davlat tasarrufidan chiqarildi, iqgisodiyotning nodavlat sektoriga asos solindi. 1994-yilda nodavlat sektorida milliy daromadning 53% yaratildi. Bu bosqichda agrar sektorni isloh qilish shaxsiy xoʻjaliklarga yer berish, xoʻjaliklarda fermerlashtirish shaklida yuz berdi. Davlat narxlaridan sekin-asta erkin bozor narxlariga oʻtildi, bozor infratuzilmasi shakllantirildi, boshqarishning iqtisodiy usuliga oʻtila boshlandi. Ijtimoiy islohotlarning dastlabki bosqichida barchani qimmatchilikdan himoya qilish, soʻngra muhtoj oilalarni himoya qilish choralari qoʻllandi.
Bozor islohotlari ning ikkinchi bosqichi 1994-yil oʻrtalaridan 1997-yil oʻrtalarigacha davom etdi. Bu bosqichda mulkni xususiy lashtirish davom ettirildi, oʻrta va yirik korxonalar ham davlat tasarrufidan chiqarilib, ularning koʻpchiligi ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. 1997-yil kelib iqtisodiyotning nodavlat sektorida milliy daromadning 67% yaratildi, milliy pul — soʻm muomalaga kiritildi (1994-yil 1-iyul) va yagona toʻlov vositasi deb eʼtirof etildi, uning mamlakat ichidagi konvertatsiyasi taʼminlandi.
Bozor islohotlari ning uchinchi bosqichi 1997-yil oʻrtalaridan boshlanib, u yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloqda paychilik mulkiga oʻtish, xorij investitsiyalarini faol jalb etish, iqtisodiyot subʼyektlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish, fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, dehqon xoʻjaliklarini yangicha tashkil etish, kichik va oʻrta biznesni mustahkamlash, qimmatli qogʻozlar bozorini kengaytirib, unga xorij kapitalini jalb etish xabi ustuvor choratadbirlarni oʻz ichiga oladi.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalaridan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot ni barpo etish masalasi dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi sifatida belgilandi. O‘tish davrida bozor iqtisodiyoti tushunchasi, unga o‘tish zarur ati, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «O‘zbekiston yo‘li» kabi masalalarnin g tub mohiyatini anglash eng dolzarb masalalaridan biri edi.
Ma’lumki, hozirda rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya)ning deyarli barchasi bozor iqtisod iyoti yo‘lini tanlagan bo‘lib, shu asosda iqtisodiy taraqqiyotini belgilab k elmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish XX asrga xos bo‘lgan umumjahon voqelikdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish kishilarning xohish – irodasi emas, balki ob’ektiv zaruratdir. Bozor iqtisodiyoti deganda, tovar – pul munosabatlarigi asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillari asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi.
Bozor iqtisodiyoti azaldan mavjud. U bir necha ming yillardan beri rivojlanib, turli iqtisodiy – ijtimoiy tizimlar doirasida saqlanib keladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish – bu shunchaki maqsad emas, balki iqtisodda bozor munosabatlarini shakllantirish, jamiya tni yangilash yo‘lidir, ya’ni iqtisodiy faoliyat erkinligiga, mulchilikning xilma – xilligiga, narx erkinligiga, raqobat qurashiga, shaxsiy huquq va erkinl iklarning qaror topishiga, daromadning cheklanmaganligiga erishish demakdir. Бозор иқтисоди муносабатларига асосланган жамиятни барпо этишнинг асосий шарти:
1. Давлат мулкини хусусийлаштириш;
2. Кўп укладли иқтисодни вужудга келтириш;
3. Ишлаб чиқариш корхоналари ва мулкдорлар ўртасида ўзаро рақобатлашиш учун зарур шарт-шароитлар яратиш;
4. Мулкдорлар синфини шакллантириш. Yangidan mustaqil bo`lgan yosh mamlakatlarda iqtisodiy islohotlar 2 yo`nalishda amalga oshirildi Milliy mustaqillikni iqtisodiy jihtdan ta’minlashni ko`zlagan islohotlar
1 Rejali iqtisodiyotdan bozor tizimiga o`tishga qaratilgan, ya’ni bozor islohotlari yo`nalishlaridagi islohotlar
2 Milliy mustaqillikni iqtisodiy jihtdan ta’minlashni ko`zlagan islohotlar Milliy pulni muomalaga kiritish, mustaqil bank, byudjet va soliq tizimlarini joriy etish, bojxona xizmatlarini tashkil etish va milliy iqtisodiy chegaralrni o`rnatish hamda ishlab chiqarish tuzilmasini o`zgartirish kabilar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to`g`risida”gi 1994-yil 16-iyundagi farmoni bilan 1994-yil 1-iyulidan respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to`lov vositasi sifatida so`m muomalaga chiqarilgan
FOYDANILDAN ADABIYOTLAR:
1. Муртазаева Р.Х. Ва boshqalar. O`zbekiston tarixi. O`quv qo`llanma. . –Т.:Аkademiya 2010.
2. Oblomurodov N., va boshqalar. O`zbekiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Yangi asr avlodi, 2011.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-3775-sonli qarori.
4. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: O'zbekiston, 2017.
5. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston.. 2017.
6. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil. 26 yanvar
Download 28 Kb.
1   2




Download 28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari

Download 28 Kb.