1.Pedagogik konfliklar va ularni samarali hal etish yo'llari
Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik
nizolarning
oldini olish, bartaraf etish choralarini
izlash yo'lida olib boradigan
amaliy harakati uning
o'z ustida ishlashini ifodalaydi.
O'qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida
maktablarda torn ma'noda o'zining ijodiy
vazifalarini to'liq bajarishni ta'minlashi va
pedagogik yo'naltirilganligini shakllantirishi kerak.
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri -
nizo
sanaladi.
Nizo
- qarama-qarshi, bir-biriga
to'g'ri kelmaydigan kuchlar
to'qnashuvi, ikki yoki undan ko'p
taraflar orasida o'zaro kelishuvning
yo'qligini, manfaatlar to'qnashuvini
ifodalovchi ziddiyat.
Pedagogik nizo bu
- pedagog va
talaba, ota-ona,
hamkasblar yoki
rahbariyat o'rtasida pedagogik
jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar
to'qnashuvi, o'zaro qarama-qarshilik
o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi
kelishmovchilik, tortishuv va
mojarodir.
Pedagog
har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma'naviy bo'lib, bilim doirasi keng, nutqi ravon,
pedagogik bilim mahorat egasi bo'lishi lozim. O'qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya
mashg'ulotlarida yaqqol ko'rinadi. O'qituvchi bilan o'quvchi, talabalar o'rtasida o'zaro jonli til, fikr olishuv,
samimiy munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o'z gurahida
nechta
bola bo'lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini
yutug'i va kamchiliklarini o'rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi
kerak.
Guraxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning
har - biri o'z xarakteriga ega bo'ladi. Pedagog
har bir
bolani o'rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial)
holda yondashib tanishib chiqishi kerak. Ayrim
bolalar qobiliyatli, har tomonlama
etuk faol
bo'lishiga, ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz,
ayrimlari serjahil bo'ladilar. Gurah rahbarining
asosiy vazifasi o'ziga biriktirilgan gurahdagi
bolalarga tarbiyaviy ta'sirini tashkil etishi lozim. Sinf
rahbari o'quvchilarga kompleks yondashishi lozim.
Sinf rahbari ota-onalar bilan hamkorlikda bo'lib,
bolalarning bilim darajasi qay
darajada ekanini,
ularning axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari
ularning tarbiyasi bilan shug'ullanadi. O'qituvchi
tomonidan shularga e'tibor berilsa, pedagog bilan
o'quvchi o'rtasida nizo paydo bo'lishni bartaraf etadi.