Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy o'qituvchilik kasbini er yuzidagi har qanday kasbdan ko'ra yuqoriroq
darajada turadigan faxrli kasb hisoblaydi. A.Navoiyning fikricha gohida bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga
ojizlik qiladi. Muallim esa, bir gurah bolalarga ilmu - adab o'rgatadi. Bu jarayonda muallim ko'p
aziyat chekadi,
mashaqqatlami o'z boshidan kechiradi. SHu bois shogirdlar ustoz olidda umurbod qarzdor ekanliklarini his
etishlari darkor. SHogird podsholik martabasiga erishsa ham, muallimga qulluq qilsa arziydi deydi.
Hazrat A. Navoiy bolalarga yaxshilik qilish, o'qituvchilik sha'ni,
qadr qimmati, o'qituvchilik ma'suliyati,
o'qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo'lishi o'qituvchining ma'naviy qiyofasi halololigi, pokligi, rostgo'yligi
kabilar o'qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta o'zlashtirishi bo'lajak
o'qituvchi uchun katta amaliyot ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolarimiz doimo yaxshi niyat yaxshi orzu-istaklar
bilan yashaganlar. O'zlaridan yaxshinom qoldirishga intilganlar.