O‘quvchilar va ota
-
onalar o‘rtasidagi pedagogik
konfliktlarni Ijodkorlik pedagogikasi asosida
bartaraf etish metodikasi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi pedagogik
konfliktlarni bartaraf
etishning amaliy metodikalaridan biri bu – Ijodkorlik pedagogikasi asoslariga tayanishdir. Bunda
quyidagilarga e’tibor berish kutilgan samarani beradi:
o‘quvchilarning ijodkorlik layoqatini rivojlantiriuvchi to‘garaklar faoliyatini tashkil qilish (to‘garaklar
o‘quvchilarning kun davomida maktabda bo‘lishini taqoza etadi va ular bu bilan ijodkorlik layoqatiga ega
bo‘lishadi;
o‘quvchilarni qiziqishi va layoqatiga mos ravishda ijod bilan shug‘ullanishga yo‘naltirish (ijod bilan
shug‘ullanayotgan o‘quvchilarda estetik madaniyat rivojlanadi va ota- onalarning munosababtlarini to‘g‘ri
tushunishga yo‘naltiradi);
v) maktabdan tashqari mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarning ijodiy ishlanmalari taqdimotlarini va
treninglarini muntazam o‘tkazib borish (bunda Ijodkorlik pedagogikasi
asoslariga kiruvchi kino, teatr, musiqa
va tasviriy san’at hamda amaliy san’atlar imkoniyatlaridan keng foydalanish);
g) ijodkorlik ko‘nikmasiga ega o‘quvchilarning yutuqlarini turli
tadbirlar, tanlovlar va
festivallar vositasida
ommalashtirib borish.
Ijodkorlik pedagogikasining bunday imkoniyatlaridan foydalangan holada o‘quvchilar va ota-onalar
o‘rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf etish bo‘yicha yangi metodikalarga ega bo‘linadi.