|
Pedagogik konfiliklarni bartaraf etish sharti va omillari Reja
|
bet | 1/7 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 36,24 Kb. | | #261595 |
Bog'liq Pedagogik konfiliklarni bartaraf etish sharti va omillari (2)
Pedagogik konfiliklarni bartaraf etish sharti va omillari
Reja:
Pedagogik konfliklar va ularni samarali hal etish yo'llari.
Kreativ yondashuv asosida pedagogik konfliktlarni bartaraf etish yo’llari.
Pedagogik konfliktlarni oldini olishda muomala madaniyati va muloqot qoidalarining ahamiyati xususida.
1.Pedagogik konfliklar va ularni samarali hal etish yo'llari
Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo'lida olib boradigan amaliy harakati uning o'z ustida ishlashini ifodalaydi.
O'qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda torn ma'noda o'zining ijodiy vazifalarini to'liq bajarishni ta'minlashi va pedagogik yo'naltirilganligini shakllantirishi kerak.
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi.
Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to'g'ri kelmaydigan kuchlar to'qnashuvi, ikki yoki undan ko'p taraflar orasida o'zaro kelishuvning yo'qligini, manfaatlar to'qnashuvini ifodalovchi ziddiyat.
Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o'rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to'qnashuvi, o'zaro qarama-qarshilik o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir.
Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma'naviy bo'lib, bilim doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo'lishi lozim. O'qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg'ulotlarida yaqqol ko'rinadi. O'qituvchi bilan o'quvchi, talabalar o'rtasida o'zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o'z gurahida nechta bola bo'lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug'i va kamchiliklarini o'rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guraxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har - biri o'z xarakteriga ega bo'ladi. Pedagog har bir bolani o'rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak. Ayrim bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo'lishiga, ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo'ladilar. Gurah rahbarining asosiy vazifasi o'ziga biriktirilgan gurahdagi bolalarga tarbiyaviy ta'sirini tashkil etishi lozim. Sinf rahbari o'quvchilarga kompleks yondashishi lozim. Sinf rahbari ota-onalar bilan hamkorlikda bo'lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini, ularning axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan shug'ullanadi. O'qituvchi tomonidan shularga e'tibor berilsa, pedagog bilan o'quvchi o'rtasida nizo paydo bo'lishni bartaraf etadi. O'quvchi-bilan o'qituvchi o'rtasida kontakt ya'ni masofa bo'lishi lozim. O'quvchi o'qituvchisiga nisbatan hurmat, ehtiromli bo'lishi, kerak. Nizo fani, pedagogika, psixoliya, va mologiya, ma'naviyat va sotsiologiya fanlari bilan chambarchas bog'liqdir va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi. O'quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Nizo fani shu fanlar bilan birgalikda o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasida munosabatlarni, muomila odobi, bir-birini tushunish, o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi xurmat, izzat, nizolarni bartaraf etish ko'nikmalarini o'rgatadi. Pedagogik nizo fani sifatida awalom bor o'qituvchining kasbiy-ahloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo'lishdir. O'qituvchi awolo o'ziga nisbatan talabchan bo'lmog'i kerak, shundagina uning bolaga nisbatan qo'yayotgan talablari o'rinli, samarali bo'ladi. Pedagogning talabchanligi adolatlilik bilan o'zviy bog'liq bo'lmog'i lozim. SHu bilan birgalikda o'qituvchi adolatli bo'lishi, o'qituvchining axloqiy fazilati hisoblansa, ikkinchi tomondan o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sirini baholashning mezoni hisoblanadi. O'quvchining bilim saviyasini hamda xulqini baholashda ham o'qituvchidan adolatli bo'lish talab etiladi. O'qituvchi ma'suliyatli bo'lishi va uning zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash ma'suliyati yuklanadi. Pedagog mana shu yuqoridagilarga rioya qilib ish olib borgandagina o'qituvchi bilan o'quvchilar orasida nizo paydo bo'lmaydi.
|
| |