|
Nizoni hal qilishning pedagogik va ma'muriy usullari
|
bet | 5/7 | Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 36,24 Kb. | | #261595 |
Bog'liq Pedagogik konfiliklarni bartaraf etish sharti va omillari (2)Nizoni hal qilishning pedagogik va ma'muriy usullari
Nizoni hal qilishning pedagogik usullari:
1) suhbat;
2) iltimos;
3) ishontirish;
4) nizoga kirishuvchilarga qo'yilgan talablar yoki ishtirokchilarning xatti-harakatlari noto'g'riligini tushuntirish va b.
Nizoni hal qilishning ma 'muriy usullari:
1) nizoga kirishuvchilar manfaatlarini kuch bilan bostirish;
2) ularni boshqa ishga o'tkazish;
3) nizo qatnashchilarini turli ko'rinishlarda o'zaro ajratish;
4) axloq komissiyasining qarori;
5) rahbar buyrag'i;
6) sud qarori.
Pedagoglar pedagogik nizo ishtirokchilariga pedagogik, pedagogik yordam ko'rsata olish imkoniyatiga ham ega bo'lishlari zarar. Bu borada ko'rsatiladigan yordam turlari quyidagilar sanaladi:
Pedagogik nizo sub'ektlariga ko'rsatiladigan pedagogik-psixologik yordam turlari:
Maslahat berish;
Axborotli yordam ko'rsatish;
Tashxislash;
Amaliy treninglar uyushtirish.
Axloqiy nizo-axloq ijtimoiy ong shakllaridan biridir, u muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi-shaxslarning bir-biriga, jamiyatga, xalq mulkiga, oilaga ishlab chiqarish vositalariga, muayyan tartibga solinadigan hatti harakatlarda tizimida ko'rishimiz mumkin.
Shaxs muloqotda bo'lgani sari ular o'rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari umumiylik va o'xshashalik va uyg'unlik kabi sifatlar paydo bo'ladiki, ular bir-birini bir qarashda tushunadilar yoki yarmiga jumladan fikr ayon bo'lib qoladigan bo'lib qoladi.
Ammo shunday muloqot tizimidagi teskari reaksiyalarni bir-biridan charchab gapiradigan gapining qolmasligi kabi vaziyatni ya'ni, shaxslar va shaxslararo ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Gurahlararo ziddiyatlar - odamning o'rtasidagi yoki shaxslararo munosabatlar asosan gurah sharoitida shaxs ma'lum insonlar davrasida, gurahda jamoada bo'lgan taqdirdagina ro'y beradi. Gurahlararo ziddiyatlar gurah a'zolarida liderlarni ko'rishimiz mumkin. Lederlar: rasmiy va norasmiy bo'ladilar, rasmiy lider o'qituvchi tomonidan tanlangan gurah staristasidir, norasmiy lider boshqa gurahdagi shaxslarni o'ziga jalb qila oladigan boshqalarni o'ziga tortadigan shaxsdir. Bunday holatlarda rasmiy va norasmiy rasmiy lider o'rtasida nizo yuzaga keladi.
|
| |