• O‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlar mazmuni.
  • O‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlarni Ijodkorlik pedagogikasi
  • Kreativ yondashuv asosida pedagogik konfliktlarni bartaraf etish yo’llari




    Download 36,24 Kb.
    bet6/7
    Sana08.06.2024
    Hajmi36,24 Kb.
    #261595
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Pedagogik konfiliklarni bartaraf etish sharti va omillari (2)

    2.Kreativ yondashuv asosida pedagogik konfliktlarni bartaraf etish yo’llari
    “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganib borish ham muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan [1]. Bunda yangi yo‘nalish bo‘lgan Ijodkorlik pedagogikasining imkoniyatlaridan foydalanish ham muhim o‘rin tutadi. Mazkur o‘rinda ana shu masalaning tahliliga e’tiboringizni tortamiz.
    O‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlar mazmuni. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim va tarbiya jarayonining xususiyatlariga mos ravishda o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida muayyan darajadagi pedagogik konfliktlar mavjud bo‘lib turadi [2]. Bunday konfliktlarga quyidagi omillar asos bo‘lishini eslatib o‘tish joiz:

    1. ba’zi ota-onalarning o‘z farzandlariga nisbatan qat’iyatli munosabatda bo‘lishi (bunda ota-onalar farzandlarining o‘z fikrlari bilan hisoblashishi yondashuvi birlamchi hisoblanadi);

    2. ba’zi oilalardagi katta yoshlilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi tushunmovchilik munosabatlari;

    v) oilada muammolarning mavjud bo‘lishi;
    g) muayyan o‘quvchilarning me’yoridan ortiq darajada erkalatishi va ular uchun me’yorsiz sharoitlarning yaratilishi;
    d) tashqi kishilarning oilalardagi muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi (masalan, farzandingizning o‘qishi past kabi munosabatlar);
    ye) mahalla faollarining oilalarga o‘rinsiz aralashuvlari;
    yo) o‘qituvchilarning yo‘naltirishlari ota-onalar tomonidan noto‘g‘ri tushunilishi.
    Bunday omillar oilalarda muddatli va salbiy ta’sir kuchiga ega pedagogik konfliktlarning o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida tarkib topishiga asos bo‘ladi. Shu sababli bunday omillarni o‘z vaqtida bartaraf etib borish Pedagogik konfliktologiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
    O‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlarni Ijodkorlik pedagogikasi asosida bartaraf etish metodikasi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf etishning amaliy metodikalaridan biri bu – Ijodkorlik pedagogikasi asoslariga tayanishdir. Bunda quyidagilarga e’tibor berish kutilgan samarani beradi:

    1. o‘quvchilarning ijodkorlik layoqatini rivojlantiriuvchi to‘garaklar faoliyatini tashkil qilish (to‘garaklar o‘quvchilarning kun davomida maktabda bo‘lishini taqoza etadi va ular bu bilan ijodkorlik layoqatiga ega bo‘lishadi;

    2. o‘quvchilarni qiziqishi va layoqatiga mos ravishda ijod bilan shug‘ullanishga yo‘naltirish (ijod bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchilarda estetik madaniyat rivojlanadi va ota- onalarning munosababtlarini to‘g‘ri tushunishga yo‘naltiradi);

    v) maktabdan tashqari mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarning ijodiy ishlanmalari taqdimotlarini va treninglarini muntazam o‘tkazib borish (bunda Ijodkorlik pedagogikasi asoslariga kiruvchi kino, teatr, musiqa va tasviriy san’at hamda amaliy san’atlar imkoniyatlaridan keng foydalanish);
    g) ijodkorlik ko‘nikmasiga ega o‘quvchilarning yutuqlarini turli tadbirlar, tanlovlar va festivallar vositasida ommalashtirib borish.
    Ijodkorlik pedagogikasining bunday imkoniyatlaridan foydalangan holada o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasidagi pedagogik konfliktlarni bartaraf etish bo‘yicha yangi metodikalarga ega bo‘linadi.

    Download 36,24 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 36,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kreativ yondashuv asosida pedagogik konfliktlarni bartaraf etish yo’llari

    Download 36,24 Kb.