• Kalit so`zlar
  • Pedagogik jihatlari respublika ilmiy-amaliy anjumani




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana17.02.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #158127
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    chiroyli-yozuv-malakasini-shakllantirish-usullari



     
    RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
    PEDAGOGIK JIHATLARI
    RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
     2023-yil 2-iyun 
    157
    CHIROYLI YOZUV MALAKASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI 
    Qobilova Surayyoxon A'zamjonova 
    Andijon Shahar 5-umumta'lim maktabi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7992836
     
    Annotatsiya. Inson xulq-atvorini uning yozuvidan bilib olish mumkin. Kimning yozuvi 
    aniq, tushunarli bo`lsa, badiiy va estetik didi ham yuqori bo`ladi. Badxatlik esa hafsalasizlik, 
    dangasalik belgisi. Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarining chiroyli yozuv 
    malakalarini shakllantirish, o`quvchilar yozuviga qo`yiladigan talablar, chiroyli yozishga 
    o`rgatishning usullari keng yoritib berilgan. 
    Kalit so`zlar: Xattotlik san`ati, chiroyli yozuv, yozuv qurollari, husnixat qoidalari, 
    harflar qiyaligi, harf unsurlari, qo`l harakati. 
    O`zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy merosida chiroyli yozuvga 
    o`rgatish , ya`ni xattotlik san`ati alohida o`rin egallaydi. O`rta asrlarda har qanday asar qo`lda 
    ko`chirilib kitob qilingan. Qo`lyozmalarni kitob holiga keltirish katta hunar va san`at hisoblangan. 
    Qo`lda ko`chirilgan har bir asar san`at mo`jizasi kabi nodir sanalgan. Bir qancha olim va fozil 
    kishilar yoshlikdan xattotlik san`atini egallab keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular 
    faqat o`z asarlarini emas, balki boshqa mualliflar asarlarini ham ko`chirganlar. Masalan, Hofiz 
    Sheroziy Xusrav Dexlaviyning “Xamsa”sini ko`chirgan. Alisher Navoiyning mohir xattot ekanligi 
    tarixiy manbalardan ma`lum. Zahiriddin Muhammad Bobur arab alifbosida turkiy xalqlarga 
    moslab “Xatti Boburiy”deb atalgan alifboni yaratgan. 
    Biz bilamizki, o`quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun, birinchi 
    navbatda, diqqat, sеzgi, idrok etish, xotira kabi psixo fiziologik funktsiyalar yaxshi 
    ishlamayotganiga guvoh bo‘lamiz. Shuning uchun quyidagi usullar o’quvchilarni yuqorida 
    takidlab o’tgan fazilatlarini yuzaga chiqarishga yordam beradi. Bu esa o’quvchilarni chiroyli 
    yozishga va mantlar tushishga undaydi. 

    Download 0,5 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik jihatlari respublika ilmiy-amaliy anjumani

    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish