• Yozuv malakasini ongli ozlashtirish usuli.
  • Tasavvur orqali yozish usuli




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/5
    Sana17.02.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #158127
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    chiroyli-yozuv-malakasini-shakllantirish-usullari

    Tasavvur orqali yozish usuli. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan usullar bilan bir qatorda
    bolalarga tasavvur qilish orqali havoda harflarning shaklini yozdirib mashq qildiriladi. O'qituvchi 
    doskada yozib ko'rsatgan harf yoki bog'lanishlarni, o'quvchilarga qanday qilib yozishni, ruchkani 
    havoda harakatini ko'rsatib, o'quvchilar tasavvur hosil qilganlaridan so'ng daftarga yozishga 
    ruxsat etadi. Bunday mashqlar o'quvchilarning qiziqishlarini o'stiradi hamda jismoniy mashqlarni 
    ham bajarish imkonini beradi. 
    Ammo o'qituvchi bu usuldan foydalanishda sinfdagi barcha o'quvchilarning qo'l harakati 
    qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini tekshira olmaydi, bir necha o'quvchinigina kuzatib 
    tegishli ko'rsatma bera olishi mumkin. 
    Harf va ularning elementlarini tahlil qilishni turlicha amalga oshirish mumkin. 
    Harflarni elementlarga ajratib tahlil qilish, har bir harfning necha elementdan 
    tuzilganligini, qanday shaklga ega ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog'lanishida 
    qanday ko'rinishga ega bo'lishini o'quvchilar tasawur etadilar. Ammo soddalashtirilgan harflar 
    alfaviti kun harflarni elementlarga ajratmay, bir butun shaklda yozishni tavsiya etadi. Masalan, 
    kichik v va b harflari hech qanday elementlarga ajratilmay bir butun shaklda yoziladi. 
    Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo'lib, ular bir butun shaklda yoziladi, 
    ammo o'qituvchi uning nechta elementdan iborat ekanligini faqat eslatib o'tishi mumkin. Masalan, 
    kichik 1 va m harfining birinchi elementi bir xil shaklga ega, ammo kichik harfda bitta tagi 
    ilmoqli kichik tayoqcha bo'lsa, kichik sharfida ikkita tagi imoqli tayoqcha bor. 
    Bu yerda faqat o'qituvchi tomonidan harflarning pochta elementdan tashkil topganligi 
    eslatib o'tiladi, xolos. Yozida esa bu harflar qo'l harakatini uzmasdan yozishni talab etadi. 
    Yozuv malakasini ongli o'zlashtirish usuli. Chiroyli yozuv qoidalarini yaxshi bilish, 
    yozuv malakasining to'g'ri shakllanishiga yaqindan yordam beradi. 
    Chiroyli yozuv qoidalarini ixcham va tushunarli qilib bayon etish lozim. Shundagina 
    o'quvchilar uni to'liq o'zlashtrishlari va amalda qo'llashlari mumkin. Masalan, birinchi sinfda 
    dastlab to'g'ri o'tirish, ruchkani to'g'ri ushlash, daftarni to'g'ri holatda qo'yish kabi talablar asosida 
    so'zlarda harflarning balandligini va qiyaligini bir xilda saqlash so'zlarda harf elementlari va 
    harflarning oralig'ini bir xil uzoqlikda chamalab ochish qoidalari kelib chiqadi. 
    Ikkinchi sinfdan boshlab chiroyli yozish malakasini o'rgatishda yozuv texnikasiga oid 
    bo'lgan kichik bosh harflarni bir xil balandlikda chamalab yozish harf va 4-5 harfdan iborat 
    so'zlarni qo'l harakatini uzmasdan bog'lab yozish tez va toza yozish kabi qoidalar talab etiladi. 
    Yuqorida ko'rsatib o'tilgan har bir qoida, o'zining aniq mazmuniga ejga bo'lishi kerak. 
    O'qituvchi har bir qoidani asta-sekin, o'z o'rnida o'rganib borishi lozim. Masalan, dastlab 
    yozuvning qiyaligini tag'ri saqlash qoidalarini talab etilgan bo'lsa, bu alifbegacha bo'lgan davrni 
    o'z ichiga oladi. Bolalar qiya chiziqlarning yaxshi bilib olganlaridan so'ng bu qoidalarni harf va 
    so'zlarni yozishda qo'llaydilar. 
    Yozuvning qiyaligi haqidagi tushunchalar chuqur singdirilgandan so'ng, harflarni bir xil 
    masofada tekis yozish qoidalari o'rgatiladi. Harflarni qo'l harakatini uzmasdan yozish qoidalari 
    o'rganilgandan so'ng, so'zlarni qo'l xarakatini uzmasdan yozish qoidalari o'rgatiladi. 
    Chiroyli yozuv deganda biz toza, aniq chiziqlar bo'yicha, husnixat namunalarida 
    ko'rsatilgandek yozilgan xatni tushunamiz. 



    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish